Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Asarda Jobir qanday tasvirlangan? Uning aqli va tadbir- korligi qaysi o‘rinlarda namoyon bo‘ladi? 2


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/122
Sana11.08.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1666322
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122
Bog'liq
Adabiyot 7-sinf

1. Asarda Jobir qanday tasvirlangan? Uning aqli va tadbir-
korligi qaysi o‘rinlarda namoyon bo‘ladi?
2. Jobirning ma’naviy qiyofasi haqida nima deysiz? 
3. Asarda Jobirning «moli harom» maqsadi bilan yashashi 
aytiladi. Harom mol, harom rizq tushunchasini izohlang. 
4. Jobirning botir va qaytmasligi yorqin aks etgan: «Karvoni 
agar o‘n-u, gar yuz, Borchasig‘a harif edi yolg‘uz» tas-
virini sharhlang.
5. Navdarshohning shaхsiy fazilatlari, mamlakatining nom-
lanishi hamda go‘zal tabiati tasviri o‘lka va uning хalqi 
to‘g‘risida tasavvur beradimi?
6. Navoiy sakkiz baytda Mehrning beqiyos go‘zalligini 
chizib ko‘rsatadi. Mazkur baytlarda qaysi badiiy tasvir 
vositalari qo‘llanganini toping.
7. Mehrning tutqunlikka tushib qolish sababini, tutqunlikdagi 
kechinmalari qanday ifodalanganini sharhlang.
III. Ko‘rkam Suhayl ta’rifi , tutqunlikdagi Mehr iztirob-
lari tasviri va to‘y taraddudida dengizdan yo‘lga 
chiqqan Suhaylning hiyla domiga bandi bo‘lganligi 
to‘g‘risida
...Go‘yiyo ham jazirada bir shahr,
O‘zi fi rdavs-u Salsabil
1
anga nahr.
Хuddi shunday (boshqa) orolda (ham) bir shahar 
(bo‘lib),
O‘zi jannat bog‘iday, ariqlari jannatdagi Salsabil kabi edi.
Bor emish ravzadek
2
havosi aning,
Charxi minu
3
kibi fazosi aning.
1
Salsabil – jannatdagi buloqning nomi. 
2
Ravzadеk – jannatdеk. 
3
Charxi minu – zangоri оsmоn. 
Savol va topshiriqlar:


187
Uning havosi jannatdek emish,
Fazosi zangori osmon kabi keng ekan.
Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma’mur-u
1
himmati oliy.
Unda bir shoh hokimlig-u boshqaruvchilik (qilar),
Mamlakati obod-u, (o‘zining) himmati baland (edi).
Oti Nu’mon-u mulki oti Yaman,
Adlidin mulki guliston-u chaman.
(O‘zining) oti Nu’mon, mulkining nomi Yaman,
Adolatidan mamlakati guliston ham chaman.
Anga bir o‘yla nozanin farzand,
Kim, bashar
2
ichra yo‘q anga monand.
Uning shunday bir nozanin farzandi bo‘lib,
Insonlar orasida unga o‘хshashi yo‘q edi.
Yuzidin bargi gul xijil erdi,
Qaddidin sarv munfail
3
erdi.
Yuzi(ning go‘zalligi)dan gul bargi xijolat tortardi,
Qaddi(ning kelishganligi)dan sarv daraхti uyalib ketardi.
Borcha fazl-u hunarda yo‘q misli,
Ko‘zguga boqsa o‘zi-o‘q misli.
U barcha fazilat-u hunarda tengi yo‘q,
Ko‘zguga boqsa (husnda) o‘ziga o‘xshashi yo‘q.
Hunar avji sori kelib anga mayl,
Yuzi andoqki mehr, oti Suhayl
4
.
Hunar (egallashda) yuksaklikka mayl qilardi,
Yuzi xuddi quyoshdek oti Suhayl edi.
1
Ma’mur – оbоd.
2
Bashar – оdamzоd, insоniyat.
3
Munfail – xijоlat.
4
Suhayl – yorug‘ yulduz nоmi, yigitning ismi.


188
Mehr zulfi g‘a ko‘ngli bog‘lig‘ edi,
Bu anga go‘yiyo atog‘lig‘ edi.
(Uning) ko‘ngli Mehrning sochlariga bog‘langan edi,
Bu (qiz) ham go‘yo unga atalgan(dek yaratilgan) edi.
O‘ylakim, Mehrning xarobi Suhayl,
Mehrg‘a ham Suhayl sori mayl.
Shundayki, Suhayl Mehrning (ishqida) хarob bo‘lgani kabi
Mehrda ham Suhaylga moyillik bor edi.
Maylni qo‘yki, vola-u zor ul,
Jon berib vaslig‘a xaridor ul.
Mayl demaki, u (Suhaylning ishqida) shaydo-yu zor (edi),
Jonini berib (bo‘lsa ham) visoliga хaridor (edi).
Bo‘ylakim hajr qo‘ydi bag‘rig‘a dog‘,
Manzil o‘lmish edi anga ul bog‘.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling