111-rasm.Ko’z to’r pardasi tuzilishining sxemasi:
A-to’r pardada nevrotsitlar joylashishining sxemasi (Douling va Boykot bo’yicha) – П-tayoqchali hujayra; K-kolbachali hujayra; БК-bipolyar hujayra; Гор-gorizontal hujayralar; Aм-amakrin hujayra; Г-ganglioz hujayralar;
Б-to’r parda gistologik preparati – 1-pigmentli epiteliy hujayralari qavati; 2-tayoqchalar va kolbachalar qavati; 3-tashqi chegara membrana; 4-tashqi o’zakli qavat; 5-tashqi to’rsimon qavat; 6-ichki o’zakli qavat; 7-ichki to’rsimon qavat; 8-ganglioz qavat; 9-nerv tolalari qavati; 10-ichki chegara membrana.
| to`r pardaning tashqi pigmentli qavatiga aylanadi. Ko`z qadahi-ning bandini to`r par-dadan boshlanib, miya-ga boradigan nerv tolalari teshib o`tadi va shunday qilib, bu band ko`rish nerviga ayla-nadi. Ko`z qadahini o`rab turuvchi mezen-ximadan tomirli parda va sklera paydo bo`-ladi. Ko`zning oldingi qismida sklera epider-mal epiteliy bilan qoplangan tiniq muguz (shox) pardaga aylana-di. Taraqqiyotning ilk bosqichlarida ko`z qa-dahi ichiga kiradigan qon tomirlari va mezenxima embrional to`r parda bilan birgalikda shishasimon tana va rangdor (kamalak) pardani hosil qilishda ishtirok etadi. Rangdor (kamalak) pardaning ko`z qorachig`ini kengaytiruvchi va toraytiruvchi muskullari ko`z qadahi qirg`oqlaridan hosil bo`ladi va mionevral elementlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |