Bosh miya nervlari


NERV SISTEMASINING VEGETATIV BO`LIMI


Download 1.45 Mb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1563086
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOSH MIYA NERVLARI

NERV SISTEMASINING VEGETATIV BO`LIMI

Bu bo`limning nevrotsitlari markaziy nerv sistemasidan tashqarida: nerv stvollarida va nerv chatishmalaridagi gangliylar tarkibida ham joylashishi bilan xarakterlanadi. Vegetativ gangliylar vertebral, prevertebral va intramural bo`lishi mumkin. Vegetativ innervatsiyaning refleks yoyi uch nevrotsit (qism)dan iborat bo`lishi: sezuvchi (psevdounipolyar) nevrotsit, markaziy vegetativ nevrotsit va vegetativ gangliylardagi (pereferik) nevrotsit kuzatiladi. Markaziy vegetativ nevrotsitning neyriti mielinli preganglionar toladir. Periferik nevrotsitning neyriti, odatda mielinsiz bo`lib, postganglionar tola deb nomlanadi.


Vegetativ bo`limning simpatik qismi orqa miyaning ko`krak oblasti, parasimpatik qismi bosh miya yadrolari va orqa miyaning bel-dumg`aza oblastlari bilan aloqada bo`ladi.
Vegetativ gangliylar mikroskopik tuzilishga ko`ra spinal gangliylarga o`xshab ketadi. Ular tarkibida nevrotsitlarning ikki morfologik tipi farq qilinadi. (109-rasm).



109-rasm. Vegetativ gangliyning nerv hujayralari:
1-uzun aksonli nevrotsit; 2-akson; 3-o’simtalarining uzunligi teng nevrotsit; 4-gliotsitlarning o’zaklari.
Birinchi xili uzun aksonli nevrotsitlar deyi-lib, uzun akson (neyrit) va qisqa dendritlarga ega. Ikkinchi xili esa teng o`simtali nevrotsitlar deyilib, o`simtalarining soni biroz kamroq, ham-ma o`simtalari uzun, gangliydan chiqib, hujay-radan uzoqlashmagun-cha tarmoqlanmaydigan hujayralardir. Bularning qaysi biri neyrit ekan-ligini aniqlash qiyin.
Ovqat hazm qilish yo`li devorida uzun aksonli nevrotsitlar preganglio-nar, adashgan nerv tarki-biga kiruvchi, tolalar bilan bog`liq. Shuning uchun ko`pchilik bu hujayralarni parasimpatik nevrotsitlar deb hisob-laydi.
Teng o`simtali hujayralarni A.S.Dogel va I.F.Ivanovlar mahalliy, markaziy nerv sistemasining ishtirokisiz kechadigan reflektor aktlarni amalga oshiruvchi reflektor yoylarning spetsifik (ixtisoslashgan) nevrotsitlari deb hisoblaydilar.
Vegetativ nervlar va chatishmalar. Vegetativ nervlar ko`p miqdorda mielinsiz tolalarga ega, somatik nervlarga nisbatan ko`proq tarmoqlanadi va chatishmalar hosil qiladi. Nerv stvollarida ko`pincha nevrotsitlar uchraydi. Nerv chatishmalari turli kattalikdagi nerv tolalari bog`lamchilaridan hosil bo`lib, tolalar ko`pincha mielinsiz. Chatishmalar tarkibida turli kattalikdagi gangliylar mavjud. Simpatik va parasimpatik tolalar va hujayralarning morfologik farqlari aniqlangan emas, ularni faqat eksperimental yo`l bilan ajratish mumkin.
SEZGI ORGANLARI

Organizmga tashqi va ichki muhitdan ta`sir etadigan murakkab kompleks ta`sirlovchilarni ayrim elementlarga ajratib beradigan nerv tuzilmalari sistemasi analizator deb ataladi. Analizator periferik (retseptor) qism, o`tkazuvchi sistema (afferent nevrotsit) va markaziy qism (miyadagi nerv markazining sezuvchi nevrotsitlari)dan iborat. Ko`z ko`rish analizatorining, quloq eshitish va muvozanat analizatorlarining retseptor qismlaridir.


Retseptorlar ikkiga: eksteroretseptorlar va interoretseptorlarga bo`linadi. Birinchi guruh retseptorlari ta`sirotni tashqi muhitdan, ikkinchi guruh - ichki organlar va qon tomirlaridan va interoretseptorlarning alohida guruhi (proprioretseptorlar) muskullar, fassiyalar hamda paylardan qabul qilib oladi. Bevosita ta`sirotni qabul qilib oluvchi hujayraning to`qima tabiatiga ko`ra, birlamchi va ikkilamchi sezuvchi hujayralar farq qilinadi. Ko`z to`r pardasining tayoqcha va kolbachalari, burun shilliq pardasi hidlov oblastini qoplovchi epiteliy hujayralari orasidagi bipolyar nevrotsitlar birlamchi sezuvchi (nevrosensor) hujayralardir. Ta`m bilish, muvozanat va eshitish organlarining ikkilamchi sezuvchi (epiteliosensor) hujayralari o`simtalarga ega emas va ta`sirotni maxsus tukchalar yordamida qabul qilib olib, sezuvchi nevrotsit dendritining epiteliosensor hujayrani o`rab turuvchi terminal (oxirgi) tarmoqchalariga o`tkazadi.
Ta`sirlovchi bilan bevosita aloqa (kontakt) yuz berganda ta`sirotni qabul qiluvchi ta`m sezish, taktil va hidlov retseptorlari kontakt retseptorlari guruhiga, ta`sirotni ma`lum masofadan qabul qilib oluvchi ko`rish va eshitish organlari distant retseptorlari guruhiga kiradi.
Odatda, “sezgi organlari” deganda eksteroretseptorlar tushuniladi.
Oliy sut emizuvchilarda eksteroretseptorlarning besh turi: ko`rish, eshitish, hidlov, ta`m bilish va taktil sezgi organlari taraqqiy qilgan. Ularning har biri ma`lum ta`sirotlarni: masalan, ko`z yorug`likni, quloq tovushni va h.k., qabul qiladi. Inson atrofdagi predmetlar to`g`risida besh xil eksteroretseptorlarning kompleks faoliyati natijasida yaxlit tushuncha hosil qiladi va bu besh xil retseptorlar insonning atrof-muhitni bilishi uchun batamom yetarlidir.



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling