Бошланғич синф ўқитувчиси фаолиятини илмий асосда ташкил этишнинг педагогик асослари
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
mehnat darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
TAVSIYaLAR
1.
Bugungi tezkor va globallashuv davrining talablaridan kelib chiqib, uzluksiz pedagogik ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri ijtimoiy faollik, ijodkorlik tizimini insonparvarlik, mehr-muruvvat va do’stona munosabatlar asosida qaror toptirishga qaratilmog’i o’rinlidir. Sog’lom ma’naviy-ahloqiy va kasbiy muhitning yaratilish hamda ijtimoiy faollikning, ijodkorlikning psixologik mexanizmlari barqaror ishlashi bo’lajak o’qituvchi kadrlar tayyorlashning muhim omili bo’lmog’i lozim. 2.
Bo’lajak ijodkor o’qituvchi shaxsi ijtimoiy faolligini ta’min etishning asosiy omili Kamolot Yoshlar ijtimoiy xarakati bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan o’z-o’zini boshqarish tashkiloti faoliyatini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. 3. Oliy ta’lim tizimida ijtimoiy faol, ijodkor o’qituvchi shaxsini tarbiyalash, pedagogika fanlari mazmunini qayta ko’rib chiqish va uni bugungi talablar darajasida muvofiqlashtirishni toqozo etadi. Pedagogik turkum fanlar mazmuni esa bo’lajak ijodkor o’qituvchi shaxsining ijtimoiy faolligini ta’min etishga qaratilmog’i va bu jarayonda ―O’qituvchi-o’quvchi‖ muloqoti ―subyekt- subyekt‖ munosabatlari doirasida amalga oshirilmog’i talab etiladi. 4.
Bo’lajak ijodkor o’qituvchida pedagogik tafakkur va kasb mahoratining shakllanishi mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish yo’llarini ocha olish qobiliyatini shakllantiradi. Bu jarayon, o’z navbatida, ijtimoiy faol, ijodkor o’qituvchining kasbiy faoliyatida intiluvchan pozisiyada tura olish shart- sharoitlarini yaratish toqozo etadi. 5.
Har doim o’quvchi va talaba o’z jamoasida yoki o’zi mansub bo’lgan guruhda o’z o’rnini topishga intiladi. Shunga ko’ra o’zining qobiliyati, bilimi, 66
obro’-e’tiboriga qarab munosabatga kirishishni istaydi. Ana shunday munosabatlarning buzulishi yoki bo’lmasligi shaxsning ijtimoiy faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bo’lajak ijodkor o’qituvchi shaxsida ijtimoiy mas’ullik tuyg’usini shakllantiruvchi pedagogik va psixologik omillar rivojiga alohida e’tibor berish zarur. 6.
Ijtimoiy faol, ijodkor pedagoglar tayyorlash tizimini nazariy-metodik jihatdan takomillashtirish maqsadida oliy o’quv yurtlarining joylarda viloyat, shahar va tuman xalq ta’limi hamda o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi boshqarmalari bilan o’zaro hamkorligini ilmiy asosda yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir. Xulosa qilib, aytganda mustaqil O’zbekistonimizda o’zining pedagogik faoliyatini olib borayotgan har bir o’qituvchi o’z ustida tinmay ishlashi, doimiy izlanishda bo’lishi, o’zidan oldingi pedagoglarning ilg’or tajribalari bilan doimiy tanishib borishi va shu yo’llar bilan o’z mahoratining tizimlarini kengaytirishi lozimdir. |
ma'muriyatiga murojaat qiling