Boshlang'ich sinf grammatika, imlo va nutq o'stirish darslarida ko'rgazmali qurollardan foydalanish Reja: I. Kirish. I-bob. Boshlang`ich sinflarda grammatikani o`qitish metodikasi


Download 43.3 Kb.
bet8/13
Sana20.10.2023
Hajmi43.3 Kb.
#1710942
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf grammatika, imlo va nutq o\'stirish darslarida ko\'rgazmali qurollardan foydalanish

2-topshiriq.
Mavzu: Sifat – so‘zturkumi .
Darsningmaqsadi:
ta’limiy:o‘quvchilarga sifat so‘z turkumi, gapdagi vazifasi ularni boshqa so‘z turkumlaridan ajratishga o‘rgatish, sifat so‘z turkumi yuzasidan bilimni mustahkamlash.
FK1:sifat va ularning otga bog‘lanishini, gapdagi vazifasinibilishi;
tarbiyaviy: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular ongiga axloqiy-ma'naviy fazilatiarni, mehnatsevarlikni singdirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish: TK5: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash;
Rivojlantiruvchi: sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish malakalarini hosil qilish.Chiroyli va to‘g‘ri yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish, darslik bilan mustaqil ishlashga o‘rgatish, o‘z fikrlarini erkin, ravon bayon qila olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi,
TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Darsning turi: yangi bilim,ko‘nikma,malakani shakllantirish darsi.
Darsningmetodi: analiz-sintezmetodi,suhbatmetodi.
Darsning jihozlari: shaxs va narsa rasmlari,tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliyqism:
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


H usnixat daqiqasi:
Dum-dumaloq jajji oy
Chaqib yesang g‘ij-g‘ij moy. (Yong‘oq)

263-mashq sharti asosida qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga to‘lqinli chizilganligi ko‘riladi. Sifatlar nimaning belgisini bildirgan? degan savol bilan mashq tekshiriladi.


III. Yangi mavzuni bayoni.
Doskaga olma, gul, sinf, xona, qalampir, bolaning rasmlar iilib qo‘yiladi. O‘quvchilar bilan quyidagi savol-topshiriqlar yordamida suhbat o‘tkaziladi.Rasmlar kuzatiladi. Rasmda tasvirlangan narsalarning nomini aytish kerakligi uqtiriladi..
-Qanday gul? (Qizil gul.)
-Qizil so‘zi gulning nimasini bildiradi? (Rangini bildiradi.)
- Qanday qalampir? (Achchiq qalampir.)
- Achchiq so‘zi qalampirning nimasini bildiradi? (Ta’mini bildiradi.)
-Qanday bola? (Aqlli bola.)
-Aqlli so‘zi bolaning nimasini bildiryapti? (Bolaning xususiyatini bildirayapti.)
-Qanday sinf? (Ozoda sinf.)
- Ozoda so‘zi sinfning nimasini bildiradi? (Toza ekanligini bildiradi.)
-Ozoda, shirin, qizil so‘zlari bitta nom bilan nima deyiladi? (Sifat deyiladi).
-Sifatlar nimalarning belgisini bildiradi. (Shaxs va narsalarning belgisini bildiradi.)
-Shu so‘zlarga so‘roq bering. (Ozoda — qanday?,achchiq — qanday?, qizil — qanday? aqlli — qanday?) Suhbat yakunida bir o‘quvchiga xulosa chiqartiriladi: narsa-buyum,shaxslarning belgisini bildirib, qanday?,qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar sifat so‘z turkumidagi so‘zlar deyiladi.
O‘quvchilarga darslikdagi 264-mashq yuzasidan suhbat uyushtiriladi.

Intervyu” metodini o‘tkazish sharti tushuntiriladi.


Bu metod o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stiradi, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi .O‘quvchilardan biri gazeta muxbiri bo‘lib, mashqga bog‘lab qish fasli vaq ishki o ‘yinlar haqida intervyu oladi. O‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi.
  • Qishda yog‘gan qorni nimaga o‘xshatasiz?


— Bolalarning qalbi nimaga o‘xshaydi?


— Ular nimalarga talpinishadi?
— Zarrachalar nimalarga o‘xshaydi?
— Qizchaning qo‘liga nima qo‘ndi?
— Nima uchun qor qizchaning qo‘lida erib ketdi?
— Bolalar qishda qanday o‘yinlar o‘ynashadi?
— Savollarga javob olingach, sifatlarni aniqlab, o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish vazifa qilib beriladi. O‘quvchilar sifatlarni ozi‘I bog‘langan so‘z bilan quyidagicha yozadilar: (Beg‘ubor qalbi , daryoday to‘lib, ko‘m-ko‘k o‘tloqlar,oppoq kapalaklar,oppoq hovuchiga,
tip-tiniq shudring,oqchoyshabga,oppoq qorlarni)

Download 43.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling