Boshlang'ich sinf o'qituvchisi eng avvalo bolalarni yaxshi ko'rishi, ular bilan doimo do'stona munosabatda bo'lishi darkor. Buni o'quvchilar juda yaxshi his qilishadi. Har bir ishga ijodiy, innovatsion yondashish, qisqa vaqt ichida o'quv jarayonini mazmunli tashkilashtirish, ko'rgazma va tarqatmalar tayyorlay olish — ishtirokchilar uchun eng zarur ko'nikmalar hisoblanadi. Bu tanlov o'qituvchilaming bilim darajasi va ijodkorligini sinovdan o'tkazish borasida juda yaxshi imkoniyatdir. Sababi har kuni oquvchini savolga tutib, unga baho qo'yishga odatlangan o'qituvchi bu tanlovda o'zi ana shu vaziyatga tushadi. To'liq javob uchun albatta a'lo baho oladi. Meni eng ko'p hayajonga solgan shart ma'lum mavzu bo'yicha qur'a tashlash yo'li bilan tantengan notanish sinfda dars mashgutotini olib borish bosqichi bo'lgan. Biroq ustozimning «Dars bu — qafas emas degan saboqlari bolajonlar bilan qalban yaqinlashishimga yordam bergan. Qafasda qush qanotlarini boricha yoya olmaganidek, qattiqqo'llik bilan bolalarga mehr ila boqmasdan turib yaxshi dars o'tib bo'lmaydi. Har qancha mavzu qiziq tanlagan interfaol metodlar zamonaviy bo'lmasin, o'quvchiga erkinlik bermasdan, ularning muhabbati va e'tiborini qozona olmaysiz. Shuning uchun dastlabki ishni sinfdagi qaqajonlar bilan nigoh ar orqali, sinfga ilk kirganingizdagi samimiylik yordamida aloqa qilishdan boshlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |