Бошланғич таълимда ўҚувчилар ижодий фаолиятини шакллантириш йўллари
Download 0.5 Mb.
|
To`xtasinova GulmiraMD ohirgi
II bob bo`yicha xulosa
Magistrlik dissertatsiyamizning ikkinchi bobi boshlang`ich ta’limda o`quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirish shart – sharoitlarini o`rganishga bag`ishlangan. Tadqiqodni amalga oshirish jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish usullari zarurati va ahamiyatiga alohida e’tibor berildi hamda ijodiy faoliyatni shakllantirish usullari sifatida quyidagilar aniqlandi. 1.O`quvchilarni ijodiy faollikka chorlash bunda o`quvchilarni ijodiy faoliyatga tayyorlaydigan o`qituvchi eng avvalambor o`quvchilarda taqdim qilinayotgan o`quv materialiga qiziqtirish uyg`otish zarur hamda keltiriladigan obrazlar, solishtirishlardan unumli foydalanish va ularning me’yoriga amal qilish. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini ijodiy faollikka undash davomida o`qituvchi: O`quvchilarni obrazli fikrlashga undashi; Aniq muammoni burro ifodalashi; Fikrning doimo tugallangan jumla bilan hamda muhim joylariga urg`u berib ajratgan holda ifoda etishi; Xushmuomalali va ziyrak bo`lishi; Qo`yidagi so`z birikmalaridan foydalanishi: «faraz qiling”, “tasavvur eting”, “ijodiy parvoz eting ...” va shu kabilar. Ko`rish kontakti (bog`lanishi)ni saqlashga harakat qilishi tinglovchilarga qarashga harakat qilish (har bir qatnashchiga uch daqiqadan vaqt beriladi); Har bir javob va taklifni doimo rag`batlanirishi maqsadga muvofiq. O`quv faoliyati metodlarini bilish metodlari bilan qiyoslashdagi o`ziga xos xususiyat shundan iboratki, o`qitish jarayonida yangi ilmiy haqiqatni kashf qilish emas, balki olgan bilimlarini ijodiy o`zlashtirish vazifasi hal qilinadi. O`qitish davomida yangi bilimlarni egallash uchun umumiy bilishga xarakterli bo`lgan sinab ko`rish va xato qilishni deyarli mustasno etadigan ancha yengillashtirilgan sharoitlar mavjuddir. Shuning uchun ham o`quv faoliyati metodlari bilish operatsiyalari bilan qo`shib olib boriladigan o`quv jarayoni sharoitlari uchun moslashtirilgan. O`quv faoliyati metodlarni hosil qilish uchun ko`plab yillar sarflangan o`quv axborotini bilishga qisqaroq yo`lni topib beradi. Ular o`quvchilarning yosh xususiyatiga bevosita holda bog`liq bo`ladi. O`quv faoliyati metodlarining o`ziga xos xususiyati mana shunda ham namoyon bo`ladi. Dars berish metodlari o`rganish metodlarini, o`qish-bilish faoliyatining jarayonini faollashtirishga yo`llab, uni kuchaytiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling