Bosh miya nervlari


Download 1.45 Mb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1563086
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOSH MIYA NERVLARI

BOSH MIYA YARIMSHARLARI


Bosh miya yarimsharlarining ham kulrang va oq moddalari mavjud. Kulrang modda yuqorida qayd qilganimizdek, bosh miya yarimsharlarining po`stlog`ini hosil qiladi. Katta miya yarimsharlarining po`stlog`i oliy nerv faoliyatini amalga oshiruvchi organ bo`lib, bu faoliyat asosida shartli reflekslar yotadi.





108-rasm.Katta miya yarimsharlari po’stlog’i tuzilishining sxemasi (Nemilov bo’yicha ba]zi qo’shimchalar bilan):
a-molekulyar; б-tashqi donador; в-piramidal; г-ichki donador; д-ganglioz va e-polimorf qavatlar; ж-oq modda.
Shartli reflekslar-ning refleks yoyi doimo po`stloq orqali o`tib, ular muhitning organizmga ko`rsata-digan ko`p qirrali ta`sirlariga javoban orga-nizmning hayot faoliyati davrida ho-sil bo`ladi. G’oyat murakkab vazifaga ega bo`lgan po`st-loqning tuzilishi ham murakkabdir. Odam miyasi katta yarim-sharlarining po`stlo-g`ida nevronlarning shakli va joylashishiga ko`ra 6 qavat farq qilinadi. Po`stloqning turli joylarida qavatlar bir darajada taraqqiy qilmagan, hayvonlar-da esa nevrotsitlar-ning taqsimlanishi va joylashashi, qavatlar yanada kuchsizroq ifodalangan. Shuning uchun hayvonlar katta miyasi po`stlog`ini qavatlarga bo`lish shartli hisoblanadi.
Po`stloqning yuzasidan, yumshoq miya pardasi ostidan ichkariga qarab qo`yidagi qavatlar farq qilinadi (108-rasm):
1) molekulyar qavat. Glial sinsitiy, po`stloqning boshqa qavatlaridagi nevrotsitlar dendritlarining tarmoqlari va miyaning boshqa qismlaridagi nevrotsitlarning neyritlaridan iborat. Sipanslar qavati sifatida katta ahamiyatga ega. Molekulyar qavatning kam miqdorda uchrovchi duksimon shakldagi nevrotsitlari assotsiativ hujayralardir;
2) tashqi donador qavat. Mayda, uch qirrali piramidal va yulduzsimon nevrotsitlardan tuzilgan. Hujayralarning kattaligi 10 mkm atrofida. Ularning asosidan oq moddaga yo`naluvchi neyrit, uch va yon tomonlaridan turli yo`nalishda dendritlar ajraladi;
3) piramidal qavat. Po`stloqning eng qalin qavati. Bu erdagi piramidal nevrotsitlarning kattaligi qavatning chuqur qismlariga qarab ortib boradi (10-40 mkm). O`simtalarning shakli va joylashishi avvalgi qavat hujayralarinikiga o`xshash;
4) ichki donador qavat. Mayda yulduzchasimon va ular orasida joylashgan piramidal hujayralardan iborat bo`lib, tashqi donador qavatga o`xshashdir;
5) ganglioz qavat. Yirik hujayralar - balandligi (bo`yi) 120 mkm, asosi (eni) 80 mkm keladigan gigantopiramidal nevrotsitlardan iborat. Ularning xromatofil moddasi yirik parchalar holida. Neyritlari orqa miya kortiko-spinal (po`stloq-orqa miya) o`tkazuvchi yo`llarning asosiy qismini tashkil etadi va orqa miyaning harakatlantiruvchi o`zaklarida sinapslar bilan tugaydi;
6) polimorf qavat. Turli kattalik va shakldagi, asosan, duksimon, bir neyrit va ikki dendritli hujayralarga ega. Dendritlaridan biri yuqoriga, birinchi qavatga yo`nalsa, ikkinchisi oq moddaning yuza qavatida tugaydi. Uzun neyrit, anchagina qismi neyritning yo`nalishiga teskari yo`naluvchi yon shoxchalarga ega. Neyritlar oq moddaga o`tib, bosh miyaning efferent yo`llari tarkibiga kiradi.
Nevrogliya yarimsharlarda himoya, trofik va tayanch vazifalarni bajaradi (“Umumiy gistologiya”ga qaralsin).
Po`stloqda nevronlararo aloqalar. Po`stloqning barcha qavatlarida nevrotsitlardan tashqari, bu erga miyaning boshqa qismlaridan impulslar olib keluvchi tolalar - proeksion tolalar mavjud.
Po`stloqning turli qismlarini bir yarimsharlar doirasida tutashtiruvchi yoki qarama-qarshi tomonlarni tutashtiruvchi assotsiativ tolalar ham bor. Agar tolalar qarama-qarshi yarimsharlarni tutashtirsa, u holda ular komissural tolalar nomini oladi.
O`zaro aloqalarining xarakteriga ko`ra bosh va orqa miya yadrolari bilan bog`lanuvchi (proeksion) va neyritlari po`stloqning o`zida tamom bo`luvchi (assotsiativ) nevrotsitlar farq qilinadi. Proeksion nevrotsitlar piramidal va duksimon, assotsiativ nevrotsitlar yulduzchasimon yoki o`rgamchaksimon shaklda bo`ladi.
Po`stloqning ko`pdan-ko`p sipanslari orasida terminal (oxirgi) va yon sipanslar farq qilinadi. Terminal sinapslar akso-somatik, yon sinapslar esa akso-dendritik sinapslardir. Yon sinapslarni hosil qiluvchi dendritlarning uncha yirik bo`lmagan bo`rtikcha shaklida impulsni qabul qiluvchi apparati bo`ladi. Elektron mikroskopik va boshqa morfo-fiziologik kuzatishlar yon sinapslarning shartli reflekslar bilan bog`liqligini ko`rsatdi. Shartli reflekslar hosil bo`lishini hozirgi paytda yangi, maxsus RNK sintezlanishi bilan bog`lab tushuntirilmoqda.
Miya pardalari. Qattiq miya pardasi (dura mater) elastik tolalarga boy biriktiruvchi zich to`qimadan tuzilgan. Ichki yuzasi glial tabiatga ega “endoteliysimon” hujayralar bilan qoplangan. Bosh miyada qattiq parda suyakning jildi (pardasi) bilan tutashib ketgan, orqa miyada esa undan yog` bilan to`lgan epidural bo`shliq bilan ajralib turadi.
O`rgamchak to`risimon (arachnoidea) parda biriktiruvchi to`qimaning ingichka bog`lamchalaridan tuzilgan va uning har ikkala yuzasi glial tabiatli “endoteliysimon” to`qima bilan qoplangan.
Yumshoq miya pardasi (pia mater) avvalgi pardadan subaraxnoidal bo`shliq bilan ajralib turadi. Bu bo`shliq serebrospinal suyuqlik bilan to`lgan va miya qorinchalari bilan tutashgan bo`ladi. Yumshoq miya pardasi ko`plab ingichka to`sinchalar vositasida o`rgamchak to`risimon parda bilan tutashgan va uning to`qimasiga o`xshash to`qimadan tuzilgan. Bu pardaning tashqi yuzasi “endoteliysimon” to`qima bilan qoplangan, ichki yuzasi esa miya bilan yaqindan qo`shilib-o`sishib ketgan. Yumshoq miya pardasi qon tomirlariga boy va ularning tarmoqlari miyaga tomon yo`naladi.



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling