Bosh miya nervlari
Download 1.45 Mb.
|
BOSH MIYA NERVLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 110-rasm. Ko’z taraqqiyotining sxemasi
- Ko`zning taraqqiyoti
KO`RISH ORGANI
Ko`rish organi, ko`z - yorug`lik ta`sirotlarini qabul qilib oluvchi retseptordir. Uning ichki pardasi - to`r parda yorug`likni sezuvchi qavatdir. To`r pardadagi nevrotsitlarning o`simtalari bir bog`lamga to`planib ko`rish nervini hosil qiladi. Qolgan pardalari - o`rta va tashqi pardalar, trofik va mexanik ahamiyatga ega.
To`r pardaga tusha-digan yorug`likning inten-sivligi o`rtasida teshigi (qo-rachiq) bo`lgan kamalak parda yordamida idora qili-nadi. Bu pardaning silliq muskul tolalari qisqarishi natijasida qorachiqning diametri o`zgaradi. Akkomodatsiya yoki ko`zni fokusga to`g`rilash o`z qavariqligini o`zgartira oladigan, linza vazifasini o`taydigan, gavhar yordamida amalga oshiriladi. Ko`zning taraqqiyoti. Ko`zning to`r pardasi va ko`rish nervi nerv naychasidan ko`z pufakchalarining bo`rtmalari sifatida rivojlanadi (110-rasm). Bu pufakchalar ichi bo`sh ko`z poyachalari yordamida embrion miyasi bilan aloqada bo`ladi. Ko`z pufakchasining oldingi qismi o`z bo`shlig`i ichiga botib kiradi, natijada ikki devorli ko`z qadahi hosil bo`ladi. Ektodermaning ko`z qadahi teshigi qarshisidagi qismi bo`rtadi va bo`g`im bo`lib ajraladi. Ana shundan ko`z gavharining pufaksimon kurtagi vujudga keladi. Dastlab ko`z gavhari ichi bo`sh epitelial pufakcha ko`rinishida bo`ladi. So`ngra uning orqa devori epiteliy hujayralari cho`zilib, pufakcha bo`shlig`ini to`ldirib turuvchi ko`z gavhari tolalariga aylanadi. Keyinroq ko`z qadahining ichki devori to`r pardaning ichki, tiniq, yorug`lik sezuvchi qavatiga aylanadi, tashqi devori esa
Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling