Bosh sahifa Tarjimai hol
Download 126.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Xudoyberdi Toʻxtaboyev haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol
Bosh sahifa » Tarjimai hol Xudoyberdi Toʻxtaboyev haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol Опубликовано: 11/10/2021 Tarjimai hol Til haqida yangi she'rlar, eng chiroyli she’rlar to'plami Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Tarjimai holimdan lavhalar”ida shunday yozilgan: “Men 1932 yilning 17 dekabrida Fargʻona viloyatidagi Katta Tagob qishlogʻida tugʻilgan ekanman. Otam Toʻxtavoy 21 yoshida quloq qilingan boʻlib, Tojikistonning Chorku degan joyida vafot qilgan. Ikki yildan soʻng onam Sorabibi xolasi Ashirbibi oʻlib, besh bolasi yetim qolgani sababli, uning eri Usta Qodirga turmushga chiqqan (qarindoshlarning qarori shunday boʻlgan) ekan. Mening tarbiyam bobom Erkavoy, enam Robiyabibilarning ixtiyorida boʻlgan. Ruhim, xulqi-ahloqim va harakterimda neki boʻlsa, bogʻbon bobom, ertakchi enam tufayli shakllangan. Oʻsmirlik davrlarim Ikkinchi jahon urushi yillariga toʻgʻri kelgan. 1949 yili Qoʻqon pedagogika bilim yurtini, 1955 yili Toshkent davlat universitetini (ilgari SAGU deb atalgan) bitirganman. 1958 yili Toshkentga keldim. Avval “Toshkent oqshomi”, soʻng hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetalarida hammasi boʻlib 14 yil ishladim. 14 yil davomida 300 dan ortiq felʼyeton yozdim. Yoʻq, baribir, ulardan koʻnglim toʻlmadi. Bostirib kelayotgan tankka qarshi rogatka (choʻzma)ga kesak solib otganimiz bilan taʼsir qilmaganidek, jamiyatdagi illatlarga qaratilgan felʼyetonlarimning ham hech taʼsiri boʻlmayotgandek edi. “Ruhi-dunyosi pok boʻlgan, tarbiyaga quloq soladigan, savob va gunohni bilishga intilayotgan, ruhim goʻzallikka talpinayotgan bolalar dunyosida ishlasam qalay boʻlarkan”, deb oʻylay boshladim va shunday qaror qabul qildim”. X. Toʻxtaboyev oʻzi taʼkidlagandek, butun ijodiy salohiyatini bolalar, oʻsmirlar dunyosini sharh etishga, ularning maʼnaviy olamini boyitishga xizmat qiladigan asarlar yaratishga baxsh etdi. Shu bois yoshlar nashriyoti, “Gulxan”, “Yosh kuch” jurnallari, “Isteʼdod” jamgʻarmasi boshqaruvida rahbar lavozimlarida ishlab, bola va oʻsmir ruhiyatidagi goʻzallikni himoyalashga, boyitishga eʼtibor qaratdi. Eʼlon qilingan hikoya va toʻplamlari: “Shoshqaloq” (1961), “Soʻqmoqlar” (1966), “Muhabbat qoʻshigʻi” (1967), “Jonginam, shartingni ayt” (1969), qissalari: “Sir ochildi” (1961), “Omonboy bilan Davronboy sarguzashti” (1974), romanlari: “Sariq devni minib” (1968), “Sariq devning oʻlimi” (1973), “Besh bolali yigitcha” (1976), “Qasoskorning oltin boshi” (1981), “Yillar va yoʻllar” (1983), “Shirin qovunlar mamlkati” (1986), “Mungli koʻzlar” (1988), “Jannati odamlar” (1966), “Qiz talashgan oʻsmirlar”, “Quyonlar saltanati”, “Qiz bolaga tosh otmang”, barcha-barchasi, uning qizgʻin ijodiy faoliyatining samarasi boʻldi. Adib 1972 yili Oʻzbekiston Yoshlar tashkilotining mukofoti, 1982 yili “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni, 1989 yili Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning asarlari tojik, qirgʻiz, turkman, ozarbayjon, arman, rus, ukrain, belorus, moldovan, eston, latish, litva, fin, bolgar, venger, nemis, chex, italyan ‒ jami 24 tilga tarjima boʻlgan. “Sariqni devni minib” asarining jahon tillariga tarjima qilinishiga sabab, 1971 yili Italiyaning Rim shahrida oʻtgan jahon bolalar yozuvchilarining kengashida Janni Rodarining shu asar haqida aytgan iliq gaplari boʻlgan edi. “Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan. Sizni Ushbu Maqolalar Ham Qiziqtirishi Mumkin: 1 Jonrid Abdullaxonov haqida batafsil ma’lumotlar, tarjimai hol Download 126.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling