Bosh sahifa / Mening kurslarim
-mavzu: Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning maqsadi va dastur tamoyillari
Download 185.33 Kb. Pdf ko'rish
|
Tasv.faol o\'rg 2-dars.Tarbiyachining bolalarni tasviriy faoliyatga o\'rgatish jarayonidagi o‘rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
5-mavzu: Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning maqsadi va dastur tamoyillari
Reja: 1. Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning maqsadi. 2. Dastur tamoyillari. 3. Tevarak atrofni tasvirlash asosida bolalaming tasviriy faoliyati. Tayanch tushunchalar: Maktabgacha yosh, bolalar tasviriy faoliyati, tamoyillar, asosiy tushunchalari, rivojlantirish, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar, rasm, loy, qirqib yopishtirish, mashg‘ulotlar. Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning maqsadi. Dastur tamoyillari. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida jamoa bo‘lib ishlash malakalarini shakllantirish dolzarb axamiyatga molik masalalardan biridir. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni tasviriy faoliyat orqali turli ranglar jilosini his etishga, estetik qobiliyatlarini o‘stirishga, faol, chuqur fikrlashga va ko‘tarinki kayfiyatda ishlashga o‘rgatib borish muhimdir. Tasviriy faoliyat (rasmda, loy ishi, applikatsiya) bolalarda nafaqat qiziqish uyg‘otadi, balki ularni o‘rab turgan olamni o‘z ishida aks ettirishda, olamni ko‘z oldida yaxlit xolda namoyon etishida va umuman har tomonlama shakllanishiga (estetik, aqliy, axloqiy) turtki bo‘ladi. 1-sinfning o‘quv dasturiga tasviriy faoliyat darslari kiritilgan, ushbu faoliyatda bolalar rasm chizishga o‘rganishadi. Qog‘oz va loy bilan ishlash qo‘l mexnati dasturiga kiritilgan. SHuning uchun uyida xamkorlikda rasm chizgan, loy bilan ishlash, qirqib yasashga o‘rgangan bolaning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi, qo‘lda bajarish ko‘nikmalari yanada mustaxkamlanadi. Tasviriy faoliyat bolani maktabga psixologik-aqliy tayyorgarligini oshiradi. Buni bolaning o‘zini tutishi va barcha xarakatlarni anglagan xolda bajarishida ko‘rishimiz mumkin. Rasm chizish, loy bilan ishlash, applikatsiya mashg‘ulotlari, bolani o‘z vaqtini rejali tashqillashtirishga, boshlagan ishini oxiriga etkazishga o‘z ishini yanada yaxshi va to‘g‘ri bajarishga, yangilik yaratishga, ma’lum ko‘nikma va malakalarni egallashga, diqqat bilan tinglashga va kattalar aytgan vazifalarni bajarishga o‘rgatadi. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining maqsadi bolalarda atrofdagi narsa va hodisalarga estetik munosabat bildirish, go‘zalikka dahldor narsalarni yaratish (chizish, yasash)ning elementar asoslari, jamoa bo‘lib ishlash malakalarini shakllantirishdan iborat. Zero, bolalarda jamoa bo‘lib ishlash malakalarini shakllantirish orqali ular shu faoliyat vositasida o‘z xalqining turmush tarzi, mavjud badiiy an’analarini anglab ongli his eta boshlaydi. SHuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari estetik tarbiyaning dastlabki bosqichi sifatida bolalarni aqliy rivojlantirish va ularning badiiy didini tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatini o‘stirish, tevarak-atrofdagi va tabiatdagi go‘zalliklarni ko‘ra bilish, undan zavqlanish va unga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni, va jamoa bo‘lib ishlash malakalarini shakllangan bo‘lishining pedagogik kafolatidir. Demak, bu jarayon nafaqat badiiy-estetik tarbiya jihatidan, balki bolalarni har tomonlama rivojlanib borishlari uchun kompleks ta’sir etish vositasidir, ya’ni tasviriy faoliyat bilan shug‘ullanish jarayonida bolalarning narsa va buyumlar, hodisalar haqidagi tasavvurlari shakllanib boradi, muayyan darajada jismoniy rivojlanish ta’minlanadi. Shuning uchun ham bu holatni psixologik, pedagogik, metodik va fiziologik tomondan tadqiq etib borish, amaliyotni jamiyatni taraqqiyot bosqichi ta’limiy va tarbiyaviy ehtiyojlari, talablari asosidagi xulosalar, ilmiy asoslangan ishlanmalar bilan ta’minlab borishi taqazo etiladi. SHu ma’noda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyat jarayonida jamoa bo‘lib ishlash malakalarini shakllantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha ta’lim pedagogikasining muhim masalasidir. Zero, hozirgi kunda Respublikamizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar tasviriy faoliyatini tashqil etishning ilmiy asoslangan mazmuni va metodikasi, takomillashtirilgan qo‘llanmalar, tavsiyalar etarlicha darajada emas. Hozirgi kunga qadar Respublikamizda maktabgacha ta’lim yosh davri bo‘yicha tasviriy faoliyat muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari qilinmaganligi mavzuimizning dolzarbligini ta’kidlaydi. Bolalar jamoasini shakllantirish—uzoq vaqtni talab etadigan murakkab jarayondir. Avvaliga birgalikdagi faoliyat ko‘pincha o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatga birlashadi. Bu birlashish beqaror, qisqa vaqtli bo‘lib tez buziladi. Bunday dastlabki birlashishning birinchi tashqilotchisi tarbiyachidir.Bolalarni jamoaga birlashtirishning dastlabki bosqichida tarbiyachi bu birlashishning markazida turadi: kichkina guruh bolalariga hikoya, ertak aytib beradi, ashula o‘rgatadi, qiziq o‘yinchoqlarni ko‘rsatadi. Tarbiyachi bolalarni bir guruhga birlashtirishda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga oladi, chunonchi bitta guruhga serharakat va passivroq bolalarni birlashtiradi. Tarbiyachining bolalarni jamoaga birlashtirishdagi faol ishi ham shundan iborat. Ikkinchi bosqich: bolalar jamoasining barqaror bo‘lishini ta’minlashdir. Bu davrga kelib bolalar ancha mustaqil hamda tashqilotchilik qobiliyatini egallagan bo‘ladilar, jamoada qatnashuvchilar soni ham 8—10 kishiga etib qoladi. Birgalikdagi faoliyatni murakkab maqsadlari oldinga suriladi — o‘yin-mehnat o‘rgatiladi. Bu bosqichda tarbiyachining vazifasi bolalarda tashqilotchilik qobiliyatini shakllantirishdir. Mashg‘ulot o‘tkazayotganda uning o‘zi hammaga ko‘rinib turishi, so‘zi esa hamma uchun tushunarli bo‘lishi lozim. Bolalarda jamoada qanday yashash lozimligi, yaxshi o‘rtoq va do‘st bo‘lish nimadan iborat ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirish uchun tarbiyachi badiiy asarlardan, xalq maqol va matallaridan ham foydalanadi.Bolalar jamoasining yuqori bosqichi ularda mustaqillikning ortishi bilan belgilanadi: ular o‘zlari birlashadilar, o‘zaro munosabatlarini o‘zlari boshqaradilar, ayrim jamoa olari xulqini o‘zlari hal etadilar, xohlaganlarini o‘z guruhlariga qabul qilishsa, xohlamaganlarini bu guruhdan chiqarishadi. Bu bosqichda o‘zini jamoa a’zosi sifatida anglab olish yuzaga keladi. Bolalar bir guruhga birlashib, kichkintoylar uchun o‘yinchoq yasashadi, bolalar bog‘chasidagi maydonchani chopishadi va h.k. Har bir bola o‘zini guruh hayotida ishtirokchi deb hisoblaydi. Bolalar jamoasini shakllantirish bolalarda jamoachilik hissini tarbiyalash vazifasi bilan bog‘liqdir. Ular endi tez-tez o‘z xulqlarining jamoa manfaati bilan bog‘liqligi haqidagi bahoni eshitadilar. («Bizning navbatchilar yaxshi ishlashdi, endi stolga o‘tirish hammaga yoqimli».) YOki bolalar guruhi nomidan tanbeh eshitishlari mumkin. («Sen bizning hammamizni ushlayapsan, seni deb sayrga yoki ovqatlanishga kech qolayapmiz» va h.k.). Bolalarning hammasi bitta o‘rtog‘i uchun qayg‘urishi ham bolalar jamoasining shakllanganini ko‘rsatadi. Bola jamoa fikri va bahosi bilan hisoblashsa, o‘zining jamoa uchun zarurligini sezsa, u bilan g‘ururlansa, umumiy hayotning yoqimli va quvonchli bo‘lishi uchun intilsa, bu jamoaning etarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi. Bola maktabgacha tarbiya tashkilotiga kelishi bilan bolalar jamoasining a’zosi bo‘lib qoladi, u boshqa bolalar bilan birga o‘ynashni, mehnat qilishni, kelishishni, kerak bo‘lsa yon bosishni o‘rganib oladi. Tarbiyachi bolalarga o‘z o‘rtoqlariga yordamlashishdan quvonish, xursand bo‘lish hissini uyg‘otadi. Bunda bolalar bir-birlariga xayrixoh, bir-birlarini hurmat qiladigan bo‘lishlari lozim. Tarbiyachi esa har doim bolalarning birgalikda qilgan ishlarini rag‘batlantirib, ularning jamoatchilik ruhida tarbiyalanishlariga qiziqish uyg‘otib boradi. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya-bu tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi- tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, bolalarni o‘rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish ta’lim sohasidagi islohotlardan birini tashkil etadi. Davr talabiga mos barkamol avlodni tarbiyalash maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilaridan katta mas’uliyat talab qilmoqda. Bu haqida birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday deydi: "Biz o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlarida voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, xar jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak." Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini ma’naviy sog‘lom, estetik jihatdan etuk bo‘lishini ta’minlashda ularning go‘zallikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining imkoniyatlari juda kengdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotiining katta guruhida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida ishning jamoa shaklidan keng foydalaniladi. Ular xilma-xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ikkita bola tarbiyachi tavsiya etgan yoki o‘zlari mustaqil tanlagan umumiy mavzuni birgalikda bir qog‘oz sahifasida chizadilar. Butun gurux bolalari bitta umumiy applikatsiyani masalan, «Kuzgi zarang»ni yaratishlari mumkin. Ularga turli rangdagi — sariq, qizil, to‘q sariq, yashil rangdagi qog‘oz beriladi. Har bir bola tarbiyachi o‘ziga bergan qog‘ozdan zarang bargini qirqadi, so‘ngra barglar bir daraxtga yopishtiriladi. «Poezd», «SHahar ko‘chasi», «Bolalar bayramda raqs tushishyapti» va shu kabi jamoa kompozitsiyalar ham qiziqarlidir. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar yirik formatli applikatsiyalarni ham bajara oladilar. Bu odatda biror bayramga atab qilinadi va undan zal yoki guruh xonasini bezashda foydalaniladi.Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini shakllantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Rasm va narsa yasashda bolalar ijtimoiy hayot voqealarini aks ettiradilar, ularga o‘z munosabatlarini bildiradilar. Jamoa ishlash ko‘nikmasini yanada chuqurlashtirishda turli mavzularda jamoa ishlarini tashqil qilish, mashg‘ulotlar o‘tkazish juda muhimdir. Bolalar uncha katta bo‘lmagan jamoaga birlashib shug‘ullanadigan mashg‘ulotlar ham juda foydalidir. Masalan, bolalar qurish, yopishtirish va boshqa ishlarni bajarayotganlarida farmoyish berishga, kelishib olishga, ishlarni bo‘lishib olishga, javobgar yoki boshliqni tanlashga, bir-birlarining talablarini hisobga olib, birgalikda harakat qilishga o‘rganadilar. Tevarak atrofni tasvirlash asosida bolalaming tasviriy faoliyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarga tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida tasvirlash texnikasining noan’anaviy vositalari va didaktik materiallar bilan ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi. Rasm chizish va tasvirlash jarayonida bolalarda kuzatuvchanlik, estetik qabul qilish, estetik hissiyotlar, badiiy did, mustaqil holda yetarlicha vositalar bilan go‘zallikni yaratish malakasi rivojlanadi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarda atrof-muhit va san’at asarlaridagi ajoyibotlarni ko‘ra olish malakasini rivojlantiradi, o‘quvchilarda san’atga ishtiyoq uyg‘onadi. Ular asta-sekin tasviriy san’at, chizmachilik, haykaltaroshlik, amaliy-dekorativ san’at asarlarini tushuna boshlaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy san’at fanini o‘rganishi uchun avvalo, ularga tarbiyachi-pedagogning ko‘magi kerak bo‘ladi. Bolaning qo‘llarini yozishga o‘rgatishda, avvalo, chizish, tasvirlash va didaktik o‘yinli rasmlar bilan ularni maktab ta’limiga tayyorlab borish lozim. Shunday bo‘lishiga qaramay, kuzatishlarimiz natijasiga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablariga o‘qishga qabul qilingan birinchi sinf o‘quvchilari tasvirlashning o‘ziga yarasha qonun-qoidalariga rioya qilgan holda uddalashlari biroz qiyin kechadi. Chunki ular tasvirlashning boshlang‘ich qoidalarini tushunmaydilar va qo‘llari unga deyarli moslashmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham bolalarni maktabgacha yoshdan boshlab turli badiiy va tabiiy materiallar bilan tasvirlash texnikasini o‘rgatishda bosqichma-bosqich uzviylik asosida mashg‘ulotlar to‘g‘ri olib borilsa, umumiy o‘rta ta’lim maktabining birinchi sinfiga borgach, ular albatta yaxshi natijaga erishishi mumkin Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri chiziq, kvadrat, aylana, doira, to‘g‘riburchak (o‘rtasi, burchak va tomonlari), ritmik izchillik va simmetriyasiga rioya qilgan holda, naqsh elementlarini chizishi, asosan, boshlang‘ich tasviriy-texnik usullarni bilishiga bog‘liq. Shuning uchun ham biz quyida bola qo‘llarini to‘g‘ri harakat qildirishga o‘rgatuvchi tasviriy-texnik usullarning didaktik, mantiqiy, o‘yinli mavzular jadvalini keltirib o‘tamiz. “Ilk qadam” MTTning davlat o‘quv dasturida “Ijodiy rivojlanish” sohasining tasviriy faoliyat turlari bo‘yicha rivojlanish ko‘rsatkichlari Nazorat uchun savollar: 1. Tasviriy faoliyatga o'rgatishning maqsadi haqida so’zlang 2. Dastur tamoyillari nimalardan iborat? 3. Tevarak atrofni tasvirlash asosida bolalaming tasviriy faoliyati. This lesson is not ready to be taken. × ◄ 1-mavzuni mustahkamlashga doir test savollari ...ga o'tish 2-amaliy mashg'ulot. ► Download 185.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling