Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot 7-sinf
Har ro‘z – har kuni.
3 Kulli yavmin batar – kundan kun battar. 272 – Havodismi? Qani so‘zlang-chi, mulla Kalonshoh. Kalonshoh so‘zlay bering, degandek Shahodat mufti- ning o‘ziga ishorat qildi. Shahodat mufti ko‘zini yuminqi- rab, havodisdan 1 sahifa ochdi: – Havodis shulki, Anvar borasig‘a sizning olg‘an nishoni n giz jiddan to‘g‘ri tushib, biz kutkandan ham ziyod roq samaraga erishkan, ya’ni mag‘rur go‘dagimiz qizni olib qochqan... Mulla Abdurahmon hakimona iljaydi, Shahodat mufti davom etdi: – Chamasi, nisfi shab-yarim kecha asnosi, do‘stim, deb yonid a qiz, Sultonalining uyiga kelgan. Sultonali tong otquncha ikki go‘dakning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘la- tib chiqqan, erta bilan ular uyquda yotqanda, Sulton ali o‘rdag‘a yugurib kelgan; voqi’ani tunqotar 2 хong‘a yo‘liqib, хonning buyrug‘i bilan yonlarig‘a yasovullar olib kelsa- lar, oshiq-ma’shuq yo‘q, ular joyida Sultonaliga atalg‘an bir sabnoma 3 bor... Chamasi, Sultonali ablahlik qilib, An- varni bad oldirib qo‘yg‘an va tong vaqti, ular uyquda ekan choqda g‘oyib bo‘lib, yana shubhani ortdirg‘an bo‘lsa ke- rak. Sultonali Anvar bilan qizni tutib beralmasa ham, ba- harhol хong‘a yaхshi ko‘rinib, Anvarning o‘rnini olishqa muvaff aq bo‘ldi. Barcha havodis mana shundan iborat. Abdurahmon hikoyani eshitkandan keyin, bir necha vaqt so‘zsiz o‘lturdi. Tanchadagi olovni tuzatar ekan, yer ostidan muftilarga qarab iljaydi. – Mirzo Boisdan ham shu maolni 4 eshitkan edim, – dedi ni hoyat. – Janoblarning fi krlari balki to‘g‘ridir, ammo men bu maol dan biroz shubha qilaman... – Ya’ni, masalan? Abdurahmon qo‘lini o‘ynab, yana biroz sukutda o‘l- turdi, so‘ngra labi ohista-ohista ochilib yumila boshladi: 1 Havоdis – hоdisalar, vоqеalar. 2 Tunqotar – tungi soqchi. 3 Sabnоma – so‘kib, tahqir qilib yozilg‘an xat (mual.). 4 Maоl – mazmun, ma’nо. 273 – Bu hammasi Sultonali bilan Anvarning o‘yunidir, deb o‘ylayman... Bu andishamga bir necha sabablar ham bor. Janoblardan maхfi y emasdirkim, biz o‘zaro qanday yaqin bo‘lsaq, Sultonali bilan Anvar ham o‘zaro shunday qalin do‘st edilar. Binobarin, aqlg‘a «qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qur ekanmi?» degan savol keladir; janoblari shu borani qanday tushundilar ekan. Shahodat mufti Kalonshohka qarab qo‘ydi, Kalonshoh parvosizroq ko‘rinar edi. Orada yana bir necha vaqt sukut hukm surdi. – Sultonali sarmunshiy bo‘lish uchun do‘stidan kechsa ham mumkin, – dedi mufti. – Ikkinchi tarafdan, sizning fi k - ri ngiz ham ehtimoldan ba’id 1 emas. – Sultonali do‘stidan kechmay turib ham bu nayrang- ni qilsa mumkin emasmi, domla? – deb kuldi Abdurah- mon. – Masalan, хon olmoqchi bo‘lg‘an qizni qochirg‘uchi Anvar ikki boshdan-ku, qaytib sarmunshiy bo‘lolmaydir, boshqa tarafdan, хiyonatkor do‘sti bo‘lib tanilg‘an Sulton- alining ham hayoti tahlika ostida turadir... Bas, shu hol- da bu nayrang to‘qilg‘an bo‘lsa, yana to‘g‘risi, shu hiylani Sultonalining amniyati 2 talab qilg‘an bo‘lsa, siz bilan men g‘ayraz 3 qanday mantiqqa suyana olamiz? Shahodat mufti o‘rnidan turdi, Abdurahmonning yoni- g‘a kelib, orqasini qoqdi: – Rahmat, o‘g‘lim, rahmat. Seni tuqqan onangga va o‘qutqan ustozingga rahmat. Abdurahmon yerga qarag‘an holda iljaydi. Shahodat mufti unin g aqlig‘a tahsin o‘quy-o‘quy, nos chakib o‘z joyig‘a o‘lturdi. – Mulla Kalonshoh-a, shu gap bizning aqlimizg‘a aslo kelmabti-da? 1 Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling