Бош муҳаррир: ДЎстов ҳ. Б. кимё фанлари доктори, профессор


Download 2.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana20.11.2023
Hajmi2.52 Mb.
#1788143
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-Lp rusumli linterlash mashinasi ta’minlagich tarnovini

 
P
axta tozalash sanoati uchun tola chiqishi, uning chigitdan oson ajralishi, pishiqligi kabi 
ko‘rsatkichlar katta ahamiyatga ega. Mazkur paxta tozalash korxonalarda sifatli mahsulot 
yetishtirish hamda ish unumdorligini oshirish, daromadni ko‘paytirish hozirda mamlakatimizda 
tayyorlanayotgan paxta tolasini 2020 - yildan boshlab 100% o‘zimizda qayta ishlab tayyor 
mahsulotni eksport qilish masalasi dolzab hisoblanadi. 
Mamlakatimizda paxta xomashyosini yetishtirish, qoldiq tukdorli chigitdan tolani 
ajratish(linterlash), sifatli tola ishlab chiqarish va yetkazib berish xalq xo‘jaligining negizi 
hisoblanadi [1]. Paxtani dastlabki ishlashda qoldiq tukdorli chigitdan tolani ajratish, chigitni yetarli 
darajada tozalanmayotganini ko‘rsatmoqda. Shu sababli linterlarning xorijiy texnika va 
texnologiyalarini chuqur o‘rganib, yutuqlar va tajribalar asosida respublikamizda mavjud linterlarni 
takomillashtirish va ularning samaradorligini oshirish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. 
Paxtani linterlashda texnika va texnologiyani takomillashtirish, jumladan, yuqori sifatli momiq 
olish asosiy muammolardandir. Shuning uchun momiq olishda chigitni to‘liq ajratib sifatli momiq 
olish, linter sifatini oshirish bo‘yicha qilinadigan ilmiy izlanishlar alohida ahamiyatga ega 
bo‘lmoqda [2]. Linter ishchi qismlarini takomillashtirish, resurstejamkorligini oshirish, chigitni 


Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари 
“Фан ва технологиялар тараққиёти”  Илмий–техникавий журнал
№5/2022
271
 
linterlash texnologiyasini takomillashtirish, paxta chigitini linterlashni ishlab chiqarish 
jarayonlariga va olinadigan chigit hamda momiqning sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga ta’siri 
masalalari bir qator xorijiy olimlardan J. Gino, Jr. Mangialardi, W.Stanley, D. Michael, S.E. 
Anthony, J. Price, A.S. Griffin, W.E Garner, V. Baker, W.E. Chapman, A.E. Lugachev va 
boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan [3-4]. Shuning bilan bir qatorda paxta chigitini 
linterlash jarayonini takomillashtirish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini 
yaxshilash bo‘yicha nazariy metodologik asosi bo‘lgan fundamental va amaliy masalalarni 
yechishga mamlakatimizda bir qator olimlardan B.A. Levkovich, D.A. Shepelevich, S.P. Ivanov, 
I.I. Xoxlov, K.K. Iskandarov, B.Ya. Kushakeev, V.V. Diyachkov, R.Sh. Sulaymonov, E.K. 
Nuraliev va boshqalar soha rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shganlar. Paxta 
chigitini linterlashda linter asosiy ishchi qismlarini takomillashtirish orqali ishchi kameradan 
linterlangan chigitlarni tashqariga o‘z vaqtida chiqishini ta’minlash bilan chigitning mexanik 
shikastlanishini, momiqning ifloslik darajasini kamaytirish orqali ularning sifatini oshiradigan
ishchi kamerada linterlangan chigitlarning bo‘lish vaqtini keskin kamaytirish orqali ish unumdorligi 
yuqori bo‘lgan linter uskunasini yaratish muammosi hozirgi vaqtgacha hal etilmagan. 
AQShning valikli jinlash paxta tozalash korxonalarida tolasi to‘liq jinlanmagan paxta chigitlar 
“Murrey” batareya regeneratorida ajratib olinadi [5]. 
Birinchidan, bir qism tolasi to‘liq jinlangan chigitlar tolasi to‘liq jinlanmagan chigitlarga 
ilashib, paxtaning umumiy oqimiga qaytarilganda jinning ta’minlovchi-tozalovchi qismida qoziqli 
baraban ostidagi to‘rli yuzalarorasidan iflos aralashmalar bilan birga chigitlar tushib chiqindiga 
qo‘shiladi. 
Ikkinchidan, bir qism tolasi to‘liq jinlanmagan chigitlar tolasi to‘liq jinlangan paxta 
chigitlarining umumiy oqimiga qo‘shilib ketishi hisobiga tola nobudgarchiligiga yo‘l qo ‘yiladi. 
Shunday qilib, chet ellarda va respublikamizda ishlatilgan regeneratorlarning tahlili shuni 
ko‘rsatdiki, ularda, asosan, arrali, arrachali va ignali ishchi qismlar hamda har xil kolosnikli 
panjaralardan foydalanilgan. 
Shuni ta’kidlash lozimki, barcha konstruksiyadagi regeneratorlar bajarilishi kerak bo‘lgan 
ishni to‘la-to‘kis bajarmaydi. Umumiy chigitli aralashma miqdoridan qisman tolasi to‘liq 
jinlanmagan chigitlarni va kam miqdorda yigiruvga yaroqli tolasi bor chigitlarni ajratishi hisobiga 
tola nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yilmoqda. 
Linterlash mashinasida ish jarayoni quyidagicha bajariladi. Chigitlar linterning ish kamerasiga 
mashinaning uzunligi bo‘yicha ta’minlagich novasidan bir tekisda oqib o‘tadi. Ish kamerasida 
aylanayotgan arrali silindr va to‘zitgich ta’sirida chigitlar zichlangan aylanuvchi valik hosil qiladi. 
Arra tishlari aylanib turgan chigit valigiga sanchilib, chigit sirtidan lint va tuklarni ajratib, ularni 
kolosnik panjarasidan tashqariga yuqoridagi sopladan puflanayotgan havo oqimi arra tishlaridagi 
lintni ajratib, quvur bo‘ylab batareya kondenseriga yetkazib beriladi. 
Chigitlar linti ma’lum darajada olingandan keyin ular aylanayotgan valikdan ajralib, kolosnik 
ustiga tushadi, so‘ngra pastga sirpanib, taroq va kolosniklar orasidan o‘tib, yig’ish konveyeriga 
tushadi va navbatdagi ishlov berish mashinalariga yuboriladi. Lintning arra tishlardan ajratish 
vaqtida ajralgan o‘luk va mayda xas-cho‘plar konveyer orqali mashinadan tashqariga chiqariladi. 
Linter korpusi, pastki qismi tortqichlar bilan qotirilgan yopqich, havo kamerasi, katta va kichik 
tarnovlardan, elektr dvigatel tumbasini o‘rnatishga mo‘ljallangan ramadan iborat. 
Linter ishchi kamerasi kolosniklar tagiga to‘sin uchun maxsus kronshteynlar yordamida osib 
qo‘yiladi. Ish kamerasining yon devorlari cho‘yandan quyilib, uning ichki sirti silliqlangan bo‘ladi. 
Ish kamerasining yon devorlariga kolosniklar bog’lanadigan yuqori brus biriktirilib, ularga pastki 
brus bog’lanadi. Yon devorlar teshigiga to‘zitgich o‘rnatilib, maxsus o‘yilgan yeriga kameraning 
fartugi osib qo‘yiladi. Fartuk bilan yon devorlar orasida ochilishi uchun imkon beradigan har 
birining tomoni 1—1,5 mm li masofa qoldiriladi [6]. 
Paxta chigitlari yuqоri yopishqоqlik xususiyatiga va harakatlanayotgan material yuzasi bilan 
katta ishqalanish kоeffitsiyentiga ega bo’lganligi tufayli bu xususiyatlar chigitlarning tоladоrligi va 


Технологии текстильной и легкой промышленности 

Download 2.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling