Boshladi. 1796yilaprelidaItaliyaga xujum boshlagan Fransuz armiyasi bir qator


Download 22.85 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi22.85 Kb.
#1312409
Bog'liq
rrrrr

1796-1799-yillardagi harbiy xarakatlar Fransiya uchun muvaffakiyatli bo’ldi. Ozodlik urushi termidor voqealaridan so’ng bosqinchilik urushiga


aylandi. Inqilobximoyasi uchun tashkil etilgan armiya ekspansiya quroli sifatida xizmat qila
boshladi. 1796yilaprelidaItaliyaga xujum boshlagan Fransuz armiyasi bir qator
janglarda Pemont va Avstriya armiyalarini mag`lub etdi.Vennetsiya yerlaridai o’tib, fransuzlar
Avstriya xududlariga bostirib kirdilar. Avstriya Fransiya bilan Kompo Formio tinchlik
shartnomasini (1797 yil 17 oktabr) imzoladi va Belgiya xamda Reynning chap soxilini Fransiya
qo’shib olganligini tan oldi. Venetsiya respublikasi yerlari ikki mamlakat o’rtasida bo’lib olindi.
Natijada Italiyada Fransiyaning ustivorligi o’rnatildi. Bosib olingan Shvetsariya vassal Gelvetik
respublikasiga aylantirildi. Kompo Formio tinchlik shartnomasi Fransiyaga qarshi birinchi
koalitsiyanvng tugashiga sabab bo’ldi.
Fakat Angliya Dengizda urush olib bordi. Angliyaga zarba berish maksadida 1798 yil
may oyida general Bonapart boshchiligidagi- fransuzlar armiyasi Misrga jo’nab ketdi. Bu yerda
Bonapart Misrning kavaleriyasi (mamlyuklarni) «Exromlar oldidagi jangda» mag`lub etdi va
mamlakatning ko’p qismini o’ziga bo’ysundirdi. Bu paytda, admiral Nelson qo’mondonligidagi
ingliz floti Abuqir reydida fransuzlar flotini yo’q qildi va Bonapart armiyasini Fransiyadan uzib
tashladi. 1798 yilda Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya tuzildi. Unga Angliya, Rossiya,
Avstriya, Shvetsiya, Turkiya, Neanolitan Burbonlari kirdilar. Asosiy janglar Italiyada bo’lib
o’tdi. Bu yerda A.V.Suvorov qo’mondonligi ostidagi rus va Avstriyalik qo’shinlar bir necha
g`alabalarga erishdilar. Admiral F.F.Ushakov boshchiligidagi rus floti Ioniya orolini
fransuzlardan tozaladi. Italiyada Fransiyaning ustivorligi quladi. Fransuzlar Reynda xam
mag`lubiyatga uchrar edilar. Lekin Pavel I 1799 yil kuzida rus qo’shinlarini kaytarib olganidan
so’ng Fransiyaning xarbiy axvoli yaxshilandi. Urush oqibatlari, moliyaviy qiyinchiliklar,ishlab
chiqarishning pasayishi, mustamlakalar bilan savdoning
pasayib ketishining va eksportning qisqarishi Direktoriya tartibotini tang axvolga olib keldi.
Ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy inqiroz sharoitida
mamlakatda royalistlarning kuchayishi sodir bo’ldi. Royalistlarning faollashuvi va qonunchilik
korpusida mavqelarining mustaxkamlanishi Direktoriyani chapga og`ishga olib keldi. 1797yil 4
sentabrda Direktoriya armiya yordami bilan davlat
to’ntarilishini amalga oshirdi. 1797 yilda aylangan 77ta oyalist deputatlar o’z vakolatlaridan
maxrum etildi.Mamlakatga qaytib kelgan emigrantlar va qasamyod
qilmagan ruxoniylar repressiyaga chradilar. yekin,1798 yil baxorida bo’lib o’tgan Yangi
saylovlarda respublikachi—demokratlarning muvaffaqiyatlari endi Direktoriyaning o’nga
burilishiga majbur etdi. Xarbiy mag`lubiyatlar demokratik muxolifatning jonlanishiga olib keldi.
Respublika ximoyasi uchun favqulodda choralar talab qilindi, garovdagilar to’g`risida qonun va
boylardan 100 mln frank majburiy zayomolish dekreti qabul qilinishiga erishildi.Parijda14
yakobinchilar klubi tiklandi, demokratik ro’znomalar chiqa boshladi. Bu esa yuqori
xukmrondoiralarning noroziligi va qo’rquvini uyg`otdi. Mamlakat buylab tartibsizlik va
korrupsiya keng tarqaldi. Barqarorlik va tartib — siyosiy maydonda asosiy talab bo’lib qoldi.
Bunday sharoitda konservativ doiralarda armiya yordamida davlat to’ntarilishi amalga oshirish
rejasi ilgari surildi. Direktoriyani qulatilishi va uning o’rniga parlamentdan mustaqil siyosat olib
boradigan, xokimiyat yaratilishi ko’zda tutilgan edi. Bu paytda Parijga, o’z armiyasini_Misrda
tashlab , general Bonapart yetib keldi. Omma ichida katta etgiborga ega bo’lgan Napoleon
Bonapart xarbiy to’ntarish yasash uchun eng loyiq shaxs edi. Moliyachilar uni kerakli mablag`lar
bilan ta’minladilar.
VIII yilning 18 bryumerida (1799 yil 9 noyabrda) «yakobinchilar fitnasi» baxonasida
qonunchilik korpusi majlislari Sen —Klu degan joyga kiritildi. Bonapart Parijning barcha
qo’shinlarining qumondoni etib tayinlandi. Ertasi kuni Besh yuzlar kengashida Bonapart
«yo’qolsin tiran!» qichqiriqlar bilan qarshi olindi. Kengashlarning a’zolaridan bir qismi Sen —
Klu saroyiga keltirildi va bu yerda Direktoriyaning yo’q qilinishiga, xokimiyatni Bonapart
boshchiligidagi uch konsulga topshirilishiga ovoz berdi. Ikki Kengash o’rnini (Oqsoqollar
Kengashi va Besh Yuzlar Kengashi) ikki komissiya egalladi. Komissiyalar plebissit
tasdiqlaydigan yangi konstitutsiyani ishlab chiqarish kerak edi. To’ntarish mamlakatda Napoleon
Banapartning xarbiy diktaturasiga yo’l ochib berdi. 18 —bryumer Buyuk Fransuz inqilobining
yakuni bo’ldi1
.
1799 yil dekabrida Fransiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Rasman Fransiyada
respublika tuzumi saqlanib qolindi. Ijroya xokimiyati uch konsulga topshirildi. Birinchi konsul
— Napoleon Bonapart (1769 — 1821) — o’n yilga saylanib, o’z qo’lida deyarli barcha ijroya,
qisman sud va konunchilik xokyamiyatlarini mujassam etdi.Qonunchilik xokimiyati Davlat
kengashi, Tribunat, Qonunchilik korpusi o’rtasida taqsimlangan edi va ijroya xokimiyatga qaram
qilib qo’yilgan edi. Fransiyada Napoleon Bonapartning shaxsiy xokimiyat tartiboti o’rnatildi.
1799 yil Konstitutsiyasi yangi yer egallarga inqilob davrida qo’lga kiritilgan yer egaliklarini
kafolatladi. Bu Konstitutsiya plebissit (umumxalq ovoz berishi) tomonidan ma’qullandi.
1802 yilda o’tkazilgan yangi - plebissit Birinchi konsul lavozimini umrbod Napoleonga berkitib
qo’ydi. Napoleon Bonapartning xokimiyati Fransiya olib borgan muvaffaqiyatli urushlar
natijasida kuchayib bordi. Napoleonning tug`ilgan kuni 1802 yilda milliy bayram deb e’lon
qilindi. 1804 yilda esa Napoleon Bonapart Napoleon I nomi bilan Fransiyaning imperatori deb
e’lon qilindi. Mamlakatda avtoritar tuzumi o’rnatildi. Konsullik va imperiya davrida marka
zlashgan byurokratii davlat apparati shakllandi. Ma’muriy boshqaruvda prefektura tizimi
kiritildi. Xukumat tomonidan tayinlanadigan departament boshlig`i — prefekt o’z qo’lida to’la
ma’muriy xokimiyatni mujassam etdi.
Napoleon cherkov bilan munosabatlarini yaxshilashga intildi. 1801 yili Napoleon va papa
Piy VII o’rtasida konkordat tuzildi. Unga asosan katolik dini ko’pchilik fransuzlarning dini deb
e’lon qilindi. Diniy bayramlar tiklandi.Davlatdan cherkovni ajratilishi bekor qilindi. Papa o’z
navbatida musodara qilingan cherkov yerlarini yangi egallarining qonuniy mulki sifatida tan
oldi. Bundan tashqari, papa oliy cherkov lavozimlarga xizmatchilarni xukumat tomonidan
tayinlanishiga rozi bo’ldi. Cherkov imperator sharafiga maxsus ibodatni kiritdi. Shunday qilib,
cherkov davlat xizmatiga o’tdi.
Konsullik va imperiya davrida inqilob paytida qo’lga kiritilgan demokratik yutuqlarning
ko’pchiligi bekor qilindi. Ro’znomalarning ko’pchiligi bekitildi. Maorif soxasida cheklash,
markazlashtirish siyosati olib borildi. Armiya va politsiyachi apparat kuchaytirildi.
Mamlakatda xarbiy — byurokratik diktatura o’rnatildi. XIX asr boshlarida Fransiya
asosan agrar mamlakat edi. Axolyning 80% dexqonlar tashkil etardi. Lekin, inqilob fransuz
qishloqlarida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga sharoitlar yaratib bergan edi.
Konsullik va Birinchi imperiya yillari — fransuz sanoatining jadal rivojlanishi, davri edi.
Fransiya sanoat to’ntarilishi davriga kirgan edi. Tashqi savdo o’sdi. Tadbirkorlikni qo’llab —
kuvvatlash mAqsadida 1800 yilda Fransiya banki, 1810 yilda esa Savdo ishlari buyicha kengash
va fabrika va manufaktura ishlari bo’uyicha kengash tuzildi. Bank va kredit soxasi sust
rivojlangan edi. Fransiya banki qisqa muddatli kreditlar beruvchi deyarli yagona tashkilot edi.
Xukumat moliyaviy axvolni barqarorlashtirishga erishdi G`olibona urushlar va proteksionistik
siyosat eksportning o’sishiga olib keldi. Barcha Yevropa bozorlari fransuz mollari uchun ochib
berildi. Umuman Konsullik va imperiya davri Fransiya sanoatining rivojlanishida qulay
keldi.Konsullik va imperiya davrida qonunchilikni tartibga solish bo’yicha ko’plab ishlar qilindi.
JumladanNapoleon Kodekslari deb nom olgan yuridik mezonlarqabul qilindi. 1804 ynli
Fuqarolar kodeksi, 1807 yiliJinoyat kodeksi, 1811 yil Tijorat kodeksi qabulqilindi. Bu
kodekslarda shaxsiy mulk ximoyasi, shaxs daxlsizligi, vijdon erkinligi, fukarolarning qonun
oldida tengligi kabi tamoyillar kirtilgan bo’lsa xam, inqilob davridagi qonunchilik tizimiga
nisbatan kodekslar orqaga siljish edi.Bu davrda Fransiya Yevropa davlatlari bilan to’xtovsiz
urushlar olib bordi.Bosib olingan va tobe qilingan davlatlarni fransuz mollari uchun bozorlarga
va fransuz sanoat uchun xomashyo manbaiga aylantirish siyosati olib borilardi.Manfaatsiz savdo
shartnomalarga majburlash va fransuz mollariga monopol narxlarni belgilash yo’li bilan qaram
mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishga to’sqinlik qilinar edi. Bu mamlakatlardan ulkan
kontributsiyalar olinar edi.Napoleon urushlarining asosiy maqsadi Yevropada fransuz
ustivorligini o’rnatish edi. Fransiyaga qarshi koalitsiyalarga kirgan davlatlar Angliya, Rossiya,
Download 22.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling