Boshlang’ich matematika kursida nazariya rolining kuchaytirilishi o’qitish (ta’lim) mazmuni va metodlarinigina emas, balki har XIL ko’rgazmali vositalardan foydalanish mazmuni xarakterini ham qayta ko’rishni talab qildi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich sinflarda ijodiy harakterdagi masalalar bilan ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Rasm-tasvir, animatsion tasvirlar orqali masala yechishning afzalligi.
11 M. Axmedov, N. Abduraxmonova, M. Jumayev, R. Ibragimov 1- sinfda matematika darslari. Toshkent, “ Uzumkomsentr” 2003, 55- bet. 43
2.3. Rasm-tasvir, animatsion tasvirlar orqali masala yechishning afzalligi. Miqdorlarning geometrik tasviri va ularning munosabatlarini qo’llanish bilan o’qituvchi o’quvchilarda faqat grafik tasvirlash malakasini oshiribgina qolmay, balki ularni ba’zi arifmetik masalalarni yechishni osonlashtiruvchi va fazoviy tasavvurlarini, mantiqiy tafakkurini aktivlashtiruvchi juda foydali vosita bilan tanishtiradi. Agar bir qator arifmetik masalalarni yechishda chizma va sxemalar qo’llanilmasa, unda boshlang’ich maktabda bunday masalalarni yechishda o’quvchilar ancha qiynalishadi. Masalan, quyidagi masalani ko’raylik: Baliqchi baliq tutdi . Baliqchidan tutgan balig’ining og’irligi qancha, deb so’ralganda u bunday javob berdi: “Uning dumi 1 kg, boshi esa dumi qancha kelsa shuncha-yu, yana tanasining yarmicha, tanasi esa boshi bilan dumi og’irliklari yig’indisiga teng”. Bu masalaning shartlari chizma yordamida grafik tasvirlansa, yechim ancha yengillashadi. Murakkabroq, ammo birinchi o’quvchilarining kuchlari yetadigan topshiriq: “masalani har biri qilganini bildirishi aytishi tayyor bo’ling “Murakkabrog’u, ammo favqulodda foydali topshiriqqa yana bir misol: “Masalani tinglang va uni qanday qilib qisqacha tarzda yaxshi yozish mumkinligini ayting”. Bu holda o’quvchilar masala sharti va savolini eslab qolishgina emas, balki berilganlar bilan izlanayotgan miqdorlar orasidagi mavjud bog’lanishlarni tushinib olishlari kerak. Masalani daslabki analiz qilish (Ma’lumni noma’lumdan ajrata olish malakasi). Ma’lumni noma’lumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog’lanishni ochish – bu eng muhim malakalardan biri, bunday malakaga ega bo’lmay turib, masalalarni mustaqil yechishga o’rganib bo’lmaydi. Masalani qisqa yozish malakasi. Masala matni ustida og’zaki ishlagandan keyin, uning mazmunini matematik terminlar tiliga o’tkazish va qisqa yozuv 44
shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (Rasmlar, chizmalar, sxemalar jadvallar). Masalan, qisqa yozish malakasiga birinchi sinfdan boshlamoq katta ahamiyat beriladi. Bu ish bolalar uchun ancha qiyinchilikdir, shu sababli birinchi sinfda masalalarni qisqa yozish asosan o’qituvchi raxbarligida bajariladi, ikkinchi sinfdan boshlab, bolalarni masalalarni mustaqil ravishda qisqa yozishga o’rgatish masalasi qiyinlashadi. Masala sharti mantiqiy bo’lgan holda, berilganlar orasidagi munosabatlarni tushunib olish qiyin bo’lgan hollarda, shuningdek, yangi xil masalalarni yechishda qisqa yozishda foydalanish muvofiqdir. Shuni nazarda tutishi kerakki, barcha holllarda ham qisqa yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining ana shu hali amalga oshiriladi. Aslini aytgancha qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatdan ham, masala shartining qisqa yozuvi o’quvchilar xotirasiga tayanch bo’lib son ma’lumotlarini tushirish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi masalada nima beradigan va nimani izlash kerakligini ayyoni tushuntirish imkonini yaratadi . Quyidagi sodda masala namunasida qisqa yozishga o’rgatish ishini qanday o’tqazish mumkinligini ko’rib chiqamiz: “birinchi likopchada 3ta nok bor, 2 – likopchada esa 2 ta nok bor. Hammasi bo’lib nechta nok bo’ldi?” - Masalada nima haqida gapiriladi ? ( birinchi va ikkinchi likopchadagi noklar haqida ). - Shuni qisqa qilib yozamiz. Doskada va o’quvchilar daftarlarida qisqa yozuvning birinchi elementi paydo bo’ladi : B - ?U -? - Birinchi likopdagi noklar haqida masalada nima ma’lum ? - (Birinchi likopchada 3 ta nok bor) Shuni yozamiz: B -3 ta nok - ikkinchi likopchadagi noklari haqida masalada nima ma’lum ? ( ikkinchi likopchada 2 ta nok bor). Uni ham yozing: B - 3ta nok 45
I -2 ta nok Jami noklar nechta ekanligi ma’lummi ? (yo’q). Buni savol belgisi bilan belgilaymiz . Buni quydagicha yozamiz: B -3 ta nok I -2 ta nok J - ? Endi shu masala namunasida shartli rasm chizishi, chizma va sxematik chizma chizish jarayonlarini amalga oshirish mumkin. Predmet rasmi, shartli rasm, masala shartining qisqa yozuvi chizma, aniqlikdan sekin – asta mavjudlikka o’tishdagi ketma –ket bosqichlarni ifodalaydi. Masalalarni yechishda amal tanlashni asoslab berishi mantiqiy masala tahlilini amalga oshirish, so’ngra yechish rejasini tuzish malakasi. Oldin sodda masalani yechishda amal tanlash malakasini qarab chiqishga to’xtalamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshladi, ikkinchi va uchinchi o’quv yillarida yanada rivoj toptiriladi, ya’ni ba’zi tanish masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o’zgartiriladi. Masalan, ushbu “ daraxtda 5 ta qush o’tirgan edi”, 2 ta qush uchib ketdi. Daraxtda nechta qush qoldi ? – degan masalani yechishda birinchi sinf o’quvchisi masalani yechish uchun 5dan 2 ni ayrish kerak, chunki qushlar oldingisidan kamaydi, deb javob beradi. Ikkinchi sinf o’quvchisi shu masalani yechishda bunday mulohaza yuritishi mumkin: “Bu qoldiqni topishga doir masala bunday masalalar ayrish bilan yyechiladi 5dan 2 ni ayrisak, daraxtda qancha qush qolganini bilamiz” 12 . 1- sinfda berilgan sonni bir necha birlik orttirishga doir masalani yechishda o’quvchi taxminan bunday mulohaza yuritadi: “Masalada birinchi kuni do’konda 24 ta ko`p karto’shka sotilgani ikkinchi kuni esa undan 8 ta ko`p ortiq sotilgani haqida gapiriladi. Demak, ikkinchi kuni birinchi kundagidan 8 ta ko`p ortiq sotilgani ma’lum, bu birinchi kuni qancha sotilgan bo’lsa, shuncha va yana 8
12 Ta'lim taraqqiyoti. O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi Vazirligining a x b o r o t n o m a s i. 7-maxsus son.1999 yil. 136-178 bеtlar 46
ta ko`p sotilganini bildiradi, shuning uchun 24 ga 8 ni qo’shish kerak, shunda ikkinchi kuni necha ko`p kartoshka sotilganini bilamiz”. II va III sinflarda o’quvchilar bir muncha boshqacha mulohaza yuritishi mumkin: “Masala shartidan, ikkinchi kuni birinchi kundagiga qaraganda ortiq sotilgani ma’lum: ikkinchi kuni nechta ko`p kartoshka sotilganini bilish kerak. Demak, masalada katta sonni topish talab qilinadi va u qancha kattaligi ko’rsatilgan, masala qo’shish bilan yechiladi” 13 . Keltirilgan misollardan sodda masalalarni yechish malakasini egallab olishlariga qarab, o’quvchilar umumlashtirishning yuqoriroq darajalariga ko’taradilar. Ammo bu jihatdan ham o’qitishning har bir bosqichidan umumlashtirishning har xil darajalari, tanish masala yoki yangi xil masala yyechilayotganiga qarab, amal tanlashni asoslashga har xil yaqinlashishlar kuzatiladi, albatta. Murakkab masalani yechishda masalani isbot qilish malakasi asosiy ahamiyatga ega. 5- yechimni bajarish, uni o’qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish va masala savoliga javob berish malakasi. Sodda masalalardan boshlaymiz. Sodda masalani arifmetik usul bilan ham, algebraik usul bilan ham yechish mumkin. Bu o’rinda masalalarni arifmetik usul bilan yechish haqidagina so’z boradi, masalani algebraik usulda yechish keyiroq alohida qaraladi . Sodda masalani arifmetik usulda yechishda ifoda tuziladi va uning qiymati topiladi. Masalan, “o’quvchi qiz birinchi kuni kitobning 9 betini, ikkinchi kuni esa birinchi kundagidan 2 marta ortiq o’qidi o’quvchi qiz ikkinchi kuni necha bet kitob o’qigan?” degan masala yechilishni bunday yozish mumkin: 9×2=18 ( bet ) Bunda 18 soni yonidagi ismni yozmasa ham bo’ladi. U holda masala yyechilishning yozilishi misol yechilishning yozilishi bilan hech bir farq qilmaydi. Javob: O’quvchi qiz ikkinchi kuni 18 bet o’qigan.
13 M. Axmedov, N. Abduraxmonova, M. Jumayev, R. Ibragimov 1- sinfda matematika darslari. Toshkent, “ Uzumkomsentr” 2003, 55- bet. 47
Murakkab masalaning arifmetik usul bilan yechilishini har xil usulda yozish mumkin.
O’qituvchining u yoki bu topshirig’iga binoan yechimlarning yozilishi namunalarini quyidagi masala misolida keltiramiz: “ 4 ta daftar 20 so`m turadi , xuddi shunday 6 ta daftar qancha turadi?”. Masala sharti jadval tarzda bunday yoziladi:
Baxosi
Miqdori Jami pul Bir 4 ta daftar 20 so’m Xil
6 ta daftar ?
1. Yechimning ifoda ko’rinishida yozish. a) Ifodaning sekin – asta izoxlar bilan yozilishi 20 : 4 – daftar baxosi, ( 20 : 4 ) · 6 ( so’m ) – 6 ta daftarning puli. ( 20: 4 ) · 6 = 30 ( so’m ) Javob: 6 ta daftar 30 so’m turadi. b) yechilishning alohida amallarsiz va izohlarsiz yozilishi: ( 20 : 4 ) · 6 = 30 ( so’m ) Javob : 6 ta daftar 30 so’m turadi. 2. Yechimni alohida amallar shaklida yozish. a) Izohlar bilan yozing: 1) 20 : 4 = 5 ( so’m ) – daftar baxosi . 2) 6·5 = 30 ( so’m ) -6 ta daftar puli. Javob : 60 ta daftar 30 so’m turadi Izohlar bilan yozish boshqacharoq ko’rinishda ham bo’lishi mumkin: 1) Bitta daftar : 20 : 4 = 5 ( so’m ) turadi: 2) 6 ta daftar : 5· 6= 30 (so’m ) turadi
48
Yozuvlardan birinchisi ( tushuntirishlarni amal bajarilgandan keyin yozish ) berilgan amal bilan nimani bildik, degan savolga javob bo’ladi, ikkinchi yozuv esa berilgan amal bilan nimani bilib olishimizni bildiradi. b) izohlarsiz yozish: 1) 20 : 4 = 5 (so’m) 2) 5· 6 = 30 (so’m) Javob : 6 ta daftar 30 (so’m) turadi. v) Amallarni tushuntirishni tasdiq shaklidagina emas, balki savol shaklida ham berish mumkin. 1) 1 ta daftar qancha turadi? 20 : 4= 5 (so’m) 2) 6 ta daftar qancha turadi? 5 · 6 = 30 (so’m) Javob: 6 ta daftar 30 (so’m) turadi. Shuni aytib o’tish kerakki, birinchi sinfda yechishni yozishning ushbu shakllaridan foydalanishni tavsiya qilish mumkin: yechimni ifoda ko’rinishida yozish va yechimni alohida amallar bilan izohlarsiz yozish: Har qanday matematik masalaning asosiy elementlaridan biri uning savolidir. U yoki bu bu masalaning shartiga qo’yilgan har qanday savol muammo hosil qilavermaydi. Agar masalaning savoli o’quvchidan reproduktiv faoliyatni (Eslamaslikni) talab qilsa, u holda masala muammoli harakterda bo’lmaydi va bolalar tafakkurining rivojlanishiga ham imkoniyat beradi. Agar matnli masala o’quvchini ma’lum yechimga olib keladigan fikrlash operatsiyalarini bajarishda aqliy zo’riqishni talab qiladigan qiyinchiliklarga duch keltirsa, bu masala mantiqiy masala bo’ladi. Mantiqiy savol qancha so’zi bilan boshlanishi mumkin, ko’pincha uning boshqacha qo’yilishi talab qiladi. Buni III sinf darligida berilgan masalalar misolida ko’ramiz. 490- masala.
49
Bir oyda tovuqlar uchun 27 kg, o’rdaqlar uchun 40 kg don sarflandi. Bitta tovuqqa bir oyda 3 kg, bitta o’rdakka 5 kg don sarflandi. qaysi biri ortiq? tovuqlarmi yoki o’rdaklarmi ? nechta ortiq? Yechilishi: tovuqlar uchun bir oyda 27 kg don sarflangan, bitta tovuqqa 3 kg don sarflangan bo’lsa, tovuqlar nechta ekanligini hisoblash uchun 27 ni 3 ga bo’lamiz: 27 : 3 = 9 Tovuqlar soni 9 ta o’rdaklar uchun bir oyda 40 kg dan sarflangan. Bitta o’rdakka bir oyda 5 kg dan sariflangan bo’lsa, o’rdaklar nechta ekanligini topish uchun 40 ni 5 ga bo’lamiz: 40 : 5 = 8 o’rdaqlar soni sakkizta. Qaysi biri ortiq ekanligini topamiz: 9 > 8 nechta ortiqligini topamiz 9-8 = 1 Javob : tovuqlar soni ortiq tovuqlar o’rdaklardan 1 ta ortiq 5- masala Bir to’pda 25 m chit bor har bir ko’ylakka 3 m chit ketsa to’pdagi chit 8 ta ko’ylakka yetadimi? yechilishi: Bitta ko’ylakka necha m chit ketishini hisoblaymiz. 3 · 8 = 24 m chit ketadi. Bir to’pda esa 25 m chit bor 25 > 24 Demaq : To’pdagi chit 8 ta ko’ylakka yetadi. Sut sog’uvchi 6 ta sigirning har biridan 12 L dan sut sog’ib oldi. Shuncha sut har birining sig’imi 32 l dan bo’lgan 2 ta bitonga sig’adimi? yechilishi: Sut sog’uvchi 6 ta sigirdan har biridan 12 l dan sut sog’ib olgan bo’lsa, jami necha l sut sog’ib olganini topamiz. 12· 6 = 72 (l) –sog’uvchi 6 ta sigirdan sog’ib olgan sut. Bitonning sig’imi 32 l 2 ta bitonga necha l sut sig’ishini topamiz: 32· 2 = 64 ( l ) - 2ta bitonga shuncha sut sig’adi . Sog’uvchi sog’ib olgan sut 72 l 72 l > 64 l Javob : sog’ib olingan sut 2 ta bitonga sig’maydi .
50
655- masala. Tikuvchilik usta xonasida har birida 21 m dan 3 to’p va uzunligi 15 m yig`ilgan 1 to’p gazlama bor edi. Agar bir pardaga 11 m gazlama ketsa, bu gazlamalar 7 ta parda tikish uchun yetadimi? yechilishi: Tikuvchilik ustaxonasidagi 3 ta to’dagi gazlamalar jami qancha ekanligini hisoblaymiz: 21· 3 = 63 ( m ) -3 ta to’pdagi gazlama , 1 ta to’pdagi gazlamani qo’shamiz: 63 + 15 = 78 ( M ) jami gazlama Bitta pardaga 11 m gazlama ketsa, 7 ta pardaga qancha gazlama ketishini hisoblaymiz: 11 · 7=7 7 (l) Jami: gazlama 78 m edi. 78m> 77 m. Javob: Tikuvchilik ustaxonasidagi gazlama 7 ta parda tikish uchun yetadi. Yuqoridagi masalalardan ko’rinib turibdiki, bunday masalalarni qarashda tengsizlik belgilari o’z tadbiqini, bunday belgilar sonli misollarning yozishda ishlatilar edi. Eng asosiysi, hisoblashlarni bajarishnigina emas, balki isbotlash, qonuniyatni, yyetarliliqni,imkoniyatni aniqlash ta’lab qilinadi. Mantiqiy masalalar yechish bolalar tafakkurining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Masalalarning shartiga qo`yilgan har qanday savol ham muammo bo`lavermaydi. Agar matinli masala o`quvchini ma’lum yechimga olib keladigan fikrlash operatsiyalarini bajarishda aqliy zuriqishni talab qiladigan qiyinchiliklarga duch keltirsagina bunday masala bo`ladi. Demak, mantiqiy masalalar o’quvchilarni fikrlashga, aqliy saloxiyatini ishga solishga chorlaydi. Buning natijasida o’quvchilar tafakkuri rivojlanadi, aqli charxlanadi. Masalalar tuzish va ularni almashtirishga doir topshiriqlar. O’quvchilar tomonidan mantiqiy masalalar tuzishning matematika o’qitishning turmush bilan bog’lashda, bolalarda umumlashtirish malakasini rivojlantirishda bir qator
51
matematik tushuntirishlarni chuqur o’zlashtirishda miqdorlar orasidagi funqsiyani aloqa va bog’lanishlarni yaxshi tushuntirishni ahamiyati katta. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarning mustaqil tuzishlarga oid har xil topshiriqlardan foydalaniladi, chunonchi: rasm, chizish bo’yicha: harf va sonli ma’lumotlar bo’yicha: ko’rsatilgan amallarga ko`ra va hokazolarga ko’ra masalalar tuzish.
Misol uchun bunday topshiriqni qaraymiz: ”Yechilishga ko’ra masalalar tuzish”! 1) 120 : 2 60 (s) –seshanba kuni yig’ishgan. 2) 60 + 25 = 85 (s)- chorshanba kuni yig’ilishgan. Izoxlari bilan belgilangan yechim bo’yicha, masala, bunday masala tuzish mumkin: “Dushanba kuni 120 s meva seshanba kuni undan ikki martda kam, chorshanba kuni seshanba kuni terilgandan 25 s ortiq meva yig’ishdi. Chorshanba kuni qancha meva yig’ishgan?”. Bu topshiriq ustidagi shuni davom ettirib, unga ijodiy harakter berish ya’ni berilganlarni almashtirishi yo’li bilan yangi masalalar tuzishga oid ish o’tkazish mumkin. Chunonchi, topshiriq bajarilganidan keyin o’quvchi masalan, birinchi amal belgisini o’zgartiradi (120 · 2, 120 + 2, 120-2), o’quvchilarga esa masala shartiga tegishli o’zgartirishlarni kiritishni taklif qiladi. Berilgan masalani almashtirishga doir ish boshqacha o’tkazilishi ham mumkin . Masalan, ikkinchi amal ishorasini o’zgartirish mumkin (qo’shishni ayrish bilan almashtirish mumkin), bolalarga esa masala shartiga o’zgartirishlar kiritishni taklif qilish yoki bolalarga masalaning savolini u uch amal bilan yechadigan qilib almashtirishni taklif qilish mumkin va hokazo. Qiyinroq masalalarni yechish ma’lumoti ortiqcha bo`lgan harakterdagi mashqlar jumlasiga kiradi. Oxirda shuni takidlab o’tamizki, matematik masala ustida ishlash protsessida shunga intilish kerakki, har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bo’lib qolsin. Buning uchun o’quvchining diqqatini masala shartidan tafakkurini va bilish qobiliyatlarini rivojlantiradigan darajada maksimum axborot olishiga yo’naltirish kerak. 52
XULOSA Mavjud ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kеlajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida ushbu farmon bilan “Ta'lim-to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbi? etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi etib bеlgilandi. “Ta'lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan so’ng rеspublikamiz butun ta'lim tizimi, jumladan, oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishini ham tubdan isloh qilishning aniq stratеgik dasturiga ega bo’ldi. “Ta'lim to’g’risida”gi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi vazifalar bеlgilab qo’yilgan. Xususan, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiya asosida yеtuk qilib tarbiyalash, talabalarning ma'naviyatini milliy istiqlol g’oyasi asosida tarbiyalash va shakllantirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan kеng va samarali foydalanish, yoshlarda Vatanga va xalqqa muhabbat, yurt farovonligi uchun kurashish, insonparvarlik, o’zlikni anglash, milliy qurur, milliy iftihor, o’zga millat kishilari va ularning sadriyatlarini xurmat qilish kabi fazilatlarni tarbiyalash, yoshlarda vijdon erkinligi, ta'lim-tarbiya masalalari ustuvor vazifa sifatida amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz “Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan, hozirgi kun talablari asosida fikrlay oladigan еtuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy- siyosiy, ham iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi” dеgan edi. Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’qutuvchilaridan o’quvchilariga ta’lim berish jarayonida juda katta mahorat, mas’uliyat, izlanish talab qilinmoqda. Bunday izlanishlarni amaliyotga tadbiq qilish jarayonida o’qituvchilar nafaqat o’zlari faoliyat yuritmoqdalar, balki o’quvchilarning ham bunga jalb qilmoqdalar. Boshlang’ich sinf matematika darslarida «Muammoli vaziyatlar» yaratish, 53
muammoli masalalar yechish o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlanishini, ongini o’sishini ta’minlaydi. O’quvchilar muammoning yechimini topish jarayonida mustaqil fikrlay olish, o’z fikriga ega bo’lish kabi qobiliyatlarni egallaydilar. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini kuzatish va uni tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, ko’pgina o’quvchilar manli masalalar echishda, uni echish uchun zarur bo’lgan kerakli amalni tanlashda adashadilar. Buning sababi o’quvchilar arifmetik amallarning, xususan, ayirish amalining ma’nosini to’la anglab etmaganlar. Bundan tashqari ular taqqoslash usulidan foydalanish ko’nikma va malakalarini mukammal egallamaganliklari aniqlandi.
Men bu bitiruv malakali ish mavzusini yoritib berish jarayonida matematika darslarida o’quvchilarining matematik masalalar bilan tanishtirish, muammoli masalalar yechishga o’rgatish, muammoli masalalarning ahamiyati haqida fikr yuritib o’tdim.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining matematika darslarini kuzatish jarayonida muammoli masalalar yechishning dolzarbligiga, bu metodning o’quvchilar bilim saviyasining oshirishda yaxshi samara berishga ishonch hosil qildim.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling