Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


 Ikkinchi bandda shoir vatanning qanday jihatlariga urg‘u  berayotganini anglating. 3


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

2. Ikkinchi bandda shoir vatanning qanday jihatlariga urg‘u 
berayotganini anglating.
3. Vatandan ko‘z yumib, unga o‘q otib, «boyonlara» sotgan 
«tug‘gonlar» kimlar va she’rda ularga qanday baho beril-
gan?
4. Oltinchi to‘rtlikda tasvirlangan «bilguvchilar» kimlar va 
shoir ularga qanday ayb qo‘ygan?
5. Keyingi baytda tilga olingan «bilimsizlar» kimlar va 
ularning aybi nimada deb o‘ylaysiz?
DARDIGA DARMON ISTAMAS
Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas,
Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon
1
istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Ko‘nglidur oshuftai
2
lahvu tarab
3
, nafs-u havo
4
,
Tilsa zillat xanjari bag‘rini Luqmon istamas.
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Qo‘lidadir domi tama’
5
, ko‘zidadur kayfi xumor,
Soch oqarub qaddi хam
6
bo‘lsa pushaymon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Ilmsizlikda hama kelgan baloni anglayur,
Ittifoq-u g‘ayrat aylab lek irfon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
1
Mohi tobon – yorug‘ oy, to‘lin oy.
2
Оshufta – shaydо, оshiq.
3
Lahvu tarab – befoyda hangomatalablik.
4
Nafs-u havо – nafs istagi, kibr, maqtanchоqlik.
5
Dоmi tama’ – tama tuzоg‘i.
6
Хam – egilgan, bukilgan.
Savol va topshiriqlar:


20
O‘zga millat uchsalar hikmat topib so‘yi samo
1
,
Bizni ellar loaqal yer uzra davron istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
O‘zgalar etmoqda har kun bing
2
sanoyi ixtiro
3
,
Biz aqalli topmoqqa beranj bir non istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Bu na vahshat, na jaholat er-qiz-u, pir-u juvon,
Domi g‘afl atdin xalos o‘lmakka imkon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
Ey Nihon, bing hayf, ey insoniyat, islomiyat,
Millati xor o‘lmag‘in hech nomusulmon istamas,
Uxlama ko‘p, o‘zbek eli, asri taraqqiy vaqtida.
 
 
 
 
 
 
 
1916

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling