Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

Moloya’ni – qiymatsiz narsa. 


269
– Bo‘tam Anvar, – dedi bir kun maxdum, – dunyo de-
gan ko‘b noyob narsa; kishining bir kuni bo‘lsa yig‘lab-
sixtab o‘tib keta beradir, illo, zar qadriga yetish kerak... 
menda bo‘lsa o‘zingda turg‘andek gap, bolam.
Bunday «muassir
1
» nasihatlar ham Anvarga kor qil-
madi. Chunki Nigor oyim va Ra’nolar bilan bu to‘g‘rida 
qat’iy bi tishib qo‘yg‘an edi. Shu bilan birga maxdumning 
oyliq vazifasini ikki tillodan ham kamaytirmadi. Inson har 
narsaga qobil... Bora-bora maxdum shunga ham qanoat 
qiladirg‘an bo‘lib, hisob-kitobni esidan chiqardi. Biroq, oy 
sayin ikki tilloni olg‘anda «qolg‘ani» to‘g‘risida biroz yura-
gi achishib qo‘yar edi...
1. Asardagi: «Anvar ohorliq yangi yo‘rgak ko‘rmaga-
nidek, og‘alaridan birining eski beshigiga to‘qquzinchi 
kun belandi emas, tiqildi» tasvirini izohlang.
2. Yozuvchining: «Ism qo‘yish vazifasini yigirma ikkinchi 
kunlarda o‘n ikki yoshliq Nodira ado qildi» tarzidagi 
ta’kidi sababi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.
3. «To‘qquzinchi», «yigirma ikkinchi» kabi aniqliklarning 
ha yotiy sababi va badiiy vazifasi haqida fi krlang.
4. Anvarlar oilasidagi og‘irchilikning bu qadar quyuq tas-
virlanayotganligi sababi haqida fi kr yuriting.
5. Nodiraning Anvarga ayricha mehri asarda qanday tasvir-
langaniga e’tibor qiling.
6. Anvar hayotidagi o‘zgarishlarda opasi Nodiraning o‘rni 
qandayligiga to‘xtaling.
7. Solih maxdum bilan Mohlar oyimning Anvarga munosa-
batidagi farq tasvirlangan o‘rinlarni sharhlang. Bu obraz-
larga baho bering.
8. Anvarning tabiatiga xos xususiyatlar tasvirini o‘qing va 
izohlang. 
1
Muassir – ta’sirchan. 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling