Bosh miya nervlari


Download 1.45 Mb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1563086
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BOSH MIYA NERVLARI

KO`RISH ORGANI

Ko`rish organi, ko`z - yorug`lik ta`sirotlarini qabul qilib oluvchi retseptordir. Uning ichki pardasi - to`r parda yorug`likni sezuvchi qavatdir. To`r pardadagi nevrotsitlarning o`simtalari bir bog`lamga to`planib ko`rish nervini hosil qiladi. Qolgan pardalari - o`rta va tashqi pardalar, trofik va mexanik ahamiyatga ega.







110-rasm. Ko’z taraqqiyotining sxemasi:
A, Б, В, Г, Д – quyon ko'zi embrional kurtagi taraqqiyotining turli bosqichlari (kesimda, Bremer bo’yicha); a-ko’z pufagi; б-ko’z bandi (poyachasi), в-ko’z qadahi; г-ko’z gavharining plastinkasi; g-ko’z gavharining pufakchasi; e-gavhar; ж-shox parda; з-shishasimon tana; u-qovoqlar.
Shox parda, ko`zning oldingi kamerasini to`ldi-ruvchi suyuqlik, ko`z gav-hari va shishasimon tana ko`zning nur sindiruvchi muhitlarini tashkil qiladi. Yorug`lik nurlarining bu muhitlarda sinishi natija-sida to`r pardada buyum (predmet)ning tasviri hosil bo`ladi.
To`r pardaga tusha-digan yorug`likning inten-sivligi o`rtasida teshigi (qo-rachiq) bo`lgan kamalak parda yordamida idora qili-nadi. Bu pardaning silliq muskul tolalari qisqarishi natijasida qorachiqning diametri o`zgaradi. Akkomodatsiya yoki ko`zni fokusga to`g`rilash o`z qavariqligini o`zgartira oladigan, linza vazifasini o`taydigan, gavhar yordamida amalga oshiriladi.
Ko`zning taraqqiyoti. Ko`zning to`r pardasi va ko`rish nervi nerv naychasidan ko`z pufakchalarining bo`rtmalari sifatida rivojlanadi (110-rasm).
Bu pufakchalar ichi bo`sh ko`z poyachalari yordamida embrion miyasi bilan aloqada bo`ladi. Ko`z pufakchasining oldingi qismi o`z bo`shlig`i ichiga botib kiradi, natijada ikki devorli ko`z qadahi hosil bo`ladi. Ektodermaning ko`z qadahi teshigi qarshisidagi qismi bo`rtadi va bo`g`im bo`lib ajraladi. Ana shundan ko`z gavharining pufaksimon kurtagi vujudga keladi. Dastlab ko`z gavhari ichi bo`sh epitelial pufakcha ko`rinishida bo`ladi. So`ngra uning orqa devori epiteliy hujayralari cho`zilib, pufakcha bo`shlig`ini to`ldirib turuvchi ko`z gavhari tolalariga aylanadi. Keyinroq ko`z qadahining ichki devori to`r pardaning ichki, tiniq, yorug`lik sezuvchi qavatiga aylanadi, tashqi devori esa






Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling