Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари


Download 0.5 Mb.
bet15/23
Sana19.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1619431
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
To`xtasinova GulmiraMD ohirgi

4. O`tgan mavzularni mustahkamlash.
Qish haqida topishmoq, she’rlar yodlashadi. So`ng barcha o`quvchilar 6ta guruhga bo`linadilar. Doskadagi rasmlar asosida shar, sovuq, izg`irin, muz, yax, yaxmalak, sumalak, ayoz so`zlariga qo`yib hikoya tuzadilar.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun krossvord – boshqotirma yechiladi. Quvnoq daqiqalar. Daraxt o`sadi tikka, shox chiqaradi yonga,
Quyoshdan nur oladi, yerga soya soladi.
5. Yangi mavzu bayoni.
1) Boshqotirma. Rasmlar berilgan. Shu rasmlardagi bosh harflarni olib so`z yasaymiz. Biz o`rganmoqchi bo`lgan matnning nomi kelib chiqadi.
2) «Javdari non» hikoyasi guruhlarga bo`lib o`qitiladi.
6. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Shu matn yuzasidan savol tuziladi. Guruhlar savollarni tuzishlari uchun vaqt beriladi. Savollar tayyor bo`lgach har bir guruh o`zining savollarini o`qiydi. Boshqa guruhdagilar esa savollarga javob beradilar. Matnni mustahkamlash uchun qisqacha non haqida ma’lumot berib o`tiladi. Bug`doy qanday yetishtirilishi, qanday qilib un qilishi va albatta non qilib yopish uchun qancha-qancha kishilarning mehnati sarflanishi aytib o`tiladi.


Topshiriq: klaster usulida «non»ning turlari ko`rsatib beriladi. Non haqida o`zlari bilgan she’r-maqollarni yodlashadi. Topshiriq: «Javdari non» mavzusida rasm chizadilar. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni e’lon qilib, baholaydilar.






7. Uyga vazifa berish va darsga yakun yasash. «Javdari non» matnini ifodali o`qib, qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish. Shuning bilan darsimiz tamom, tanaffuz.


Boshqotirma
1. Ilm maskani.
2. Tomda uning uyi, pastga o`sadi bo`yi.
3. Konki uchadigan joy.
4. Qishdagi harorat.
5. Fasl.
6. Yangi yil qahramonlari.
7. Maktabdan o`rganadigan narsa.
8. Baho.






M

a

K

T

A

B
















m

U

S

T

A

Q

i

L

y

A

x

M

A

L

A

K







s

O

v

U

Q



















Q

i

Sh



















q

O

r

Q

I

Z













b

I

l

I

M



















B

E

Sh





















3.2. Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda interfaol metodlar va o`yinlardan foydalanish
Boshlang`ich ta’limda o`quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishda evristik va muammoli ta’limdan tashqari bilishga yo`naltirilgan, ilmiy asoslangan ta’lim metodlaridan va o`yindan foydalanish ham maqsadga muvofiq. Boshlang`ich ta’limda ishbop, rolli, syujetli o`yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga, ilmiy-ijodiy izlanishlarga yo`llaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil etish shakl va metodlaridan foydalanish o`z samarasini berdi. Bu borada ijodiy faoliyatni rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, bahs, suhbatlar, fantaziya, izlanish darslari, muammolar qo`yish va ularni yechish darslari; ishtirokchilik darslari, modellashtirish, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, kichik kashfiyotlar yaratish, insholar yozish, solnomalar tuzish, ishbop o`yinlardan, innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bo`ldi. ta’lim jarayonida dars shakllarining o`yin usullari sifatida o`qitishning ma’lum bir paytida o`tkaziladi.
Ma’lumki, boshlang`ich sinf o`quvchisi kattalarning hatti-harakatini taqlid qilishga qiziqadi. Bunda ta’lim jarayonida qo`llanilayotgan ishbop o`yinlardan foydalanish kata ahamiyat kasb etadi. Bolalarga mo`ljallangan ishbop o`yinlar takrorlash, mustahkamlash, o`tilganlarning qay darajada o`rganilganligini (diktantlar, musobaqalar, krossvordlar, sirtqi sayohatlar rolli o`yinlar, dramatik sahnalar tarzida) aniqlash maqsadida o`tkaziladi.
Ishbop o`yinlarni hayotiy vazifalarni imitatsiya va modellashtirish asosida tashkil etish samarali natijalarga olib keladi. Bunday o`yinlar faqat bilishga oid bo`lmay, dunyoqarashni kengaytirish, hamda hissiy ta’sir etishi bilan ham xarakterlidir.
Masalan, boshlang`ich ta’limda “Nima uchun?”, «T-chizma», «FSMU», «Tarmoq (Klaster)», “Ikki qismlik kundalik” kabi innovatsion metodlardan foydalanganda o`quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishga bevosita yordam beradi.
Nima uchun?” sxemasini tuzish qoidalari



Ish natijalarining taqdimoti

“Nima uchun?” chizmasini tuzish qoidalari




Masalan, “Atrofimizdagi olam” darslarini o`tish jarayonida “Nima uchun tabiiy boyliklarni asrashimiz lozim?” degan savol yuzasidan “Nima uchun” organayzeri ustida ishlash mumkin. O`quvchilar bir nechta nima uchun savollariga javob berishlari talab etiladi.




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling