Boshladi. 1796yilaprelidaItaliyaga xujum boshlagan Fransuz armiyasi bir qator
Download 22.85 Kb.
|
rrrrr
1796-1799-yillardagi harbiy xarakatlar Fransiya uchun muvaffakiyatli bo’ldi. Ozodlik urushi termidor voqealaridan so’ng bosqinchilik urushiga aylandi. Inqilobximoyasi uchun tashkil etilgan armiya ekspansiya quroli sifatida xizmat qila boshladi. 1796yilaprelidaItaliyaga xujum boshlagan Fransuz armiyasi bir qator janglarda Pemont va Avstriya armiyalarini mag`lub etdi.Vennetsiya yerlaridai o’tib, fransuzlar Avstriya xududlariga bostirib kirdilar. Avstriya Fransiya bilan Kompo Formio tinchlik shartnomasini (1797 yil 17 oktabr) imzoladi va Belgiya xamda Reynning chap soxilini Fransiya qo’shib olganligini tan oldi. Venetsiya respublikasi yerlari ikki mamlakat o’rtasida bo’lib olindi. Natijada Italiyada Fransiyaning ustivorligi o’rnatildi. Bosib olingan Shvetsariya vassal Gelvetik respublikasiga aylantirildi. Kompo Formio tinchlik shartnomasi Fransiyaga qarshi birinchi koalitsiyanvng tugashiga sabab bo’ldi. Fakat Angliya Dengizda urush olib bordi. Angliyaga zarba berish maksadida 1798 yil may oyida general Bonapart boshchiligidagi- fransuzlar armiyasi Misrga jo’nab ketdi. Bu yerda Bonapart Misrning kavaleriyasi (mamlyuklarni) «Exromlar oldidagi jangda» mag`lub etdi va mamlakatning ko’p qismini o’ziga bo’ysundirdi. Bu paytda, admiral Nelson qo’mondonligidagi ingliz floti Abuqir reydida fransuzlar flotini yo’q qildi va Bonapart armiyasini Fransiyadan uzib tashladi. 1798 yilda Fransiyaga qarshi ikkinchi koalitsiya tuzildi. Unga Angliya, Rossiya, Avstriya, Shvetsiya, Turkiya, Neanolitan Burbonlari kirdilar. Asosiy janglar Italiyada bo’lib o’tdi. Bu yerda A.V.Suvorov qo’mondonligi ostidagi rus va Avstriyalik qo’shinlar bir necha g`alabalarga erishdilar. Admiral F.F.Ushakov boshchiligidagi rus floti Ioniya orolini fransuzlardan tozaladi. Italiyada Fransiyaning ustivorligi quladi. Fransuzlar Reynda xam mag`lubiyatga uchrar edilar. Lekin Pavel I 1799 yil kuzida rus qo’shinlarini kaytarib olganidan so’ng Fransiyaning xarbiy axvoli yaxshilandi. Urush oqibatlari, moliyaviy qiyinchiliklar,ishlab chiqarishning pasayishi, mustamlakalar bilan savdoning pasayib ketishining va eksportning qisqarishi Direktoriya tartibotini tang axvolga olib keldi. Ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy inqiroz sharoitida mamlakatda royalistlarning kuchayishi sodir bo’ldi. Royalistlarning faollashuvi va qonunchilik korpusida mavqelarining mustaxkamlanishi Direktoriyani chapga og`ishga olib keldi. 1797yil 4 sentabrda Direktoriya armiya yordami bilan davlat to’ntarilishini amalga oshirdi. 1797 yilda aylangan 77ta oyalist deputatlar o’z vakolatlaridan maxrum etildi.Mamlakatga qaytib kelgan emigrantlar va qasamyod qilmagan ruxoniylar repressiyaga chradilar. yekin,1798 yil baxorida bo’lib o’tgan Yangi saylovlarda respublikachi—demokratlarning muvaffaqiyatlari endi Direktoriyaning o’nga burilishiga majbur etdi. Xarbiy mag`lubiyatlar demokratik muxolifatning jonlanishiga olib keldi. Respublika ximoyasi uchun favqulodda choralar talab qilindi, garovdagilar to’g`risida qonun va boylardan 100 mln frank majburiy zayomolish dekreti qabul qilinishiga erishildi.Parijda14 yakobinchilar klubi tiklandi, demokratik ro’znomalar chiqa boshladi. Bu esa yuqori xukmrondoiralarning noroziligi va qo’rquvini uyg`otdi. Mamlakat buylab tartibsizlik va korrupsiya keng tarqaldi. Barqarorlik va tartib — siyosiy maydonda asosiy talab bo’lib qoldi. Bunday sharoitda konservativ doiralarda armiya yordamida davlat to’ntarilishi amalga oshirish rejasi ilgari surildi. Direktoriyani qulatilishi va uning o’rniga parlamentdan mustaqil siyosat olib boradigan, xokimiyat yaratilishi ko’zda tutilgan edi. Bu paytda Parijga, o’z armiyasini_Misrda tashlab , general Bonapart yetib keldi. Omma ichida katta etgiborga ega bo’lgan Napoleon Bonapart xarbiy to’ntarish yasash uchun eng loyiq shaxs edi. Moliyachilar uni kerakli mablag`lar bilan ta’minladilar. VIII yilning 18 bryumerida (1799 yil 9 noyabrda) «yakobinchilar fitnasi» baxonasida qonunchilik korpusi majlislari Sen —Klu degan joyga kiritildi. Bonapart Parijning barcha qo’shinlarining qumondoni etib tayinlandi. Ertasi kuni Besh yuzlar kengashida Bonapart «yo’qolsin tiran!» qichqiriqlar bilan qarshi olindi. Kengashlarning a’zolaridan bir qismi Sen — Klu saroyiga keltirildi va bu yerda Direktoriyaning yo’q qilinishiga, xokimiyatni Bonapart boshchiligidagi uch konsulga topshirilishiga ovoz berdi. Ikki Kengash o’rnini (Oqsoqollar Kengashi va Besh Yuzlar Kengashi) ikki komissiya egalladi. Komissiyalar plebissit tasdiqlaydigan yangi konstitutsiyani ishlab chiqarish kerak edi. To’ntarish mamlakatda Napoleon Banapartning xarbiy diktaturasiga yo’l ochib berdi. 18 —bryumer Buyuk Fransuz inqilobining yakuni bo’ldi1 . 1799 yil dekabrida Fransiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Rasman Fransiyada respublika tuzumi saqlanib qolindi. Ijroya xokimiyati uch konsulga topshirildi. Birinchi konsul — Napoleon Bonapart (1769 — 1821) — o’n yilga saylanib, o’z qo’lida deyarli barcha ijroya, qisman sud va konunchilik xokyamiyatlarini mujassam etdi.Qonunchilik xokimiyati Davlat kengashi, Tribunat, Qonunchilik korpusi o’rtasida taqsimlangan edi va ijroya xokimiyatga qaram qilib qo’yilgan edi. Fransiyada Napoleon Bonapartning shaxsiy xokimiyat tartiboti o’rnatildi. 1799 yil Konstitutsiyasi yangi yer egallarga inqilob davrida qo’lga kiritilgan yer egaliklarini kafolatladi. Bu Konstitutsiya plebissit (umumxalq ovoz berishi) tomonidan ma’qullandi. 1802 yilda o’tkazilgan yangi - plebissit Birinchi konsul lavozimini umrbod Napoleonga berkitib qo’ydi. Napoleon Bonapartning xokimiyati Fransiya olib borgan muvaffaqiyatli urushlar natijasida kuchayib bordi. Napoleonning tug`ilgan kuni 1802 yilda milliy bayram deb e’lon qilindi. 1804 yilda esa Napoleon Bonapart Napoleon I nomi bilan Fransiyaning imperatori deb e’lon qilindi. Mamlakatda avtoritar tuzumi o’rnatildi. Konsullik va imperiya davrida marka zlashgan byurokratii davlat apparati shakllandi. Ma’muriy boshqaruvda prefektura tizimi kiritildi. Xukumat tomonidan tayinlanadigan departament boshlig`i — prefekt o’z qo’lida to’la ma’muriy xokimiyatni mujassam etdi. Napoleon cherkov bilan munosabatlarini yaxshilashga intildi. 1801 yili Napoleon va papa Piy VII o’rtasida konkordat tuzildi. Unga asosan katolik dini ko’pchilik fransuzlarning dini deb e’lon qilindi. Diniy bayramlar tiklandi.Davlatdan cherkovni ajratilishi bekor qilindi. Papa o’z navbatida musodara qilingan cherkov yerlarini yangi egallarining qonuniy mulki sifatida tan oldi. Bundan tashqari, papa oliy cherkov lavozimlarga xizmatchilarni xukumat tomonidan tayinlanishiga rozi bo’ldi. Cherkov imperator sharafiga maxsus ibodatni kiritdi. Shunday qilib, cherkov davlat xizmatiga o’tdi. Konsullik va imperiya davrida inqilob paytida qo’lga kiritilgan demokratik yutuqlarning ko’pchiligi bekor qilindi. Ro’znomalarning ko’pchiligi bekitildi. Maorif soxasida cheklash, markazlashtirish siyosati olib borildi. Armiya va politsiyachi apparat kuchaytirildi. Mamlakatda xarbiy — byurokratik diktatura o’rnatildi. XIX asr boshlarida Fransiya asosan agrar mamlakat edi. Axolyning 80% dexqonlar tashkil etardi. Lekin, inqilob fransuz qishloqlarida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga sharoitlar yaratib bergan edi. Konsullik va Birinchi imperiya yillari — fransuz sanoatining jadal rivojlanishi, davri edi. Fransiya sanoat to’ntarilishi davriga kirgan edi. Tashqi savdo o’sdi. Tadbirkorlikni qo’llab — kuvvatlash mAqsadida 1800 yilda Fransiya banki, 1810 yilda esa Savdo ishlari buyicha kengash va fabrika va manufaktura ishlari bo’uyicha kengash tuzildi. Bank va kredit soxasi sust rivojlangan edi. Fransiya banki qisqa muddatli kreditlar beruvchi deyarli yagona tashkilot edi. Xukumat moliyaviy axvolni barqarorlashtirishga erishdi G`olibona urushlar va proteksionistik siyosat eksportning o’sishiga olib keldi. Barcha Yevropa bozorlari fransuz mollari uchun ochib berildi. Umuman Konsullik va imperiya davri Fransiya sanoatining rivojlanishida qulay keldi.Konsullik va imperiya davrida qonunchilikni tartibga solish bo’yicha ko’plab ishlar qilindi. JumladanNapoleon Kodekslari deb nom olgan yuridik mezonlarqabul qilindi. 1804 ynli Fuqarolar kodeksi, 1807 yiliJinoyat kodeksi, 1811 yil Tijorat kodeksi qabulqilindi. Bu kodekslarda shaxsiy mulk ximoyasi, shaxs daxlsizligi, vijdon erkinligi, fukarolarning qonun oldida tengligi kabi tamoyillar kirtilgan bo’lsa xam, inqilob davridagi qonunchilik tizimiga nisbatan kodekslar orqaga siljish edi.Bu davrda Fransiya Yevropa davlatlari bilan to’xtovsiz urushlar olib bordi.Bosib olingan va tobe qilingan davlatlarni fransuz mollari uchun bozorlarga va fransuz sanoat uchun xomashyo manbaiga aylantirish siyosati olib borilardi.Manfaatsiz savdo shartnomalarga majburlash va fransuz mollariga monopol narxlarni belgilash yo’li bilan qaram mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishga to’sqinlik qilinar edi. Bu mamlakatlardan ulkan kontributsiyalar olinar edi.Napoleon urushlarining asosiy maqsadi Yevropada fransuz ustivorligini o’rnatish edi. Fransiyaga qarshi koalitsiyalarga kirgan davlatlar Angliya, Rossiya, Download 22.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling