70
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Pedagogika
fakulteti Pedagogika va psixologiya ta‟lim yo‟nalishi bitiruvchisi Boltaboyeva
Madinaning «Boshlang‟ich sinf o‟qituvchisi faoliyatini ilmiy asosda tashkil
etish» mavzusidagi malakaviy bitiruv ishiga ilmiy rahbar
MULOHAZASI
Ma’lumki, o’quvchilarga beriladigan bilimlarning asosiy poydevori
boshlang’ich ta’limda qo’yiladi. Shaxs ongi va dunyoqarashining rivojlanishiga
asos bo’ladigan bilimlar ham shu bosqichda beriladi. Shunga ko’ra, boshlang’ich
sinf o’qituvchilarining ma’naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan yetuk bo’lishlari ular
ta’lim-tarbiya berayotgan o’quvchilarning barkamol shaxs bo’lib yetishishlarida
muhim ahamiyatga ega.
M.Boltaboyevaning mazkur malakaviy bitiruv ishi tadqiqot ishi kirish, ikki
bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, boshlang’ich
sinf o’qituvchilari faoliyati va uni ilmiy asosda tashkil etish, jumladan ijtimoiy
faol, ijodkor o’qituvchi shaxsini shakllantirishning ilmiy-pedagogik jihatlarini
ishlab chiqishga bag’ishlangan.
Malakaviy bitiruv ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi,
muammoning o’rganilganlik darajasi, tadqiqot maqsadi va vazifalari, tadqiqot
obyekti va predmeti, qo’llanilgan metodlar, tadqiqot ishining nazariy va amaliy
ahamiyati o’z aksini topgan.
Ishining birinchi bobida boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy
xususiyatlari va unga qo’yilgan talablar boshlang’ich sinf o’qituvchilari faoliyatini
o’rganish asosida yoritilgan. Shuningdek bu bobda boshlang’ich sinf o’qituvchisi
mehnatining o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida o’qituvchi mehnatini ilmiy
asosda tashkil etish shakllari bo’lajak o’qituvchilarni uch guruhga bo’lgan holda
ularning o’quv faoliyati ko’rinishlari tadqiq etilgan, shuningdek ijtimoiy faol
shaxsni shakllantirishning psixologik omillari o’rganilgan.
Bitiruv ishi yuzasida olib borilgan tadqiqotlar umumlashtirilib, ishning
xulosa qismida ifodalangan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ham belgilangan talablar asosida
rasmiylashtirilgan.
Bitiruvchi M.Boltaboyevaning malakaviy bitiruv ishi oliy maktabning
mazkur toifadagi tadqiqot ishlariga qo’yilgan talablarga javob beradi. Ishda
tadqiqot maqsadiga erishilgan.
Ishni himoyaga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: