Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
«MEHROBDAN CHAYON» ROMANIDAN
BOBLAR Baxmalbofda faqir bir oila Anvar 1267-inchi hijriya miyonalarida 1 Qo‘qonning Baxmalbof mahallasida faqir bir oilada dunyog‘a keldi. Onalar tuqqan bolalarini sizga «tilab-tilab olgan falonim» deb, otalar «xudoy bergan o‘g‘ulcha» deb taqdim etadirlar. Ammo bizning Anvar bo‘lsa onasining «tilab-tilab olg‘ani» emas va otasi ham uni «o‘g‘ulchag‘a» hisoblamag‘an edi. Ota sining kasbi bo‘yoqchiliq, hamisha yarim belidan nil suvig‘a cho‘milib yotqan bir kambag‘al va bir qarich, ikki qarich bolalardan beshtasiga dada edi. Shu besh bola ning yonig‘a izzatsiz, hurmatsiz oltinchi «mehmon» bo‘lib, biz ning Anvar qo‘shildi. Ya’ni Anvar tilab oling‘an bola emas, dadasi bilan onasining tilaklariga qarshi, faqat ular- ning baxtsizlik va qashshoqliqlarig‘a xizmat qilg‘uchi bo‘lib tug‘ildi. 1 Milodiy hisob bilan 1850–51-yillar o‘rtalarida. 253 Bola tilab olinsa, so‘yinch-quvonch, nog‘orachi-surnay- chi va shunga o‘xshash cho‘zma-chalpak, is charog‘ ma - rosimlari nuqsonsiz ijro etiladir. Ammo Anvarning dunyo- g‘a kelishi munday marosim, tantanalar va orzu-havaslar bilan bus-butun aloqasiz edi. Masalan, onasi o‘z yonig‘a doya chaqirib takallufl anmadi, to‘ng‘uch qizi Nodira ning ko‘magida tug‘di; bolalarini qo‘ni-qo‘shnig‘a so‘yinchi uchun chiqarmadi. Chunki qo‘shnilarning «qaysi holingg‘a tug‘ding?» yoki «o‘zi o‘lgur it mijozmi?» deb ta’na qilish- laridan cho‘chidi. Shu holda yeti-sakkiz kunlab Anvarning dunyog‘a «tash rifi » sir bo‘lib kechdi. Anvar ohorliq yangi yo‘rgak ko‘rma ganidek, og‘alaridan birining eski beshigiga to‘qqu- zinchi kun belandi emas, tiqildi. Anvarning «chillasi charog‘ ko‘rmagan» bo‘lsa, hech boki yo‘qdir, biroq yigirma kunlab beshikda ismsiz yoti- shi qiziqdir, chunki yangi «qadrlik mehmon»ga ot qo‘yish na otasining esiga va na onasining xotirig‘a kelgan edi. Oradan yigir ma kun o‘tsaku, bolag‘a ism qo‘ymasalar, deb ota-onani ayblash og‘ir. Balki Salim bo‘yoqchining tirik- chilikdan qo‘li bo‘shamag‘andir. Anorbibining bo‘lsa olti bolaning xarxa shasidan qulog‘i tinchimay miyasi suyulgan- dir, harholda bu «qadrlik» bolaning oti muhtaram mahalla imomi tarafi dan qo‘yilmaganidek, ota-ona tomonlaridan ham nasib bo‘lmadi. Ism qo‘yish vazifasini yigirma ikkin- chi kunlarda o‘n ikki yoshliq Nodira ado qildi. Nodira o‘z yaqinlaridag‘i maxdumlardan birining bolasi- ni yaxshi kiyimi, ayniqsa, yoqimli eshitilgan «Anvar» ismig a suqlanib, havaslanib yurar edi. O‘ylab-netib turmadi-da, yangi chaqaloq ukasining otini ham «Anvar» deb atadi va beshik- da chalqancha yotib, nursiz qora ko‘zlari bilan dadasining faqir hayotig‘a «razm qo‘yg‘an» bu chaqaloq ning tevaragi- dan aylanib, «Anvarjon, Anvarjon!» – deb xitob qila bosh- ladi. Shuni ham aytib qo‘yish kerakki, Anvarning dunyog‘a 254 kelishini birdan bir tabrik etib so‘yingan shu Nodira edi. So‘ngroq yana unga onaliq martabasida qolg‘uchi, hatto, shu kungacha Anvarning eng mehribon kishisi bo‘lib kelguchi yana shu Nodiradir. Shu yo‘sun Salim bo‘yoqchining mavridsiz laylaklari ichida bemahal g‘urrak bo‘lib Anvar ham yashay boshladi. Bolalari ko‘paygani sayin Salim akaning ishi ham keyinga ketkanidek, kundan kun ehtiyojdan ehtiyojg‘a o‘tib borar edi. Anvar uch yoshqa kirganda, besh yillardan beri Salim akaga yopishib olg‘an bobosir kasali uning yoqasidan olib yiqitishg‘a muvaff aq bo‘ldi. Ya’ni Salim aka qonsirab, darmonsizlanib yotib qoldi. Muolajaga pul kerak, mundan ham ilgari oilaning umumiy kasali bo‘lg‘an oziqqa ham shu narsa kerak. Salim bo‘yoqchi sarmoyasidagi nil, tuz va o‘xshash dastmoyalarni sotib muolaja qildirg‘an bo‘ldi. Dard ancha ulg‘aygan edi. Bu chiqimlar foyda o‘rnig‘a zarar keltirdilar. Do‘kon dastgohini sotib ro‘zg‘or qildi. Bular ham bitkandan keyin bu oilaning og‘ir kunlari boshlandi. Ochliq, yalang‘ochliq, ayniqsa, kasal boqish. Shu qish ayniqsa qattig‘ kelgan edi. Sovuqdan saqlanish uchun ularning hozirliklari yo‘q. O‘pkasiga sovuq tegdirib Salim akaning to‘rtinchi bolasi o‘ldi. Ko‘klamga chiqar- chiqmas Salim bo‘yoqchining o‘zi ham dunyo bilan vido- lashdi. Buning ustiga Anvar, yana ikki og‘asig‘a qizamiq toshib, bir bola munda ham o‘lib berdi. Shu yo‘sun olti oy ichida Anor bibi eridan va ikki bolasidan ayrilib, to‘rt go‘dak orasida beva bo‘lib qoldi. Nodiraning bo‘yi cho‘zilib qolg‘an, har nachuk bir joyini topib ketar, ammo uchta yosh bolaning ishi qiyin edi. Eridan bolalarning tarbiyasig‘a yararliq hech gap 1 qolmag‘an, bir-ikkita xum, uch-to‘rtta mo‘ndi 2 va shunga o‘xshash rezrov 3 , boshqa bir balo ham yo‘q. Anorbibi mehnat bilan yashab, yetti- sakkizni tug‘ib, yoshi ham qirqlarg‘a borib, tusiga ajin 1 Gap – narsa. 2 Mo‘ndi – dastasi siniq ko‘vacha. 3 Rezrov – mayda-chuyda. 255 kirib, keksaymasa ham qarimsiq bo‘lib qolg‘an, shuning uchun birartaga tegib olishi to‘g‘risida o‘ylash ham behuda. Anorbibiga o‘xshash tul xotinlarning qiladirg‘an ishlari har kimga ham ma’lum: mahallada dasturxonchilik, boylar eshigida oqsochliq, hunarmandroq bo‘lsa – kinnachilik va hokazo. Anorbibi shu hunarlarning hammasiga ham qobiliyat e’lon qilib, bolalarini boqish fi kriga tushdi. Va bu orada qizi – Nodirani bir bo‘zchi bolasig‘a uzatib, yukini ham biroz yengillatdi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling