Bosh sahifa / Mening kurslarim


Download 185.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi185.33 Kb.
#1056811
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tasv.faol o\'rg 2-dars.Tarbiyachining bolalarni tasviriy faoliyatga o\'rgatish jarayonidagi o‘rni



Bosh sahifa /
Mening kurslarim
/
 
Tasv.faol o'rg
/
2-dars.Maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyat turlari va uning axamiyati.
/
 
2-dars. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyati va ijodkorligini rivojlantirish. Tarbiyachining bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish jarayonidagi
o‘rni.
Tasviriy faoliyatga o'rgatish nazariyasi va texnologiyasi
2-dars. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyati va ijodkorligini rivojlantirish.
Tarbiyachining bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish jarayonidagi o‘rni.
2-MODUL. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI XAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISHDA TASVIRIY FAOLIYAT TURLARI
2-dars. (4,5-mavzulardan iborat)
4-mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalarni xar tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyat turlari va uning axamiyati.
Mavzu rejasi:
1. Tasviriy faoliyat turlari.
2.Bolalarni xar tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning axamiyati.
3. Bolalarning individual rivojlanishida pedagogik kuzatuv.
Tayanch so’z va iboralar:
Tasviriy faoliyat turlari; haykaltaroshlik asbob-anjomlari;rang applikatsiyani ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir; qurish-yasashi ko‘pincha tasviriy va
o‘yin faoliyati bilan o‘xshashdir, bu tevarak-atrofda aks etadi; Qog‘oz, tabiatdagi tashlandiq, materiallar bilan ishlashi jarayoni faqatgina foydali bo'lib qolmay,
balki qiziqarli hamda bolalar tomonidan sevib bajariladigan jarayondir.
Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya — bu tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi tevarak-atrofni obrazli aks ettirish
hisoblanadi. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat bolalarni ongli tomondan
tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.
Rasm chizish bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda asosiy o‘rin egallaydi va uchta turni o‘z ichiga oladi:
Alohida predmetlarni chizish.
Mazmunli rasm chizish.
Dekorativ rasm chizish.
Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning asosiy vazifasi — tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni
rivojlantirmoq, estetik go‘zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish usullarini o‘rgatmoqdir. Shu bilan birga, tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi
— ma’lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallar bilan bolalarda turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy faoliyatini shakllantirish amalga
oshiriladi.
Tasviriy faoliyat metodikasida rasm solish, loydan buyum yasash metodikasi bilan bir qatorda applikatsiya ham asosiy usullardan biri sifatida
maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturiga kiritilgan. Applikatsiya mashg‘uloti bolalarning har tomonlama o'sishida katta ahamiyatga ega. U bolalardagi xayolni,
fantaziyani uyg‘otadi, ijodini tug‘diradi, kuzatuvchanligini faollashtiradi, diqqat va tasavvurini, irodasini tarbiyalaydi. Qo‘l malakasini rivojlantiradi, shaklni
sezishni, mo‘ljallay olish, rang sezish hissini rivojlantiradi.
Olimlar fikricha, insonlar eng kuchli rang sezishda 1300 xil rangni ajrata oladilar. Rang sezishni o‘stirish orqali bolalarda estetik tarbiya qobiliyati
tarbiyalanadi. Qirqish texnologiyasini egallagan holda qog‘ozdan predmetli, mazmunli, dekorativ applikatsiya, quritilgan o‘simlikdan, somondan applikatsiya
kabi ishlami bajaradilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda olamni anglash,o‘rganishga qiziqishni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning eng qulay va samarali
turlaridan biri, shubhasiz, loy ishi (haykaltaroshlik) mashg‘ulotlaridir. Bu turdagi mashg‘ulotlarda bolalarda ijodkorlik ko‘nikmalarini tarkib toptirish bilan bir
qatorda maktab ta’limida muhim ahamiyat kasb etuvchi qo‘llarning mayda motorikasini rivojlantirish jarayoni kechadi. Shuning uchun ham
haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida muayyan didaktik vazifalar qo‘yiladi. Unga ko‘ra, loy ishi (haykaltaroshlik) mashg‘ulotlarining maqsadi, birinchi navbatda,
bolalarda ijodkorlikni shakllantirish, ularda haykaltaroshlik sohasiga oid texnik va ijodiy malakalarni tarkib toptirish orqali tasviriy san’atga, umuman go‘zallik


namunalarini yaratishga qiziqish, rag‘batni tarbiyalashdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan loy ishi mashg‘ulotlarida quyidagi o‘quv-tarbiyaviy vazifalar hal etilishi nazarda tutiladi.
1. Bolalarni borliqdagi buyumlarni hajmi va boshqa parametrlarini ko‘rish va his qilish(qo‘l barmoqlari orqali)ga o‘rgatish.
2. Bolalarda haykalcha yasashning turli ifodaviy vositalaridan foydalanishga oid texnik va ijodiy malakalarni shakllantirish.
3. Haykaltaroshlik asbob-anjomlaridan o‘rinli foydalanish malakalarini tarkib toptirish.
4. Berilgan mavzuga mos tasvir (buyum) yasash malakalarini shakllantirish.
5. Atrof-muhitdagi voqea va hodislarni kuzatish, idrok etish orqali hosil bo‘lgan taassurot va tasavvurlar asosida mustaqil kompozitsiya yaratishning
dastlabki malakalarini tarbiyalash.
6.Bajargan ishlarini mazmunini sharhlay olishga o‘rgatish.
7. Jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini tarbiyalash vositasida bolalarda kommunikativ kompetensiyalarining dastlabki elementlarini tarkib toptirish.
8. Tasviriy faoliyat vositasida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashga yo‘naltiriladi. Shuning uchun tarbiyachilar bu ta’limiy va tarbiyaviy jarayonga kompleks
tarzda yondashishlari talab etiladi. Zero, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida faoliyatning boshqa turlari bilan uzviy aloqadorlikda jarayonga integrativ
yondashish faoliyatning sifatli va samarali kechishini ta’minlaydi.
Haykaltaroshlik – tasviriy faoliyat turi sifatida.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari tizimida haykaltaroshlik mashg‘ulotlariga keng o‘rin
ajratilgan. Chunki haykaltaroshlik mashg‘ulotlari maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab ta’limi uchun kerakli tasavvur, amaliy malakalarni tarkib toptirish
uchun qulay faoliyat turi hisoblanadi. Taniqli haykaltarosh I.YA.Ginsburg haykaltaroshlikning ta’limiy ahamiyatini ta’riflar ekan, matematika fanini o‘rganish
uchun arifmetika qanday rol o‘ynasa, haykaltaroshlik tasviriy san’atni o‘rganishda shunday ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tgan. Chunki tasviriy
faoliyatning boshqa turlarida buyumlarning ayrim detallari, elementlari (masalan, perspektiva qonuniyatiga ko‘ra buyumlarning ko‘rinishi, umuman borliqning
vizual obrazi) o‘zgarib ketadi. Natijada tasviriy san’at asarini to‘laqonli idrok etish va muayyan qonuniyatlar asosida tasvirlash uchun tasvirdagi illyuziyalarni
anglash talab etiladi. Haykaltaroshlikda ularni yaqqol ko‘rish, tasvirlash imkoniyati mavjudligi bois bolalarni nisbatlarni to‘g‘ri talqin qilish, asosiyni ikkinchi
darajalidan ajratishga o‘rgatish jarayoni oson kechadi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi loy ishi mashg‘ulotlariga bolalarda buyumlar
haqidagi dastlabki tasavvurlarni hosil qilish, ularni “o‘qish alifbosi” sifatida qarash lozim.
Haykaltaroshlikning bosh mavzusi, shubhasiz,inson obrazidir. Biroq inson obrazini to‘laqonli ochib berish uchun haykaltaroshlar borliqdagi boshqa
buyum va detallarni ham tasvirlaydilar.
Tasviriy san’atning rangtasvir va grafika turlarida rassomlar ifodaviylik vositasi sifatida nur va soya munosabatini ifodalash, hajmdorlik haqida illyuzionistik
tasvir hosil qilish orqali asar yaratadilar. Haykaltarosh asarlari ham shu qonuniyat asosida yaratilsa-da, nur va soya munosabatlari real tarzda ko‘rinadi.
Chunki aynan o‘yiq yoki bo‘rtiq qismlar hisobiga yorug‘-soya ifodasi haykalning shaklini, hajmdorligini bildiradi. Bu xulosa maktabgacha yoshdagi bolalarga
haykaltaroshlik asoslarini o‘rgatish ularning tasviriy faoliyatlarida yetakchi o‘rinni egallashi lozimligini anglatadi.
Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turi. Applikatsiya» so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiyada
ishlatiladigan ashyo o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Qog‘oz, somon, quritilgan o‘simlik o‘ramga joylashtirilib, turli xil yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm,
jun,
paxmoq kabilarga esa tikiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki ko‘p rangli bo'ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko‘p ranglisi esa go‘zallik baxsh etadi.
Unda ham, bunda ham badiiylik bo‘ladi.Applikatsiyada chamalash va buyumning hajmiy tasviri xarakterli bo‘ladi. Applikatsiya o‘ziga xosligi katta
doirachalardan iborat.
Rang applikatsiyani ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir.Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg‘unlashuviga mos tushishi xayoliy va
dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir. Applikatsiya bolalarda qog‘ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi. Bola
tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individual belgisini ko‘ra olishga o‘rgatadi,
ularning o‘zaro bog‘liqligi, butun, qismlar, ritm, simmetrik chamalash rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko‘rsatish malakasini
ko‘rsata oladi. Applikatsiya badiiy ishlarni oddiy va mos vosita orqali, real asosni saqlagan holda amalga oshiruvchi faoliyatdir. Masalan,mustaqil asar
pannolar, surat, plakat. Ilustrativ tasvir, elementar matematikaga o‘rgatuvchi ko‘rgazma qurol, tabiat, nutq o‘stirish metodikasi uchun ijodiy o‘yin, o‘yinchoq,
8-mart bayram sovg‘asi,
qurolli kuchlar va boshqa bayramlarda bezatish uchun devoriy gazeta, ko‘rgazma kabi. Maktabgacha ta’lim muassasasini bezatish ishlarida ham bolalar
applikatsiya ishlarining o‘rni katta.
«Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo‘lib, turli predmetlarni,qism va elementlarni ma’lum bir holatga keltirish, degan ma’noni bildiradi. Bolalarni qurish-
yasashida qurilish materiallaridan, qog‘ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o‘yinchoqlar yasash o'rgatiladi. O‘z xarakteriga ko‘ra bolalar
qurish-yasashi ko‘pincha tasviriy va o‘yin faoliyati bilan o‘xshashdir, bu
tevarak-atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan, o'yinlar, archani yasatish uchun,onalarga sovg‘a uchun.
Qurish-yasash faoliyati — amaliy faoliyat bo‘lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o‘rgatish
jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi hamda ularda tevarak-atrofdagi predmetlarni tahlil qilish
ko‘nikmasi, mustaqil flkrlash,badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish,
qat’iylik va hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularning barchasi bolalarni maktabda o'qishga tayyorlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida turli xil o‘yinchoqlarni yasash uchun qog‘ozdan, tabiat materiallaridan keng foydalaniladi. Bolalarga qog‘ozning
turli xil turlari beriladi: vatman, karton, yupqa va turli qog‘ozlar.
Tarbiyachi bolalar bilan birga tabiiy materiallami tayyorlab,bir yil ichida ularni g‘amlaydi. Yozda somon, manzarali daraxt mevalari, yong‘oqlar teradilar.
Mevalar urug‘i yaxshilab yuvilib,quritiladi, bunday urug‘lar maxsus qutilarda saqlanadi. Bu xildagi qo‘llanmalarni yasash uchun: qog‘oz, karton, plastilin, sim,
gugurt
cho‘pi, yelim, qaychi kabi materiallardan ham foydalaniladi.
Qog‘oz, tabiatdagi tashlandiq, materiallar. Bu materiallardan bolalar bog‘chasida turli-tuman o‘yinchoqlar yasash jarayonida foydalaniladi. Bu jarayon
faqatgina foydali bo'lib qolmay, balki qiziqarli hamda bolalar tomonidan sevib bajariladigan jarayondir. Bolalar xilma-xil turlardagi qog‘ozlar bilan ishlaydilar.


Xilma-xil tabiat materiallari, manzarali daraxt mevalari, shox-shabba barglar va boshqalarni tarbiyachi bolalar bilan birgalikda oldindan tayyorlab boradi.
Masalan, urug‘lar, danaklar yaxshilab yuvilib, quritilib yig‘iladi. Jolud va kashtanlarni daraxtdan to‘kilishi bilan terib oladilar. Klen va yasen daraxtining urug‘i
esa qishda yig‘iladi. Har bir tabiat materialining turi alohida qutichalarda saqlanadi. Shuningdek, ulardan o‘yinchoqlar yasashda, yordamchi materiallar,
qog‘oz, karton, plastilin, simlar, kley va mehnat qurollaridan: qaychi, bigiz, igna va boshqalar qo‘llaniladi.
Tasviriy faoliyat bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti dasturi va maktabda tasviriy san’at fani bolalarda tevarak-atrofga nisbatan estetik munosabatni
tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mashg‘ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib
ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar hal etiladi.
Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shakllanadi. Shuningdek, bu
jarayonilarda bolalar jamoada ishlashga, o‘zharakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysindirishga o‘rganadilar.Bolalar bog‘chasida tasviriy faoliyat
mashg‘ulotlari bolalarda, o'quv faoliyatida zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni shakllantiradi.
Bunday malaka va ko‘nikmalarga: topshiriqni tinglash va yodda tutish ma’lum vaqt orasida bajarish, o‘z ishini rejalashtirish va baholash,
boshlangan ishni oxiriga yetkazish, xato va kamchiliklarini topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tartibli saqlash va boshqalar kiradi.
Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiyaning bunday tuzimi bolalarni maktabga tayyorlashga katta
ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, psixologlardan E.A. Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab o‘quvchilarining tasviriy faoliyatini o‘rganish jarayonlari shuni
ko‘rsatib o‘tadiki, maktabda tasviriy san’at darslarining tuzilishi, bolalar
bog‘chasida olgan bilim, malaka va ko‘nikmalari asosida, ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.

Download 185.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling