Boshlangʼich bugʼinlaridagi iqtisodiy xodisalarni oʼrganadi


Download 15.8 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi15.8 Kb.
#1022031
Bog'liq
Uurboyeva Mik.mak lek


1) Mikroiqtisodiyot (grekcha “mikro” – “kichik” degan suzdan olingan boʼlib iqtisodiyotni
boshlangʼich bugʼinlaridagi iqtisodiy xodisalarni oʼrganadi.
Mikroiqtisodiyot alohida iqtisodiy subektlar xarakatini oʼrganadi, yaʼni isteʼmolchilar,
ishchilar, yer egalari, sarmoya qoʼyuvchilar, fermerlar, ishlab chiqaruvchi korxonalar umuman
iqtisodiyot borasida faoliyat kursatuvchi xar qanday invidual yoki xujalik subektlari kiradi.
Mikroiqtisodiyot fanining moxiyatini qoʼyidagi masalalarni oʼrganish yordamida yoritish mumkin.

  1. Hozirgi davrdagi bozor iqtisodi mexanizmini urganish;

  2. Umumiy muvozanat va iqtisodiy fikrlash;

  3. Bozor xujaligi sharoitida firmalar, korxonalar, uy xujaliklari va ularning tutgan urni, axamiyati, vazifasi, samaradorligini taʼminlash;

  4. Talab va extiyoj nazariyasi asoslarini bilish;

  5. Bozor talabi va taklifini bilish;

  6. Talab va taklif uzgaruvchanligini anglash;

  7. Raqobatlashuv va korxonalar samaradorligini oshirish;

  8. Ishlab chiqarish va uni tashkil etish;

  9. Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda;

  10. Resurslardan foydalanish samaradorligi.

  11. Ish xaqi, baxoni oʼrganish.

2) Kishilarning isteʼmoli uchun zarur bo‘lgan hayotiy neʼmatlari va boyliklarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq amalga oshadigan faoliyatdir. Ishlab chiqarish har doim ijtimoiy tavsifga ega va shu bilan birga insoniyat jamiyati tarixiy rivojlanishning natijasidir. Yaratilgan mahsulotning ashyoviy-buyum shakliga ko‘ra ishlab chiqarish quyidagi turlarga ajiratiladi.


Moddiy ishlab chiqarish – moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan neʼmatlar va boylik ishlab chiqaradigan tarmoqlar hamda sohalardan iborat. Bular sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, o‘rmon xo‘jaligi kabi tarmoqlardir. Nomoddiy ishlab chikarish – moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, lekin jamiyat uchun zarur bo‘lgan maʼnaviy neʼmatlar yaratadigan va xizmatlar ko‘rsatadigan sohalarni o‘z ichiga oladi. Bular transport, aloqa, savdo, kommunal va maishiy xizmat ko‘rsatish kabi sohalardir.
3) Daromadning o‘zgarishi budjet chizig‘ini parallel ravishda siljishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o‘zgarmaydi. Daromad oshganda, budjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga siljiydi, kamayganda pastga-chapga siljiydi. Real daromadning o‘sishi natijasida budjet chizig‘i A1,A2,A3,....An holatlarga ketma-ket siljiydi.
Daromad samarasi- bu neʼmat narxi o‘zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o‘zgarishining isteʼmolchi talabiga taʼsiridir. Daromad samarasi - bu isteʼmolchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko‘rsatadi va u bir budjet chizig‘idan boshqa budjet chizig‘iga isteʼmolchining optimal tovarlar majmuasini o‘tishini akslantiradi.
Almashish samarasi - bu naflik darajasi o‘zgarmaganda, tovarlar narxi o‘zgarishi munosabati bilan isteʼmol tovarlar talabi tarkibining o‘zgarishidir. Almashish samarasi neʼmat narxini o‘zgarishi natijasida B neʼmatni qo‘shimcha A neʼmat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig‘i U1 bo‘yicha bo‘ladi.
Download 15.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling