Bosh miya nervlari


Download 1.45 Mb.
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1563086
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOSH MIYA NERVLARI


BOSH MIYA NERVLARI

Reja:


  1. Miyachaning hujayralari. Noksimon nevrotsitlar

  2. Bosh miya yarimsharlari

  3. Nerv sistemasining vegetativ bo`limi

Bosh miyada organizmning tashqi muhit bilan eng muhim va murakkab aloqalarini ta`minlovchi nerv faoliyatining oliy markazlari, shuningdek boshqa muhim vazifalarning markazlari joylashgan. Bu organ juda murakkab tuzilgan bo`lib, turli qismlari gistologik tuzilishining o`ziga xosligi, nevrotsitlari o`zaro aloqasining murakkabligi bilan xarakterlanadi. Bosh miyaning asosiy qismi katta yarim sharlardir. Bu qismning kulrang moddasi periferiyada joylashib, u po`stloq deyiladi va organizm butun nerv faoliyatining oliy markazlari joylashgan bo`lim hisoblanadi. Bosh miya kulrang moddasining qolgan hamma qismlari po`stloq osti qism deyiladi.


Odam miyasi katta yarimsharlari po`stlog`ining sathi 2 m­2 chamasidadir va uning kulrang moddasida 14 mlrd. dan ortiq nevro-tsitlar mavjud. Kat-ta yarimsharlar va miyacha bosh miyaning yopqich qismini tashkil qi-lib, o`q qismni qoplab turadi. O`q qism orqa miyaning davomi bo`lsada, tuzilishi ancha mu-rakkab, segmentar tuzilishi esa ifoda-lanmagan.


O`q qismdan 10 (III-XII) juft bosh miya nervlari bosh-lanadi. Ularning sezuvchi va hara-katlantiruvchi ildiz-lari alohida - alohida emas va bu tolalar vegetativ tolalar bilan o`zaro murakkab aloqada bo`ladi. Bu nervlarning miyadan tashqarida joylashgan gangliylarida sezuvchi hujayralar bor va bu gangliylar spinal gangliylarga to`g`ri keladi. Sezuvchi hujayralar psevdounipolyar nevrotsitlardir. Harakatlantiruvchi va assotsiativ yadrolar bosh miyada orqa miyadagidan ko`ra ko`proq va xilma-xildir.
Uzunchoq miya. Uzunchoq miya (105-rasm), orqa va bosh miyani bog`lovchi yo`llar o`tadigan qism bo`lib, bu yerda shuningdek, nafas olish, qon tomirlarini harakatlantiruvchi va carbonsuvlar almashinuvini boshqaruvchi qadimgi markazlar joylashgan.
Shunga ko`ra uzunchoq miyaning tuzilishi ham orqa miyanikiga nisbatan ancha murakkabdir. Oq moddaning o`tkazuvchi yo`llari orqa miyaning o`tkazuvchi yo`llari kabi bo`lib, faqat joylashashi va shakli jihatidan ulardan birmuncha farq qiladi. Kulrang moddaning orqa miyaga xos shakli va joylashishi bu yerda o`zgargan. Kulrang modda yadrolar holida joylashadi. Ingichka va ponasimon tutamlarning yadrolari adashgan va til osti nervlarining yadrolari, harakatlantiruvchi va assotsiativ yadrolar shular jumlasidandir. Kulrang moddaning o`ziga xos tuzilmasi - olivalardir. Retikulyar formatsiya kranial yo`nalishda tobora yaxshiroq taraqqiy qilgan, yadrolar orasidagi joylarni to`ldirib turadi va oq moddaga kirib boradi. Uning nevrotsitlari bir tekis joylashib yoki keskin chegaralanmagan guruhlar hosil qilib, o`simtalari yordamida miyacha, uzunchoq miya va katta yarimsharlar po`stlog`ini umumiy sistemaga birlashtirib turadi. Retikulyar formatsiya bosh miyaning muhim koordinatsion apparati hisoblanadi.
Miyacha. Miyacha bosh miyaning tana muvozanatini saqlaydigan, harakatni reflektor idora qiladigan va muskullar tonusini boshqaradigan qismidir. U uzunchoq miya ustida joylashib, uch juft oyoqchalar yordamida miyaning boshqa qismlari bilan birlashib turadi. Miyachaning ustki yuzasi tekis emas va ko`ndalangiga joylashgan jo`yak (egat)chalarga ega. O`rta qismida ko`ndalang jo`yakchalarni kesib o`tuvchi g`ovaksimon do`nglik (“chuvalchang”) mavjud. Oq modda miyachaning markazida, kulrang modda periferiyada po`stloq hosil qilib joylashadi. Oq modda ichida bir necha juft po`stloq osti qavat yadrolari bo`lib, ulardan eng kattasi tishli yadrodir. Vertikal kesimlarda miyacha po`stlog`ining uch qavati: 1) mayda va uncha ko`p sonli bo`lmagan nevrotsitlardan iborat molekulyar (tashqi) qavat; 2) bir qator joylashgan, ancha yirik va uzunasiga kesilganda noksimon shaklga ega nevrotsitlardan iborat qavat va 3) kichik, o`zagi kuchli bo`yaluvchi, nevrotsitlardan iborat donador qavat aniq ko`rinib turadi (106-rasm).






Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling