Boshlang‘ich sinf o‘qish darsliklarida lug‘at bilan ishlash
Download 24.21 Kb.
|
Jaloldinova Madinaxon maqolasi
IV.NATIJALAR. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘atlar ustida ishlashi uchun quyidagi metodlarni qo‘llash samarali foyda beradi:
1.Badiiy asar o‘quvchilar uchun eng foydali va ishonchli manba.Har hafta turli ertaklar o‘qittirib,notanish so‘zlarni ajratib, ma’nosini tushunib, keyingi badiiy asar o‘qilguncha bu so‘zlarni yozdirib, yodlattirish zarur. 2.Hafta davomida o‘qilayotgan ertaklarning ichidagi lug‘atlar kimda ko‘proq ekanligini aniqlash. Buning uchun turli xil didaktik o‘yinlardan foydalanish. O‘quvchilar o‘rtasida “Poyezd’’ o‘yini. Bu o‘yinda hamma o‘quvchilar qatnashadi. O‘yin birinchi partadagi o‘quvchilardan boshlanadi. Ular lug‘atlar aytib tezyurar poyezdimizga chiqadilar. Ayta olmagan o‘quvchi poyezdimizga chiqa olmaydi va keying poyezdni kutib turadi. Poyezdda qolgan oxirgi o‘quvchi poyezdning kapitani deb saylanadi. 3. So‘zni o‘ziga yaqin tushuncha boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish. Masalan: kombayn – bir vatning o‘zida donni o‘radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xo‘jalik mashinasi; ekskavator – bir vaqtning o‘zida yerni qazib, tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina va boshqalar. 4.O‘quvchilarning so‘z boyligini takomillashtiruvchi va boyituvchi vositalardan biri bu atrof-muhitdir. Shuning uchun darsdan tashqari holatlarda o‘quvchilarni turli ekskursiyalarga olib chiqish juda katta ahamiyatga egadir. Chunki, tabiat qo‘yniga, turli joylarga, muassasalarga ekskursiya vaqtida bolalar narsa va hodisalarni kuzatish bilan ko‘pgina yangi nom va iboralarni o‘rganadilar. Bu ekskursiyalar yuzasidan o‘tkazilgan suhbat vaqtida ularning bilimi chuqurlashtiriladi, ayrim so‘zlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi. 5. “Bu so‘z menda’’ o‘yini. O‘quvchilarga kartochkalar va qog‘ozlar tarqatiladi. O‘quvchilar ikki guruhga bo‘linadilar. Qo‘lida qog‘oz ushlagan o‘quvchilar birma-bir ma’lumotlarini o‘qib berishadi. Masalan: akula – okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq, sher – hayvonlar shoxi,o‘rmonning eng kuchli yovvoyi hayvoni va boshqalar. V.XULOSA. Dars maroqli bo‘lishi va foydali o‘tishi uchun ko‘plab metodlar qo‘llash mumkin. Men qo‘llagan metodlarda asosan barcha o‘quvchilar ishtirok etadilar. Masalan: Birinchi metod: ertak o‘qish va undagi notanish so‘zni tushuntirish, daftariga yozdirish va uni yodlash. Bu metod o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini oshirish va ish qurollarining to‘liq bo‘lishi. Ertak o‘qilganda xushyorlik va zukkolikni talab qiladi. Bu o‘quvchini tartibga chaqiradi va eshitishni kuchaytiradi. Ikkinchi metod: ‘‘Poyezd’’ o‘yini. Bu metod o‘tilganlarni takrorlash, xotirani kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. Shu o‘yin orqali o‘quvchilar darslarni qanchalik o‘zlashtirganligi, kimning xotirasi kuchliroq ekanligi, qaysi so‘zlar o‘quvchilar uchun oson va qaysilari qiyin ekanligini aniqlash uchun xizmat qiladi. G‘olib bo‘lgan o‘quvchini esa poyezd kapitani qilib saylash keyingi darslarga yanada qiziqishi va o‘rtoqlari ham kapitan bo‘lishi uchun harakat qilishiga olib keladi. Uchinchi metod: bolalar qiziqqan narsalarining qanday vazifa bajarishi, nimalar qilishi, nima deb atalishini bilishi ular uchun yanada foydali. To‘rtinchi metod: ekskursiya bolalarning eng sevimli mashg‘uloti. Ularning lug‘at boyliklarini oshirish uchun qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan ko‘rish katta samara beradi. Beshinchi metod:o‘rgangan lug‘atlarini to‘g‘ri foydalana olishi,kim ko‘proq o‘rganganini aniqlash uchun yordam beradi. Metodlar judayam ko‘p. Boshlang‘ich sinfda dars o‘tilganda mavzular bo‘yicha ma’lumotlar bolalarning bilmasligidan zerikishga va darsga bo‘lgan faolligi susayishi mumkin. Har hafta qiziqarli metodlar qo‘llash darsning samarali o‘tishiga foyda beradi. Qiziqarli metodlar o‘quvchilarni o‘ziga jalb etadi. O‘quvchilarning qiziqishini inobatga olganda holda o‘yinlarni tanlab, dars davomida o‘tkazish kerak. Download 24.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling