Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish orqali kasbiy tarbiya berishni takomillashtirish annotatsiya


Download 29.23 Kb.
bet1/3
Sana27.01.2023
Hajmi29.23 Kb.
#1134375
  1   2   3
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARIDA MILLIY HUNARMANDCHILIKNING DASTLABKI


BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MILLIY HUNARMANDCHILIKNING DASTLABKI MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KASBIY TARBIYA BERISHNI TAKOMILLASHTIRISH
ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish orqali kasbiy tarbiya berishni takomillashtirish,boshqa fanlar qatori mehnat ta’limini ham puxta o‘rgatish va boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish haqida to'liq bayon etilgan.
KALIT SO'ZLAR: milliy hunarmandchilik, dastlabki mexanizmlar, politexnik mehnat ta’limi, kasbiy tarbiya, zamonaviy texnika vositalari.
KIRISH:
O‘rta ta’lim maktablarining muhim vazifasi boshlang‘ich sinfdan boshlab, boshqa fanlar bilan birga mehnat ta’limini ham puxta o'qib-o'rgatish, ular ongida politexnik mehnat ta’limiga oid bilimlarini takomillashtirib, turli ijodkorlik ishlari qurish, yasash, turli xil shakldagi o‘yinchoqlarni o‘qituvchilarning ko‘rsatmasi, oddiy chizmalar bo‘yicha yasash sirlarini o‘rgatishdan iborat. Yana takror va takror takrorlashimizga to‘g‘ri keladi.
Hukumatimizning “Respublikamiz maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi farmonida shunday fikr bildirgan: “Yoshlarni bilimli,komil insonlar, yetuk kasb kishilari bo‘lib yetishishlarida avvalo ular bilim oladigan bilim maskanlari zamon talabi, dunyo standartlariga javob bergandagina biz farzandlarimizdan yetuklik, mehnatsevarlikni kutishimiz mumkin!”.Shunday ekan,boshlang’ich sinf o’quvchilarini zamonaviy bilim olishlari, keng yorug‘ barcha talablarga javob beradigan maktab, o‘quv xonalarini zamonaviy texnika vositalarini ta’lim sohasi tomon yo‘naltirishimiz shart. Bu ish hozirgi kunda o‘z samarasini bermoqda.
Farmondan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda Respublikamizni jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga zarur va majburiy joriy sifatida ta’lim sohasini isloh qilish siyosati jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Xalq ta’limi sohasida belgilangan maqsadga erishish uchun kadrlar tayyorlash milliy dasturining mazmunidan kelib chiqib, Boshlang’ich sinf o’quvchilariga mehnat ta’limi berishda yangi-yangi pedagogik texnologiyalar ilg‘or tajribalardan kelib chiqib ish yuritmoqda.
Bugungi kunda kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga barcha fanlar bo‘lim va yo‘nalishlari o‘quvchilarga chuqur bilim berishbilan birga ularni tarbiyalashga alohida ahamiyat berish zarurligini ko‘rsatib turibdi.Mamlakatimiz taraqiyotining eng muhim omili, inson va uning mehnati bo‘lganligi uchun Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yoshlikdan boshlab kamol topishiga , mehnat ta’limiga har qchongidan ham kattaroq mas’uliyat tushmoqda.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar jaronida ham faqat mehnat, uning sifati va miqdori yurishimizdagi har xil geotexnik ahamiyatini belgilaydi.

Download 29.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling