Boshlangich sinf o'qituvchisining o'z-o'zini rivojlantirish mahorati Reja
Download 35.23 Kb.
|
BOSHLANGICH SINF O\'QITUVCHISINING O\'Z-O\'ZINI RIVOJLANTIRISH MAHORATI
O’z - o’zini baholash. O’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatida qanday qiyinchiliklarga duch keladi? Ulardan biri, masalan, mehnatga va uzluksiz ta’limga tayyorgarlikni shaklalntirish va o’qituvchilarning rivojlanish istiqbollarini ko’ra bilish kabi umumiy tarbiyaviy vazifalarni qo’yishni bilmaslik bilan bog’liqdir.
O’z shaxsiy faoliyatini tahlil qilish va baholash o’qituvchilar uchun eng katta qiyinchilik tug’diradi. Ba’zan, hatto o’z ishini umumiy nazariy asoslarini bilgan holda o’qituvchi vaziyatning ichki psixologik ma’nosini va shuning uchun uni amaliy jihatdan boshqara olmaydi. YOki o’qituvchi o’zining pedagogik ta’siri natijasini oldindan ko’ra bilmaydi, oldindan taxmin qila olmaydi va shuning uchun ham noto’g’ri pedagogik xulosalarga keladi. Boshqa hollarda u sodir bo’gan vaziyatga o’zini moslaydi va uni o’zgartirmaydi. Eng katta qiyinchiliklardan biri shundan iboratki, o’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatini bir butunlikda ko’ra olmaydi, o’z faoliyatining vazifalarini, vositalari va natijalari orasidagi aloqalarni e’tibordan chetda qoldiradi. Har bir o’qituvchi o’zi uchun qanday qiyinchiliklar xarakterli ekanligining bilishi va ana shu nuqtai nazardan o’z mehnatiga baho berishi muximdir. O’z pedagogik faoliyatini o’zi shakllantirib borishning umumiy yo’li – uning har qaysi tarkibiy qismi va ular orasidagi aloqalar ustida ongli ravishda ishlashdan iborat. Avvallari qo’lga kiritilgani pedagogik malakalarga aylanadi. O’qituvchida o’z ustida ishlash ichki dasturining mavjudligi mazkur sohaga mos mashq qilishni kuchaytiradi. Biz qo’yidagi mashq turlarini tavsiya etamiz: 1. Pedagogik vaziyatni tahlil qilish, uning faol ishtirokchilarini va imkoniyati boricha hulq motivini aniqlash, ana shu vaziyatdagi har bir ishtirokchining hatti - harakatiga uning hulqi bilan bir butunlikda qarash; 2. YUzaga chiqqan pedagogik muammoning (sirtdan) ichki psixologik – pedagogik ma’nosini tushunish; 3. Vaziyat mohiyatini tahlil qilishdan kelib chiqqan holda o’zining bir yoki bir nechta pedagogik vazifalarini ifodalash; 4. Hatto biror tahlika yuz berishi mumkin bo’lgan noaniq sharoitlardan ham oldindan pedagogik qaror qabul qilish; 5. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning sinovini amalga oshirish. To’la - to’kis qaror qabul qilish, oldindan vaziyatni fikran oxirigacha o’ylash, ushbu ta’sirning (yaqin va uzoq) o’quvchilar hatti - harakatida qanday iz qoldirishini ko’ra bilishga intilish. Vaziyatni tahlil etish nihoyasiga yetganidan keyin va uning natijalarini e’tiborga olgan holda yana bir marta unga qaytish va xudi shu vaziyatni hal qilish imkoniyatining boshqa yo’llarini o’ylab ko’rish («variativ pedagogika»), shuningdek, shunga o’xshash vaziyatlarda keyingi safar qanday yo’l tutish ma’qul ekanligini aniqlash; 6. Xudi shu vaziyatni yana bir marta, lekin, agar uning ishtirokchilari o’zlarini boshqacha tutsalar, qanday vaziyat yuz berishi mumkinliginidan kelib chiqib, o’zgacha ko’rinishlarda o’ylab ko’rish; 7. Muhokama qilinayotgan pedagogik vaziyatda o’zini uning boshqa ishtirokchilari qatoriga qo’yish va shu holatda o’zining hatti - harakatiga baho berish va tuzatish kiritish. O’zini avval uchramagan har xil pedagogik vaziyatlarda sinab ko’rish, o’zining hatti - harakatini boshqa shunga yaqin o’qituvchilar hatti - harakati bilan taqqoslash va boshqalar. Bunday mashqlarning umumiy mohiyati pedagogik vaziyatni tez va to’g’ri tahlil qilishga va o’zgartirishga o’rganishdan, yuz beradigan vaziyatlarni intuntiv tarzda emas, balki bilimlarga asoslangan holda yondashishni bilishdan iborat. Oldindan to’liq aytish mumkin bo’lmagan, qiyin vaziyatlarni tahlil qilishga doir mashqlar eng katta samara beradi, masalan o’quvchilar darsda doimo o’quv ishidan chaqmaydilar. Lekin, shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik mahorat uchun faqatgina shakllangan pedagogik faoliyatgina yetarli emas, bunda o’qituvchining faolligi ham zarur. O’quvchining qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O’z - o’zini baholash qiyin, lekin o’quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. SHu bois o’quvchi irodali bo’lishi, o’z burchini tushunishi, tahlil va tarbiya olish uchun sabablar bo’lishiga intilishi lozim. O’quvchilar o’z - o’zini tarbiyalash bilan birga o’z ustida ishlab boradi. O’z ustida ishlash asosan o’spirinlikdan boshlanadi. Bunda ularning nazariy tafakkurini shakllantirish to’garak va fakultativ mashg’ulotlar muhim ahamiyat kasb etadi. SHu bilan birga o’quvchining badiiy asarlarni qo’yishi va tushunishi orqali mustaqil fikrlashga, mulohaza yuritishga va munozaraga o’rganib boradi, Unda asta - sekin tabiat va jamiyat haqida o’zining nuqtai nazari, e’tiqodi, qarashi shakllanadi. Bu esa unda mustaqil o’ylashi, to’g’ri yo’l va xulosa chiqarishi, qatiy qaror qila olish fazilatlarini o’stiradi. O’quvchilar o’z ustilarida ishlash jarayonida ularning qobiliyati, iste’dodi rivojlanadi. Ularda o’tiladigan darslar, laboratoriya ishlari va amaliy mashg’ulotlar, referat, konspekt yozish kabi ta’limiy faoliyat turlari o’zlari o’zlashtirishi zarur materiallarni mustaqil holda tushunishga olib keladi. Bu esa o’z ustida ishlashning muhim omili sanaladi. YUqorida keltirgan fikrlarimizning barchasi o’quvchi faoliyati bo’yicha yozilgan. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, o’z o’zini tarbiyalash, o’z ustida ishlash faqatgina o’quvchi faoliyatida emas, balki butun bir shaxs faoliyatida namoyon 6o’lishi kerak. SHaxs o’z - o’zini tarbiya etmasa, o’z ustida ishlamasa, u bir joyda qotib turgan toshga o’xshab qoladi. Toshni esa kimdir vaqti kelib, yo tepib, yo uloqtirib tashlaydi. Agar shaxs izlansa, o’z qobiliyatlari ustida ishlasa, o’zidagi yaxshi fazilatlarni kamol toptirsa, uning obro’si, mavqei ham shu darajada yuksaladi, doimo el nazarida bo’ladi. Uni hech kim uloqtirib yo chetga chiqarib qo’ya olmaydi. Har bir o’qituvchi doimiy ravishda o’z - o’zini tarbiyalashi, o’z ustida ishlashi kerak. U «men allaqachon tarbiyalanganman, menda hamma ahloqiy sifatlar tarkib topgan» deb, yoki «men o’z fanimda hamma yutuqlarga erishganman, o’z fanimni chuqur bilaman» deb bir xilda, bir joyda qotib qolmasligi, doimo intilishda, izlanishda bo’lishi kerak. Hozirgi paytda maktablarda dars berayotgan o’qituvchilarni kuzatib, ikki xil xulosaga kelish mumkin. Birlari juda faol, intiluvchan, ijodkor o’qituvchilar bo’lsa, ayrimlari esa hech bir intilishi yo’q, doimo bir xilda dars beruvchi o’qituvchilardir. Bularni ko’rib bir quvonsang, bir qo’l siltaging keldshshi. Axir yosh avlodni ta’lim - tarbiyasi o’qituvchilarga ishonib topshiriladi - ku! Nahotki, ayrim ertangi kun bilan ishi yo’q o’qituvchilar bu mas’uliyatni his etmasalar. O’quvchilarning o’z ustlarida ishlashlarida ham o’qituvchi yo’llanmasi, ko’rsatmasi, topshiriqlari muhim rol o’ynaydi. SHuning uchun o’qituvchi doimo izlanishda bo’lishi, fanga qandaydir bir yangiliklar olib kirishga intilishi, o’zining odobi, kasbiy sifatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lishi darkor. O’z ustida ishlaydigan ijodkor o’qituvchilarning obro’ - e’tibori, martabasi ulug’ bo’ladi. Ular doimo el nazarida, hurmatida bo’ladi. Xalq hurmatida, e’tiborida bo’lishining o’zi eng katta baxtdir. Download 35.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling