Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
IKKI XIL SADOQAT
Kechasi yomg‘ur savalag‘anday yog‘ib turadir... Qop- qorong‘i, olti qarichlik tor ko‘chaning muyushida turg‘an bir ko‘laga yomg‘urdan qochqan kabi kichkina eshik pana- siga siqilg‘an va zo‘r berib eshikni qoqadir. – Kim? – Men, oching. – Safarmisan? – Ha. Eshik zanjiri «shirq» ko‘tarildi. Yomg‘urda bo‘kkan Safar o‘zini torg‘ina, oldi ochiq yo‘lakka olib, eshikni zanjirladi. – Tinchlikmi? – Tinchlik, – dedi eshik ochqan kampir. – Nega kech qol ding, Safar? – Yomg‘urni ko‘rmaysizmi... ...Safar hujraning eshigini ochib, ichkariga kirdi. Sandal ustiga qora charog‘ qo‘yib, oldig‘a kitob yozg‘an Anvar Safar bo‘zchining istiqbolig‘a qo‘zg‘aldi. 1 Mu’tamad – ishоnchli. 2 Rоg‘ib – mоyil. 278 – O‘lturing, o‘lturing, shu ishingiz yomon-da, mirzam... Salomatmisiz? Zerikmadinglarmi? Uch kun kechikdim-a. Mendan xafa bo‘lg‘an chiqarsiz-ov... Ha deganda u yoq- dan xabar bo‘lavermadi, uning ustiga ayollar navqaslanib 1 qoldi... – Zarari yo‘q, toza ivibsiz, Safar aka. Asli bu kun ham chakki ovora bo‘lg‘ansiz. – Jazzasi choponni solib tashlash-da 2 , mirzam, – dedi Safar choponni yechib. – Qani, o‘lturing... Yurtda tinch- lik, yor-do‘stdan sizga salom, mirza og‘ayningiz xotirjam mirzaboshiliqni qilayapti... Men bo‘lsam, sengayam bali, ustozinggayam bali, deb yurippan. Anvar iljaydi. Safar bo‘zchi sandal yonig‘a o‘lturib, mahsisining qo‘njidan bir qog‘oz oldi. Anvar qog‘ozni un- dan olib sandal ustiga qo‘ydi. Qoziqda osilg‘an choponini keltirib, Safarning yaktakchan yelkasiga yopti. – Shamollaysiz, Safar aka, o‘ranib o‘lturing. – Hamma vaqt kayib qog‘ansiz-da, mirzam, – dedi Sa- far va ustig‘a yopilg‘an beqasam choponning astar-avrasini tekshirdi. – Toza yaxtak kiymagan edim, buningiz menga uval-da, uka, – deb siqilinqiradi. Anvar o‘lturar ekan, e’tiborsiz qo‘l silkdi va sandal usti- dan xatni olib ochdi: «Baland maqom, loyiqi ehtirom, burodarim mirzo An- var. Do‘stlar shod, dushmanlar g‘amgin, yavmi saodat 3 yaqin dir... Kaminag‘a xonning e’timodi yondashmoqda va ul andeshalarimiz ehtimoli bizdin uzoqlashmoqdalar. Mo- jaro bir necha kun sir bo‘lib kechsa ham, alhol o‘rdadin ba’zilar bu sirdan voqif bo‘lg‘ang‘a o‘xshaydirlar, ...ochiq so‘zlashka hech kimda had yo‘q. Ammo ikkinchi tarafdan, sizni izlashka maxfi y buyruqlar berildi, darvoza beklari 1 Navqaslanmoq – kasallanmoq. 2 Solib tashlash – yechib tashlash. 3 Yavmi saodat – saodat kunlari. 279 yonig‘a xufyalar yuborildi, binobarin, sizdin iltimos, ushbu xavfl ar ko‘tarilguncha benihoyat ehtiyot bo‘lish, Toshkand niyatini bir necha haftaga qo‘yishdir. Xizmatingizga Safar- boy bilan ushbu xatni ozgina kechiktirib yuborishim bo i- si ham mazkur xavfl ar borlig‘idin bo‘lib, ma’lumingiz dir, Safarboyning tabiatida andak beboklik va loqaydlik bor. Ikkinchidan, sizga tegishlik ajablanarli xabar shudirkim, kecha o‘rdadin qaytib kelsam, mehmonxona sahnida uch nafar yigit o‘ltiribdir. Har uchavi ham bizning Farg‘ona ki- yimida bo‘lmag‘an bu yigitlarni ariza yozdirg‘ali kelganmi, deb o‘yladim. Salom-alikdin so‘ng ularni mehmonxonag‘a olib kirdim. So‘rashishgach, yigitlardan biri menim kim ekanligimni aniqlab oldi, so‘ng afsus chekib, sizning moja- rongizni so‘zladi. Men tamom hayratda qolib, xufyalarmi, degan andeshaga tushdim. Bu hodisani kimdan eshitdingiz, mirzo Anvarga qanday aloqangiz bor, deb so‘radim. Opam- dan eshitdim, o‘zim mirzo Anvarning og‘asi bo‘laman, de- gan javobni berdi. Men taajjubda qoldim; zero, og‘angiz borlig‘ini sizdan eshitmagan edim. O‘tkan xatimda yozg‘a- nimcha, bu yigitka ham opangizg‘a bergan javobni aytdim, ya’ni, o‘zimni oqlash uchun hodisaga birmuncha yolg‘on ara lashtirib so‘zladim. Yigit – og‘angiz bo‘lmish afsus chekti, o‘n yillardin beri Qo‘qonda bo‘lmag‘anlig‘ini, bu- xorolik bir sarkarda eshigida xizmat qilg‘anlig‘ini, qarin- doshlarini ko‘rish uchun Buxorodan Samarqandga kelib, u yerdagi katta og‘asini topolmag‘anlig‘ini, undan Qo‘qonga o‘tib, bunda ham sizga yo‘liqolmay qolg‘anini so‘zladi. Shundan so‘ng unin g ustidagi shubham biroz arib, ko‘ngil ko‘tardim. Og‘angiz bo‘lmishning yonidaqi yigitlar biz- ning bu taraf kishisiga o‘xshamaydirlar. Bular og‘angiz bo‘lmishning hamrohlari Qo‘qonni tomosha qilg‘ali kelgan emishlar. Sizga og‘aliq da’vo qilg‘uchining ismi Qobilboy, tusi sizga o‘xshab ketsa ham, pahlavon yigit va har uchavi ham zabardast ko‘rindilar. Har chand qistasam ham, ular- ni ovqatqa to‘xtatib bo‘lmadi. Siz kechagi maktubi n gizda 280 mening sarmunshiy tayinlanishimdan tashvishlanib, orada muftilar, Abdurahmonlar bor, sizga birar zahmat yetarmi, degan andeshani yozibsiz! O‘tkan xatimda yozg‘animdek, bu «marhamat»dan bosh tortishqa hech bir yo‘l topma- dim, agar uzr bayon qilsam, sizni tutib berishka bo‘lg‘an harakatimning soxtaligi ochilish ehtimoli bor edi. Chunki xong‘a sadoqat bizning «odamlar» fi kricha, birar manfaat taqozosidir. Agar men xong‘a «sadoqatlik qul» ekanman, bu «sadoqat» zamirida bir manfaatim bo‘lmog‘i lozimdir- kim, ul ham bu do‘stimni... «sadoqatimg‘a» qurbon qilib, evaziga sarmun shiylik masnadini olishimdir. Basharti shu masnaddan bosh tortsam, menga ishonchsizlik tug‘ulishi shubhasiz edi. Bas, shu majburiyatdan men bu vazifani qa- bul qildim. Menga zahmat yetishi to‘g‘risida siz tashvish cheka ko‘rmangiz, modomiki, taqdirim shu ekan, o‘zgasi mumkin emasdir. Bu yo‘lda qanchalik zahmat chekmayin va hatto boshim ham ketmasin, menim uchu n qiymatlirog‘i insonga sadoqat va shu sadoqatni to o‘lguncha qo‘ldin bermaslikdir. Singlimiz Ra’nobibiga salom aytursiz. Ota- onalariga hech bir zarar bo‘lmadi, faqat «hadyalar»nigina qaytarib oldilar. Oxirg‘i so‘zim yana ehtiyotlik ustida: zinhor-zinhor har ehtimolga qarshi hozir tu rilsin. Addoi mirzo Sultonali». Anvar maktubni tugatib, oldida yonib turg‘an qora cha- roqqa tutib, kuydirdi. – Ehtiyot kerak-a, Safar aka? – Albatta, mirzam, albatta. – Bu kecha qolasizmi, ketasizmi? – Ketmasam bo‘lmaydi, Sultonalingiz xafa qiladi, uka. Anvar kuldi. – Ketsangiz xat yozib turishim kerak ekan, – dedi va toq chadan siyoh-qalam oldi. – Isidingizmi, Safar aka? – Ha-ha, jon kirib qoldi, mirzam! «Qir-qir» xat yozib borg‘an Anvar... Safar bo‘zchiga yuz o‘girdi: 281 – Mundin so‘ngg‘i kelishingizda mirzo Sultonali yo - ni n gizg‘a bir kishi qo‘shsa kerak. Siz bu yigitni bu yerga olib kelasiz, o‘zi mening og‘am bo‘ladir, xubmi? – Xub, mirzam, xub. Mirza og‘ayningizg‘a shuni tayin- lab bitsangiz bo‘ldi-da. – Shunday, men bityapman. Anvar yana yozuvg‘a qaradi, Safar bo‘zchi sandal ko‘r- pasiga o‘ranibroq o‘tirdi. Tashqarida yomg‘ur tinayozib, kuchlik shamol qo‘zg‘alg‘an, yomg‘ur tomchilarni goho tom ustiga to‘pillatib qattig‘ tushirar, daricha tirqishidan kirgan shamol bilan qora charog‘ chayqalib-chayqalib yo- nar, ayvondagi kampirning chig‘irig‘idan g‘ijillab chiqqan tovush mushuk bola movlagan kabi hujraga eshi tilib tu- rardi. BARIMTA Kun choshgohdan oshib, Chorsuda xalq olag‘ovuri boshlansa ham, bo‘sh do‘konlarning birida uch nafar yigit hanuz dong qotib uxlar edi. Chorsuda bo‘lib turgan tars- to‘polon go‘yo bu uch yigitni allalar edi. Boshiga bit- tadan shaparak kir yostiq qo‘yib, ostiga yalang qavat taqir ko‘rpacha yozgan va ustiga guppi choponini yopib, yana shu holda bahuzur xurrak otib uxlagan bu uch yigit muso- fi rga o‘xshar edilar. Ular shu yo‘sin rohat qilib yotganda taxtabandlik do‘kon yoniga tashqaridan birov kelib to‘xtadi va hamma tovushini qo‘yib, baqirib yubordi: «To‘xta, hovv Navro‘zqul!» Uxlovchilarning ikkisi pinagini buzmadi, ammo do‘kon- ning to‘rida yotgan chuvak bir yigit cho‘chib, boshini ko‘tardi, uyqulik ko‘z bilan atrofi ga qaragandan keyin, hamyoza tortdi, kerishdi, so‘ngra eng chetda yotuvchiga ko‘zi tushib, yoni dagi yigitni turtdi: – Tur, Shariyf, tur, peshin bo‘libtu! Ikkinchi yigit ko‘zini ochdi: 282 – E, qo‘ysang-chi, Rahem. – Tur-da, axe, ana Qobilboy ham keb to‘xtabtu! Sharifboy yostiqdan burilib, yonidagi uchinchi yigitga qara di: – Pala’nat, qachon kelgan ekan? – Kim bilsin. Inisini bo uchratdimikin? Qani, uyg‘ot- chi, pala’natini! Sharifboy yotgan joyidan qo‘lini uzatib, Qobilboyning murtidan tortdi, Qobilboy g‘ingshib uyg‘ondi: – Tek yot, Sharif! – Iningga yo‘liqdingmi? – Yo‘liqdim, ikkavingga salom aytdi, – dedi Qobilboy va yuzini ulardan chetga o‘girib oldi. – Biroz tinch qo‘y, ux layman. – Iybi, iybi, – dedi Rahim, – birodaring ahvolini gapir- da, axe. Barpadari uyquki, peshingachikin bo‘lsa, ko‘chaga bo‘lib yotgan to‘palangni go‘shingga ilasanmi? – Kech keldim, ko‘p javrama-chi, Rahim! – Qorunni to‘yg‘uzib, so‘g‘un uxla, akun! Qorinlar ham piyoz bo‘lib to‘xtabtu, nonushtani qayerga qilamiz, Shariyf? – Choyxonaga ketamiz. – Qani, sen ham kafaningni yopinib, shundaychikin yot- ma. Pala’nating bo uxlab ketdimi? Ikkisi turib kiyina boshladilar. Rahim uzun belbog‘ini to‘g‘rilar ekan, bir qancha chaqa va tangalari yerga sochilib tushdi. – O‘xu, o‘xu, sabil, – dedi Rahim pullarni terib. – Xudo bularni ham ko‘p ko‘rdi chog‘i, akun, Qo‘qoning bizga to‘g‘ri kelmadi, ish topilmayde, pul sochilade, och qolamiz chog‘i, Shariyf? – Qobilboyning Qo‘qonjoniga la’nat, – dedi Sharif, – loaqal temirchi ham shogird olmaydi, bizga biron ish topib bermasa, to‘p-to‘g‘ri nar xar 1 Qobilning ustiga minamiz? 1 Nar xar – hangi, erkak eshak. 283 Bularning vaqirlashiga uyqusi o‘chib ketgan Qobil, to‘n g‘ir - to‘ng‘ir bir narsalarni so‘zlab, yostiqdan boshi ni ko‘ tardi. – Chumchuqdek chirqillashdinglar-da, tojiklar! – dedi Qobil. – Ishsiz qolgan bo‘lsalaring, Toshkandga ketamiz. – Ana-ana, yana topdi gapni! – dedi Rahim. – Valdir- valdir qilasan, Qobilboy, akun, Toshkand borish uchun pul qani? – Pul topiladi. – Pul topiladi?! – deb kuldi Rahim, – bu bepadar boy- vachchangni qara, Sharifboy! – Pul topiladi, – dedi yana Qobilboy va yaktagini cho‘ntagiga qo‘l soldi. – Past odamsanlar-da: biring temir- chining o‘g‘li, ikkinching shustagarning 1 bolasi... – Voy-voy! – dedi Rahim, – nazari baland bo‘yoqchi- ning o‘g‘lidan xafa bo‘llem! Qobilboy cho‘ntagidan bir narsa olib, ularning oyog‘i osti- ga tashladi va o‘zi og‘zini katta ochib, hamyoza tortdi. – Ana pul kerak bo‘lsa ol, sendeklarni bir yil boqadi! Rahim bilan Sharifboyning oyoqlari ostiga ikki tillo kelib tushdi, ular bir oltinlarga va bir Qobilboyga qarab qoldilar: – Iybi, kimni o‘ldirding? – Ota kasbim odam o‘ldirish emas. – Inisi bergan! – dedi Sharif. – Qani, ining bilan ko‘rish- dingmi, Qobil? – Ko‘rishdim. – Odami nag‘z bo‘lg‘on? – Odami nag‘z. – Akun shu qochib yota beraykan-da, – dedi Rahim. – Biron chora boqsin-da, aytmading-chi, axe? – Aytdim... Payt topib hammamiz Toshkand ketmaqchi bo‘ldik. – Balli-balli! – dedi Rahim va Sharifga qarab qosh qoq di. – Toshkand ketamiz digani teksiz emas ekan-da, 1 Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling