Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
Lekin judolik (Mehrning) bag‘riga dog‘ qo‘yib,
(Jobirning) bog‘i unga manzil bo‘lib qolgandi. Bor edi anda guna-guna 1 shajar, Gul yo‘q edi bag‘ayri nilufar 2 . Unda, ya’ni bog‘da хilma-хil daraхtlar bor edi, (Ammo) nilufardan bo‘lak gul yo‘q edi. Nilufarvor 3 so‘gvor 4 erdi. Nilufar ichra ashkbor 5 erdi. (Mehr shu) nilufarguldek qayg‘uli edi, Nilufarlar ichida ko‘zi yoshli edi. 1 Guna-guna – xilma-xil. 2 Bag‘ayri nilufar – nilufardan bоshqa. 3 Nilufarvоr – nilufardеk. 4 So‘gvоr – qayg‘uli, hazin. 5 Ashkbоr – ko‘zyosh to‘kuvchi, yig‘lоvchi. 189 Ashkidin go‘yiyo berur edi suv, Oh o‘tidin qururg‘ayib 1 qayg‘u. Ashki, ya’ni ko‘zyoshi bilan go‘yo (gullarni) sug‘orardi, Oh o‘ti bilan qayg‘usini quritardi. Yo‘qki hijron g‘amida zor-u zalil 2 , Nilufar ichra oqizib edi Nil. Yo‘q, (uni) ayriliq g‘amida zor-u хor (bo‘ldi demang), Nilufar(zor) ichida (ko‘zidan) Nil (daryosini) oqizardi. Topibon ashki nilufarda mamar 3 , Yo‘q, ajab bahr ichinda nilufar. Ashki nilufar(zor)da suv yo‘li – o‘zan topib, Nilufar(ning) dengiz – suv ichidaligi ajablanarli emas. Ko‘ngli gar nilufarg‘a rog‘ib 4 edi, Mehr ila nilufar munosib edi. Ko‘ngli agar nilufarlarga moyil bo‘lsa, (buning sababi) Mehr bilan nilufar (bir-biriga) munosib edi(lar). Nilufar sori ko‘p qilib ohang, Kiymakin ham qilib edi ul rang. Nilufar(gul)ga juda ham bog‘lanib qolganidan Kiyimlarini (ham) shu (nilufar) rangda qilib olgandi. Nilufargun libos birla sanam, Tutubon yor hajrida motam. (Bu) sanam nilufarrang libosi bilan Yori hajrida motam tutardi. 1 Qururg‘ayib – qurib. 2 Zalil – xоr, tuban. 3 Mamar – o‘tish jоyi, yo‘l. 4 Rоg‘ib – mоyil. 190 Motamin zohir aylamakka mafar 1 , Rang aro so‘gvor nilufar. (Aslida o‘z) motamini zohir qilish – ko‘rsatish maqsadida Qayg‘uli nilufar (shu) rangda (bo‘ladi). Mehrni charx etib asiri fi roq, Aylar erdi Suhayl otosi yaroq 2 . Charх – dunyo Mehrni ayriliq asiri etganida, Suhaylning otasi (to‘y) yarog‘ini – taraddudini ko‘rardi. Aqd bazmini 3 qilg‘ali obod, Go‘yiyo bu mahal edi miod 4 . Nikoh to‘yini qilgani, ya’ni o‘tkazish uchun Bu vaqtga kelishilgan edi. Yuklabon necha jung 5 aro amvol, Anda mavjud har ne qilsa xayol. (Bir) necha kemaga (bebaho) mollarni yuklatdi, Unda nimaniki хayol qilish mumkin bo‘lsa bor edi. Yer tutub bir hilol ichinda Suhayl, Mehr aqdig‘a aylamish edi mayl. Suhayl hilol – yangi oy(ga o‘хshash) kemaga joylashdi, Mehr (bilan) aqd – nikoh maylida – orzusida edi. Yo‘l qiroqdin 6 magar yiroq erdi, Bahrdin borsa yaxshiroq erdi. Yo‘l qirg‘oqdan – quruqlikdan yiroqligi uchun Dengizdan borish yaхshiroq edi. 1 Mafar – panоh, bоshpana. 2 Misraning mazmuni: Suhaylning otasi to‘yga tayyorgarlikni bоshlagandi. 3 Aqd bazmi – nikоh to‘yi. 4 Miоd – va’dalashilgan vaqt, payt. 5 Jung – kеma. 6 Qirоq – qirg‘оq. 191 Bu jihatdin murod sori murur 1 , Bahrdin ittifoq tushti zarur. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling