Boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish


Download 191.88 Kb.
bet2/16
Sana18.06.2023
Hajmi191.88 Kb.
#1568334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
akmal rustamov

Mavzuning dolzarbligi. Boshlang’ich sinflar matematika darslarida boshlang’ich sinf o’quvchilarini hayotiy masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlang’ich sinflar matematika darslarida ko’pigan tushunchalarni hayoti tajribaga asoslanib o’qitishga asoslanadi, ikkinchidan, tushunchalar, qoidalar va ularni kuzatishlar,mashq va misollar asosida ko’rgazmali chiqarilishi usullari, amallar va ularning xossalarini bayon etishda ularning qo’llanilishi, uchinchidan, matnli va syujetli mashq va misollar va ularni yechishda o’quvchilarda fikrlash ko’nikmalarini gakllantirish bilan birga algebraik va geometrik tushunchalar, boshqa amallar bilan o’zaro aloqadorligidan foydalanish talab etiladi. SHuning uchun o’quvchilarini hayotiy masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyat-larini rivojlantirish samarali usullarini ishlab chiqish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo’llash usullarini o’rganish dolzarb vazifa hisoblanadi.

  • Ishning maqsad va vazifalari. Ishning maqsadi - boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish uslubiyati nazariyasi va amaliyotiga asoslanib o’quvchilarini hayotiy masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari va ularni shakllantirishning samarali usullarini o’rganish asosida o’qitish amaliyotida qo’llash uslubiyatini ishlab chiqish.

    Ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. Boshlang’ich sinflar matematika darslarida o’quvchilarini hayotiy masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha ilmiy, uslubiy adabiyotlar va manbalarni o’rganish asosida arifmetik amallar tushunchasi va mohiyatini tushunish hamda hisoblash usullarini o’rgatish, qoidalarni o’rganishning turli bosqichlarida o’quvchilarni hisoblash hamda mantiqiy fikrlash usullariga o’rgatish uslubiyatini ishlab chiqish;

    2. Boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar va ularning xossalarini o’rganish jarayonida mashqlar va misollardan foydalanish asosida o’quvchilarini fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish tarkib toptirish ko’nikmalarini tarkib toptirish texnologiyalariga doir tasavvurlarni yaratish;

    3. O’quvchilarga turli fikrlash ko’nikmalarini o’rgatish asosida ularda turli o’quv vositalaridan samarali foydalanish yordamida ularda arifmetik qonuniyatlarni chuqur va puxta egallashlariga imkon beruvchi tafakkurini o’stirish usullarini sistemalashtirish va ularni amalda qo’llash uslubiyatini ishlab chiqish.


    Download 191.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling