Бошланғич синф ўқитувчиси фаолиятини илмий асосда ташкил этишнинг педагогик асослари
II BOB. BOSHLANG‟ICH SINF O‟QITUVCHISI FAOLIYATINI
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
mehnat darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
II BOB. BOSHLANG‟ICH SINF O‟QITUVCHISI FAOLIYATINI
ILMIY ASOSDA TASHKIL ETISH MAZMUNI, SHAKL VA USULLARI 2.1. O’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish…………………… 25 2.2. Pedagogik ijodkorlikni rivojlantirish…………………………… 45 2.3. O’qituvchi mehnat darajasini aniqlash va baholash ………………… 59 XULOSA VA TAVSIYaLAR …………………………………………….. 62 FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR……………………………………. 67
3
Muammoning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida ta’lim islohotlari jadallashib borayotgan bir vaqtda boshlang’ich ta’lim o’quvchi shaxsini shakllantirish, ularga mavjud ilmiy bilimlarning boshlang’ich asoslarini yetkazishda muhim bosqichdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida so’zlagan nutqida, boshlang’ich ta’lim sohasida mavjud bo’lgan kamchiliklarga to’xtalar ekan, muammolarni hal etishning dastlabki sharti – boshlang’ich ta’lim tizimiga malakali, mahoratli o’qituvchilarni jalb etish, tayyorlash, ularning kasbiy malakalarini takomillashtirishdan iborat ekanligiga alohida urg’u berib: «Eski ta’limning eng yomon qusuri boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qarayotganimizdadir. Ochiq aytishimiz kerak: bilimi sayoz muallimlar ham birinchi sinfda dars beraveradi. Vaholanki, bolaning dunyoqarashi, did,
salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar birkitib qo’yilishini oddiy mantiqning o’zi talab etadi» - deb ta’kidlaydi [1; 7]. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan biri ham, har bir mutaxassisning umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kasbiy-shaxsiy mahorati, o’z kasbiga bo’lgan munosabati, qiziqishini shakllantirish, ijodkorlik, izlanuvchanlik, uddaburonlik, ishbilarmonlik kabi fazilatlarni tarkib toptirishdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas – kuch» asarida esa, «Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Muxtasar aytganda, maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatini hyech narsa bilan 4 o’lchab, qiyoslab bo’lmaydi. .... kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Chindan ham, o’qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatdan ham hayot maktabini beradigan mo’tabar zotdir» - deyilgan [3;130- 131]. Ma’lumki, o’quvchilarga beriladigan bilimlarning asosiy poydevori boshlang’ich ta’limda qo’yiladi. Shaxs ongi va dunyoqarashining rivojlanishiga asos bo’ladigan bilimlar ham shu bosqichda beriladi. Shunga ko’ra, boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ma’naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan yetuk bo’lishlari ular ta’lim-tarbiya berayotgan o’quvchilarning barkamol shaxs bo’lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi hamisha ijtimoiy munosabatlar muvozanatini ko’ra bilishga, uni rivojlanish sari unday olishga qodir bo’lmog’i lozim. Ijtimoiy faollik, ijodkorlik har doim yangicha pedagogik idrokni talab etadi. Shunga muvofiq, o’qituvchining ijtimoiy faolligi jamiyatni ijtimoiy sog’lomlashtirishga xizmat qiladi. Jamiyat talabi va buyurtmasi asosida bo’lajak o’qituvchi shaxsining ijtimoiy faolligini shakllantirish aynan pedagogik yo’nalishida tadqiqi etilmaganligi tadqiqot muammosining dolzarbligini ko’rsatadi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling