Boshlang'ich sinf grammatika, imlo va nutq o'stirish darslarida ko'rgazmali qurollardan foydalanish Reja: I. Kirish. I-bob. Boshlang`ich sinflarda grammatikani o`qitish metodikasi
Umumta`lim maktablarida grammatika va imloga o‘rgatish usullari
Download 43.3 Kb.
|
Boshlang\'ich sinf grammatika, imlo va nutq o\'stirish darslarida ko\'rgazmali qurollardan foydalanish
1.2. Umumta`lim maktablarida grammatika va imloga o‘rgatish usullari.
Ona tili o‘qituvchisi o‘quvchilarga bilim berishda o‘z mehnatini samarali, zavqli va yengil qiladigan ish usullarini qo‘llaydi, o‘quvchilarning bilim va malakalarini mustaxkam o‘zlashtirishlari hamda amalda qo‘llay olishlariga ko‘maklashadigan mashqlar tanlaydi. Mana shular bir butun xolda o‘qitish metodi hisoblanib, yunoncha metod-yo‘l, usul ma’nosini anglatadi. Yordamchi mehnat ta’limi maktabi ona tili o‘qituvchisi, mutaxassis sifatida lingvistikani mukammal bilishi va dastur talablari bo‘yicha ishlash maxoratini - maxsus ona tili metodikasini egallagan bo‘lishi lozim. O‘qitish metodini tanlashda ikki muhim narsa nazarda tutiladi: a) o‘quvchilarning bilim olish faoliyati; b) turli mashqlar vositasida ongli o‘zlashtirib, amalda qo‘llay olishlari. Usul, metod tanlashda kuyidagi omillarga asoslanish talab etiladi: a) o‘quvchilar bilimni qaysi manbadan (o‘qituvchidan, jonli tildan yoki kitobdan) oladilar; b)o‘quvchilarni mashg‘ulotga jalb qilish jarayoni (moyillik, qiziqishi va boshqalar); v) o‘quvchilarning mustaqil ishlash shakllari (yozma va og‘zaki) hamda o‘rni (sinfd yoki o‘yda). Metod tanlashda nazariy ma’lumot va unga mos keladigan mashqlar, sinfning tayyorgarligi, o‘quvchilarning yoshi, individual xususiyatlari va mavzuning xajmi kabilar hisobga olinadi. Shunga ko‘ra, mashq, grammatik tahlil, ko‘rgazmali qurollar, suhbat, o‘qituvchining bayoni kabi usullar deyarli xar bir darsda qo‘llanishi mumkin. Usul tanlashda grammatika va orfografiya darslarida o‘rganiladigan mavzularning o‘ziga xos xususiyatlariga ham ahamiyat beriladi: lug‘at ustidagi ishlarda notanish so‘zlar ma’nosini izoxlash, gap ustida ishlashda stilistik xatolarni tuzatish kabi usullardan ko‘proq foydalaniladi. Grammatikadan o‘quvchilarga yangi bilim berishda suhbat, bayon, ta’rif va qoidalar ustida ishlash kabi metodlar, o‘tilganlarni qaytarish, mustaxkamlash va umumlashtirishda esa amaliy ishlar, mashq, grammatik tahlil, ko‘chirib yozish, диктант, bayon va boshqalar ko‘llaniladi. Demak, grammatika va imlo o‘qitish davrida o‘qituvchi bilan o‘quvchining birga ishlashini tashkil etish usullari asosan uch xil bo‘ladi: o‘qituvchining bayoni, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan suhbati, o‘quvchilarning mustaqil ishlari. Bayon yordamida murakkabroq, ayniqsa o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lmagan mavzular izoxlanadi. Grammatik ta’rif moxiyatini tushuntirish, o‘quvchilarga qo‘shimcha ma’lumot berish, ularning savollariga javob berishda ham bayon usuli ishlatilishi mumkin. O‘qituvchining bayoni usulida o‘qituvchi zarur grammatik ma’lumotlarni ma’lum vositalar yordamida bayon etadi, tushuntiradi, o‘quvchilar o‘qituvchi fikrini kuzatib, tinglab boradilar. O‘quvchilarning grammatik material haqidagi bilimlarini aniqlab, shularga tayangan holda grammatik mavzuni, uning belgilarini aniq va izchil ochib berish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarning faolligini oshirish maqsadida ularni kuzatish, xulosalar chiqarish, o‘xshash va farqli tomonlarni taqqoslash, umumlashtirishga o‘rgatish foydalidir. Yordamchi mehnat ta’limi maktabida o‘qituvchining bayoni 3-5 minutdan oshmasligi kerak, chunki aqlan zaif bolalar uzoq davom etgan nutqni eslab qola olmaydilar. Shuning uchun bu usul sof xolda ona tili darslarida deyarli ishlatilmaydi. Download 43.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling