Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари
Download 0.5 Mb.
|
To`xtasinova GulmiraMD ohirgi
I bob bo`yicha xulosa
Magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobi kreativlik muammosiga zamonaviy yondashuvning nazariy asoslariga bag`ishlanadi. Unda dastavval pedagogika va psixologiyada kreativlik xususiyatlarining rivojlanishi va tashxislanishiga va kreativ dars tuzilish texnologiyalariga doir fikrlar ilgari suriladi. Shunga muvofiq birinchi bob bo`yicha quyidagi xulosalarni keltirib o`tish joiz: Intellektual faollik darajasini belgilangan kreativlik bosqichlari bilan taqqoslash, ikkala yo`nalish orasida ma`lum mutanosiblikni, innovatsion pedagogik faoliyatning bir necha bosqichda takomillashib borish darajasidagi tushunchalarni aniqlashga imkon berdi. Pedagog faolligining borgan sari yuqoriroq darajadagi faoliyatga ko`tarilib borishi kelajakda innovatsion ta’lim strategiyasini tashkil qilishni belgilaydi. Ijodiy darsning tuzilishi mantiqan ta’limni haqiqatda rivojlantiruvchi jarayonga aylantirishni ko`zda tutadi. Ta’limning birinchi navbatda insonparvarlik maqsadlarini ko`zlagan holda ta’lim faoliyati tuzilishida ma’lum o`zgarishlar olib boriladi. Ta’lim faoliyatining yangi shakllarini konstruksiyalash boshlang`ich sinf o`quvchilarining ma’naviy shakllanishi asosini tashkil qiladi. Dastur fikrlash shakllarini tubdan yangilash; maktab o`quvchilarini intellektning yangi bosqichida o`tkazishni ko`zda tutadi. Chunonchi: ko`rgazmali - aniqlikdan og`zaki mantiqiylikka; emperikdan nazariy-tadrijiy fikrlashga. Rivojlanishga ta’sir etuvchi ta’lim tuzilishi boshlang`ich sinf o`quvchilarini faol ta’limiy faoliyat turlariga safarbar etadi, faol faoliyat turining turli shakllarini turlicha vositalar yordamida egallash; hayratlanarli buyumlar haqida fikrlash; boshqotirmalar yechish; kompyuterda o`lchamli masalalar yechish o`quvchining rivojlanishiga xizmat qiladi. Darsga motivatsion sayqal berish dars davomida ijobiy motivatsiyani qo`llab-quvvatlovchi maxsus topshiriqlar tushuniladi. Har bir o`quv sikli so`ngida o`quvchilarning yutuqlar haqidagi ijobiy hissiyotlari rag`batlantirilib, keyingi bosqichga o`tish ishtiyoqi kuchaytiriladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling