Boshlangi’ch sinf matematika darslarida qiziqarli matematikaning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati reja


Download 69 Kb.
bet3/5
Sana14.12.2022
Hajmi69 Kb.
#1004728
1   2   3   4   5
Bog'liq
BOSHLANGI’CH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA QIZIQARLI MATEMATIKANING TA’LIMIY VA TARBIYAVIY AHAMIYATI

Kompetentlilik –(lotincha: competens – layoqatli, qobiliyati bor) Kompetentlilik tarkibiga sof kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik,hamkorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ qobiliyati,real baholay olish, mantiqiy fikrlash, axborotni saralash va foydalana olish xususiyatlari ham kiradi.
Kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim–o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
– aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish;
– shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda hisob-kitob bilan ish yuritish;
– kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va foydalanish;
– inson mehnatini yengillashtiradigan , mehnat unumdorligini oshiradigan va qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalana olish.
“Matematik savodxonlik” bo‘limi bo‘yicha dasturda o‘quvchilarga havola qilingan masalalardan namuna ko‘raylik.


Ta’limiy: O’quvchilarga ko’p xonali sonni raqamlash va xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash usullari haqida bilim berish.

Tarbiyaviy : O'quvchilarning qiziqarli matematikaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularda bu fan orqali atrofdagi har birnarsani qadrlash, unga mehr bilan yondoshish hamda darsda ahillik, birodarlik bilan ishlash kabi xislatlarni tarbiyalash

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish. Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling