Boshlang`ich sinf matematika darslarida didaktik o`yinlaran foydalanish metodikasi. Mundarija: kirish I bob. Boshlang’ich sinf darslarida o`yin va didaktik o'yinlardan foydalanishning nazariy-pedagogik asoslari


Darsda didaktik o’yinlardan foydalanish


Download 0.5 Mb.
bet6/9
Sana11.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1698449
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
boshlang\'ich sinf matematika darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish

2.2. Darsda didaktik o’yinlardan foydalanish.
Psixologik olimlar o`yinlarni to`rt guruhga bo`ladilar:

  1. Funksional o`yinlar.

Bu o`yinlar bola organizmining har tomonlama rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Bu kichik yoshdagi bolalar uchun harakterli bo`lib, unda bolalar nima bilandir shug`ullanadilar, turli predmetlar bilan tanishadilar.
2.Qoidali o`yinlar.
Bu o`yinlarda bolalar tevarak-atrof va muhitdagi voqealardan habar topib, idrok etish bilan kifoyalanadi.Bunda ko`rish, eshitish, his qilish kabi sezgi organlari idrok qiladi.
3.Rolli o`yinlar.
Bu o`yinda bolalar o`zlarini ma’lum bir rolini, qandaydir kasb egasi (shifokor, o`qituvchi, quruvchi kabi) vazifasini bajarayotgandek his etadilar. Har bir bola o`ziga tegishli rolni muvofaqiyatli bajarishga harakat qiladilar.
4.Konstruktorli o`yinlar.
Bu o`yinning asosiy mazmuni qurilishi komplekslari, taxta, qum, qog`oz materiallarining parchalarini qirqish, taxlash singari mehnat ko`nikmalarini hosil qilish kabilardan iboratdir.Konstruktorli o`yinlar asosan ikkiga bo`linadi.
Ijodiy o`yinlar- bolalar o`zlari o`yinning mazmunini, maqsadini, qoidasini topadilar.Ijodiy o`yinlarning asosiy qismini syujetli rasmli o`yinlar tashkil qiladi.Ijodiy o`yinlardan yana biri dramatik o`yindir. O`yinning mohiyati hikoya va ertakla rdagi voqealarning mazmunini tasvirlashdan iborat bo`lib, ularda badiiy adabiyotlardagi persanajlar tasvirlanadi.Qoidali o`yin. Huddi xalq o`yinlari singari qiziqarli bo`lib, unda bolalar hayoti, o`z tengqurlari va kattalarning mehnat faoliyatini tasvirlashga harakat qiladilar.Demak, barcha turdagi o`yinlar bolalarning kattalar faoliyatiga qiziqishlariga, ularga taqlid qilishiga intilishlarining mehnati va oilaviy hayotini, uchuvchilar, kosmonaftlar, dengizchilar hamda boshqalarning qahramonliklarini aks ettiradi.Ko`pchilik o`yinlarda didaktik o`yinchoqlar va bunga bevosita a’loqador bo`lgan boshqa qo`llanmalar foydalaniladi.
Didaktik o`yin jarayonida shunday holatlar ham tez-tez bo`lib turadiki bolalardagi eng yaxshi kayfiyat birdan sho`xlik, notinchlik va intizomsizlik bilan ham almashib qoladi. Bunday paytlarda o`qituvchi ayrim bolalarga tanbex berishga majbur bo`ladi va bu boshqarning o`yin kayfiyatini shubhasiz tushiradi. Agar shunday vaziyat sodir bo`lsa ham o`yin qoidasi bilan birga qo`shib tushuntirsa metodik jihatdan to`g`ri bo`ladi.Individual didaktik o`yin o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida bevosita munosabat yaratishga va bolalarning orqada qolishi sabablarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Bunda o`ituvchining quyidagi kabi mantiqiy topishiriqli o`yin mashqlarini o`tkazishi maqsadga muvofiqdir.O`qituvchi yoki o`quvchilardan birontasi bir so`z aytadi, bolalar ana shu so`zga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli so`z topib aytadilar.Masalan: osh-mosh, tosh, bosh…o`qituvchi yoki tarbiyachi bolalarga kaptok otadi. Kaptok otayotganda, o`qituvchi masalan: “anor”-, deydi. O`quvchilar esa sholi-poli, uy-o`y, rom-pom, uch-o`ch degan so`zlarni topib aytishlari kerak. Har bir o`quvchiga stol ustida turgan rasmlardagi bir-biriga nomlari yaqin bo`lganlarini topib aytishi topsiriladi. Grammatik o`yinlar til o`rgatishdagi qiyinchiliklarni yengishga, ona tilidan olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.Ayniqsa birinchi sinfga kelgn bolalarning ancha kamchilikari bo`ladi. Masalan:Ular r,z,s,t,sh kabi tovushlarni to`g`ri talaffuz eta olmaydilar. Shuning uchun ham boshlang`ich sinf o`yin mashqlari ovoz, havo yo`lining ishlashini normallashtiradi, tovushlarni to`g`ri talaffuz qilib, eslab qolishga yordam beradi. 1-sinfda talaffuz etilishi qiyin bo`lgan so`zlar ishtirokida turli o`yinlar o`tkaziladi. O`qituvchi bir necha so`zni (olma, shahar, gulzor) aniq, lekin juda tez aytadi. O`quvchilar bu so`zarni yaxshilab eshitib olishga va uni takrorlashga harakat qiladilar. Bu o`yin bolalarning eshitush qobiliyatini mustaxkamlashga yordam beradi, ularni intizomli bo`lishga o`rgatadi.O`yin jarayonida bola xarakteridagi o`ziga xos tomonlari oydinlashib boradi, tarbiyachi ularning har biriga mos muomila qilishiga o`rgatadi. Ularning salbiy tomonini ochadi o`qituvchi esa o`z navbatida uni to`g`irlashga harakat qiladi.O`yin orqali bola ko`rgan bilganini tasvirlaydi. Masalan: “Maktab-maktab”, “Magazin”, “Sotuvchi” kabi o`yinlar shular jumlasidandir.A.S.Makarenko bola qanday o`ynasa ishni ham shunday bajaradi, deb juda to`g`ri ta’kidlaydi va o`yinni tarbiyaning muhim vositalaridan biri deb hisoblaydi.O`qituvchi didaktik o`yinlarni rejalashtirayotganda quyidagi muayyan talablarga amal qilishi muhimdir.O`yin o`rganilayotgan material uchun dalil va uni mustahkamlovchi omil bo`lib hizmat qilishi, ammo uning o`rnini to`liq egallab olmasligi, shuningdek qolgan vaqtda to`ldiruvchi vosita bo`lmasligi;O`ynaladigan o`yinning maqsadini aniq bilishi va shu maqsdga erishishi uchun harakat qilishi; O`yin qoidalarini, vazifalarini bolalarga ravshan va qiziqarli qilib tushuntirishi, ularda o`yinga bo`lgan qiziqishni oshirish hamda uni mashq bilan almashtirib yubormasligi;O`yinning qanday o`ynalayotganini tez, to`g`ri, tushunish va uni o`quvchilar qanday bajarayotganini kuzatib turishi;O`yin natijalariga mohirlik bilan yakun yasash va ularni erishilgan natijalar bilan bog`lash;O`ynni qizqarli o`tkazish kerak. O`yin paytida o`quvchilar har doim o`zlariga tanish bo`lgan manbaalarga asoslangan holda ish tutadilar, natijada bu material ularning xotirasiga yana ham mustakam o`rnashib qoladi.O`yin elementlari bolalarni bilim saviyasini, nutqini, o`qishini o`stiradi.
“Xarflarni esda saqlash” o`yini
O`yinning maqsadi: o`quvchilar tovushlarni to`g`ri talaffuz etishga va esda saqlab qolishga o`rgatish. Qo`llanmalar: o`quvchilarga tanish bo`lgan turli predmetlarning rasmlari shu predmetlarning nomlari bilan boshlanadigan unli xarf na’munalari (kartochkalar) O`yinning borishi: O`yinda sinf o`quvchilarining bir guruhi qatnashadi. O`yin boshqaruvchi o`yinning o`tkazilishi haqida tushuncha beradi va u oldingi darsda o`rganilgan o, a, l, n xarflar yozilgan kartochkalarni olib qoladi.
Bir guruh o`quvchilarga oy, olma, olxo`ri, olcha, ot, ari, anor, ayiq, archa, lola kabi predmetlarni rasmlari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi.O`yin boshqaruvchi o xarfi va predmet rasmi tasvirlangan kartochkalarni olib qo`yadi. So`ng boshqa a xarfi yozilgan boshqa bir kartochkani stol ustiga qo`yadi. O`yin ishtirokchilari esa shunga mos rasmli kartochkalarni ko`rsatadilar. O`yin ana shu xolda davom etadi.Agar o`quvchi berilgan xarfni rasmli kartochkadan topa olmasa, u o`z rasmli kartochkasini ochib qo`yadi. O`yin ishtirokchilaridan kimda kim xarf bo`yicha rasm kartochkani topib ayta olsa, shu o`quvchi kartochkasini hammaga ko`rsatb, keyin uni to`ntarib qo`yadi.
“Bu qanday so`z” o`yini So`z uch xarfdan iborat. Birinchi xarf alfavitda o`n 16-o`rinda, keyingisi 15-o`rinda va oxirgisi 1-chi o`rinda turadi.Bu so`zni topib daftarga yozish. O`yin shu tariqa davom etadi.
Yuqorida berilgan o`yinlarning barchasi ona tili, o`qish darslariga oid. Shu fanlarda dars o`tishda shu o`yinlardan foydalanish mumkin.O`yin elementlaridan darslarda, sindan tashqari mashg`ulotlarda foydalanish mumkin.Matematika fanida quyidagicha o`yinlardan foydalanish mumkin.“Eng yaxshi hisobchi”O`quvchilar biri oldinga chiqib hisobchi bo`ladi. O`quvchilar “hisobchi”ga misollar beradilar. U misollarni og`zaki yechadi. Agar hisobchi bironta misolni yecha olmasa yoki noto`g`ri hisoblasa unung o`rniga bu misolni bergan bola turadi. O`quvchilardan qaysi biri hamma misolni yechsa shu o`quvchi “eng yaxshi hisobchi” bo`ladi.
Zinacha” o`yini
O`qituvchi doskaga yoki kartonga zina ko`rinishida bir necha misol yozadi. Misollar pastdan yuqoriga qarab ishlanadi.
70-20 67+13 54+12
Doskaga ikki o’quvchi chiqadi. Zinani ikki chetidan turib, misollarni yechadilar. Kim zinaning cho`qqisiga birinchi chiqsa u g’olib hisoblanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling