Boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklarida lug‘at bilan ishlash


Download 24.21 Kb.
bet1/4
Sana03.12.2023
Hajmi24.21 Kb.
#1806379
  1   2   3   4
Bog'liq
Jaloldinova Madinaxon maqolasi


Boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklarida lug‘at bilan ishlash
Jaloldinova Madinaxon
Pedagogika va psixologiya fakulteti, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi, Farg‘ona davlat universiteti, Farg‘ona,O‘zbekiston
Annotatsiya: Lug‘at bizga imlo savodxonligimizni oshirish va so‘z boyligimizni kengaytirish uchun yordam beradi va yana kuzatuvchanlik qobilyatimizni, nutq ma’daniyatimizni yuksaltiradi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklarida lug‘at bilan ishlash va ularning samarali usullari va metodikalari yoritilgan.
Kalit so‘zlar: lug‘at, leksikologiya, imloviy lug‘at, sinonim, ko‘p ma’noli so‘zlar, so‘z boyligi, nutq, xotira.
I.KIRISH. Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirishning samarali usullaridan biri bu o‘quvchilarning har tomonlama bilimlarini rivojlantirishdir. Bilimlarini rivojlantirish va so‘z boyligini oshirish uchun lug‘atlardan ham foydalanish katta samara beradi. Chunki lug‘atlar bilan ishlash o‘quvchilarda nutq madaniyatini yuksaltiradi, fikrlash va dunyoqarashini kengaytiradi, so‘z boyligini orttiradi. Lug‘atlar qadimdan yaratilib kelingan. Masalan, Mahmud Koshg‘ariy tomonidan yaratilgan ‘‘Devoni lug‘atit-turk’’ Alisher Navoiyning ‘‘Badoyi al-lug‘at’’ asarlari bor.1
II.ADABIYOTLAR SHARXI. ‘‘Devoni lug‘atit-turk’’ asari turkiy tilshunoslikning tengi yo‘q ulug‘ yodgorligidir. O‘z zamonasida asar Sharq-u G‘arb xalqlariga qadimgi turklarning tili, madaniyati, urf-odatlari va tarixi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beruvchi qomusiy kitob sifatida yaratilgan. Asar arabchada ‘‘Divani lug‘ati-turki’’. Buni so‘zma-so‘z tarjimasi ‘‘Turk so‘zlari devoni’’ bo‘ladi. ‘‘Devoni lug‘ati-turk’’ asari ikki qismdan iborat bo‘lib, u muqaddima va lug‘at qismlaridan tuzilgan.
Muqaddimada asarning yaratilishi sababi, o‘sha davrda turklar ishlatgan yozuv, ot yasalishi, lug‘atning tuzilish usullari, turkiy tilning xususiyatlari,laxchalardagi farqlar to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
Alisher Navoiyning “Badoyi al-lug‘at’’ asari Husayn Boyqaroning farmoni bilan 1500-yillarda yozilgan. Lug‘atning ikki nusxasi ma’lum. Biri Eronda, Sipohsolar kutubxonasida, ikkinchisi Sank-Peterburg xalq kutubxonasida saqlanmoqda. Bu asar uch qismdan iborat bo‘lib, kirish, lug‘at teksti va zayl ya’ni qo‘shimchalarni o‘z ichiga oladi.

Download 24.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling