Bosh sonining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari
“CHORVACHILIK MAHSULOTLARIGA BO„LGAN
Download 73.69 Kb. Pdf ko'rish
|
8 48rLGV7RRBxDT656pn5uctYYBdDDUD
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materiallar va metodlar.
- Natijalar va ularning tahlili.
“CHORVACHILIK MAHSULOTLARIGA BO„LGAN
TALABNI QONDIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV” etiladi. Chorvachilik xo„jaliklari tomonidan kredit va lizing shartlari asosida xarid qilingan qishloq xo„jaligi texnikalari kredit va lizing foizi xarajatlarining 10 foiz punktidan ortiq qismi respublika budjeti hisobidan qoplab beriladi. Ozuqa ekin yer maydonlarida yomg„irlatib va tomchilatib sug„orish texnologiyalarini joriy etgan chorvachilik xo„jaliklariga uning har bir gektari uchun 8 million so„m miqdorida subsidiya ajratiladi. Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi respublika budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda, mazkur uskuna qiymatining 100 million so„mdan oshmagan qismi qoplanadi. Oxirgi yillarda chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirish bo„yicha qabul qilingan rasmiy me‟yoriy hujjatlarni bajarish borasida ko„pgina ijobiy, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Natijada bugungi kunda qishloq xo„jalik hayvonlarining bosh soni va mahsuldorligi sezilarli darajada oshmoqda.O„zbekistonda iqtisodiy islohotlar samarasida turli mulkchilik va xo„jalik yuritish tizimi takomillashib bormoqda. Qishloq xo„jalik va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo„jaliklari iqtisodiy barqarorlikning qudratli omiliga aylanmoqda. Materiallar va metodlar. O„zbekiston Respublikasida barcha toifadagi xo„jaliklarda chorva mollarining bosh soni viloyatlar kesimida hamda fermer xo„jaliklari, dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo„jaliklari, qishloq xo„jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlardagi ulushi tahlil qilinadi. Natijalar va ularning tahlili. 2023-yil 1-yanvar holatiga ko„ra chorva hayvonlarining bosh soni quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. Jadval ma‟lumotlari tahlili shuni ko„rsatadiki, qoramollar bosh soni 2023-yil 1 yanvar holati bo„yicha 13857,6 ming boshni tashkil qilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o„sish 2,3 foizga teng bo„lgan. Shu jumladan, sigirlar 4965,7 ming bosh, 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga ko„paygan. Qoramollarning bosh soni bo„yicha Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Qoraqalpog„iston Respublikasi, Andijon va Farg„ona viloyatlari peshqadamlik qilishgan. Respublikadagi jami qoramollarning 6,9 foizi fermer xo„jaliklarida, 91,4 foizi dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo„jaliklarida hamda 1,7 foizi qishloq xo„jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda urchitilmoqda. Sigirlarning bosh soni bo„yicha Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Andijon va Farg„ona viloyatlari ilg„orlik qilib, urchitilayotgan jami sigirlarni shunga mutanosib ravishda: 14,8; 11,2; 8,8; 8,5; 8,1; 7,8; 7,8 foizi ushbu hududlar ulushiga to„g„ri keladi. Urchitilayotgan jami sigirlarning 7,4 foizi fermer xo„jaliklarida, 91,0 foizi dehqon va aholining shaxsiy yordamchi xo„jaliklarida hamda 1,6 foizi qishloq xo„jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda parvarishlanmoqda. 2023-yil 1-yanvar holatiga qo„y va echkilar bosh soni 23623,7 ming boshni tashkil qilgan. Ularning o„sish darajasi o„tgan yilga nisbatan 2,8 foizni tashkil qilgan. Qo„y va echkilar bosh sonini viloyatlar kesimida tahlil qiladigan bo„lsak, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlari peshqadamlik qilishgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling