Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
Abdulla
Qodiriy (1894 –1938) 251 ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi. 1917-yilgi to‘ntarishlargacha o‘ziga to‘q xonadonlarda turli yumushlar bilan band bo‘lgan: prikazchik (yugurdak- lik), ustachilik, bog‘bonlik qilgan. Abdulla Qodiriy Oktabr to‘ntarishidan keyin qator sho‘ro idoralarida xizmat qildi. Hamisha xalq orasida bo‘lgan, uning ehtiyojlarini, og‘riqli joylarini, kayfi yat-u istaklarini bilgan yozuvchi asarlari- dagi dilbar obrazlar orqali o‘zi mansub bo‘lgan xalqning turmushini yaxshilash, ma’naviyatini yuksaltirish, milliy g‘ururini uyg‘otishga intildi. Uning hikoyalari chiqqan jurnallar, gazetalar qo‘lma- qo‘l bo‘lib ketardi. Felyetonlari bosilgan «Mushtum» jur na- li hamisha talash bo‘lardi. Romanlarini o‘qish uchun nav- bat kutib turganlarning sanog‘iga yetib bo‘lmas, «O‘tkan kunlar» romanini yod biladigan kitobxonlar bor edi. Chun- ki adib inson ruhiyatining sirli va nozik jihatlarini chuqur, ta’sirli va haqqoniy aks ettirardi. Uning asarlari yolg‘iz haqqoniylikdan tashqari, go‘zal ifoda uslubi bilan ham ajralib turardi. O‘zbek adabiy tilining hozirgi shaklini bun- yod etishda hech bir yozuvch i Abdulla Qodiriy kabi muhim o‘rin tutmagan. Haq gapni hayiqmay aytayotgan, millatiga o‘zini tanita- yotgan, uning g‘ururini uyg‘otayotgan yozuvchi o‘lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahalliy yugurdak- lariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mo- baynida Abdulla Qodiriyga ko‘p bor chovut solishdi. 1926-yildayoq «sho‘ro rahbarlarini matbuot orqali ob- ro‘siz lantirdi» degan uydirma ayb qo‘yib, adibni qamoqqa hukm qilishdi. Lekin aybning uydirmaligi, guvohlarning sox- taligi shu darajada ayon ediki, adibni qamoqqa tiqishga jur’at etishmadi. Bu, zamon zo‘rlari nazarida, yozuvchini o‘ziga xos «ogohlantirish» edi. Adib bu ogohlantirishdan «to‘g‘ri» xulosa chiqarmadi, ya’ni haqiqatga xiyonat qilmadi. 252 «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ket- mon» singari roman va qissalari bilan nafaqat O‘zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma’naviy ravnaqiga hissa qo‘shgan adibni 1937-yilning 31-dekabrida ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan qatag‘on mashinasi ti nim bilmay ishlar va bu mashina ning yax- shi yurmog‘i uchun yangidan yangi qurbonlar zarur edi. Adolat ning ko‘chasidan ham o‘tmagan hukumatning o‘ziga yarasha sudlari 1938-yil ning 5-oktabrida XX asr o‘zbek nasrining eng yirik vakilini, asrimizdagi o‘zbeklarning eng fi doyilaridan birini o‘limga hukm qildi. Shu tariqa, millat jallodlari tomonidan o‘zbek adabiyotining yana bir chinori qulatildi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling