Boshlang'ich sinf o'quvchilarida milliy hunarmandchilikning dastlabki mexanizmlarini rivojlantirish orqali kasbiy tarbiya berishni takomillashtirish annotatsiya


Download 29.23 Kb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi29.23 Kb.
#1134375
1   2   3
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARIDA MILLIY HUNARMANDCHILIKNING DASTLABKI

ASOSIY QISM:
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini maktabdan boshlab mehnatsevar, bilimli, to‘g‘riso‘z qilib tarbiyalashda kuch, bilim va tajribalar talab etiladi. O‘qituvchi yoshlar uyida aveomodelchilar, kemasozchilik, o‘ymakorlik, avtomobilchilik to‘garagida turli xalq xo‘jaligida ishlaydigan mashinalar asbob uskunalar ham ashyo materiallaridan har xil model, maket, o‘yinchoqlar tayyorlayotgan o‘quvchilarni, ularga ustozlik qilayotgan murabbiylar bilan maroqli va qiziqarli uchrashuvlar o‘tkazish kabi tadbirlar bilan muntazam tanishtirib borish lozim.
Ayniqsa, mehnat o‘quv xonalaridagi va to‘garak mashg‘ulotlarida o‘zbek xalq amaliy bezak san’atiga oid ishlarni olib, o‘quvchilarga o‘rgatib borish kelajakda ularni turli kasb hunar egalari bo‘lib yetishishlarida qo‘l keladi.Ishning asosiy qismida boshlang’ich sinf mehnat darslarida o’quvchilarni unumli mehnatga o’rgatishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali qo’l mehnatini oshirishning qulay va samarali yo’llarini ko’rsatib bergan shu bilan birga dars samaradorligini oshirishda kerak bo’ladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni taklif qilgan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini kasb hunarli bo‘lib yetishishlarida mehnat ta’limi darslarida “Mohir kashtachi” to‘garagi ishini yuritish ayniqsa qizlar uchun juda qo‘l keladi. Hozirgi kunda Respublikamiz maktablarida yo‘qolib borayotgan milliy hunarmandchilikni qayta tiklash, uni o‘sib borayotgan yosh avlodga o‘rgatish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Mamlakatimiz maktablarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va ma’rifiy tub burilishlari hayotning, mehnatning mohiyatini ham kun sayin o‘zgarib, zamonaviylashtirilib borishda. Shu tufayli mehnat ta’limi fanini o‘qishga ham undang. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini rivojlantirish va kasbiy takomillashtirishning ilmiy- pedagogik masala sifatidagi ahamiyatini tadqiq etish, boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy takomillashish tamoyillari,nazariy va pedagogik tomonlarini ilmiy isbotlashdan iborat.
Maktablarda boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni estaliklar, turli xil ko’rgazmalar tayyorlashni tashkilq qilish kabi ommoviy ish turlaridan keng foydalanib, konskurs va viktorinalarga kam e’tibor qaratiladi.
Ommaviy faoliyatning konkurs va viktorinalar kabi turi juda qiziqarli va aynan bir vaqtda katta tarbiyaviy sharoitlarga egadir. Shuning uchun,zehnli, tez javob topa olish, o’z g'oyasi, bilim va malakalarini safarbar qila bilish go'yoki, mana shu ish turlarida talab qilinadi.
Maktabning tarbiyaviy faoliyatlarida ommoviy ishlar muhim o'rin egallaydi. Kechalarga, konkurslarga, viktorinalarga tayyorgarlik o’quvchilarni har taraflama harakat qilishga matnlarni yodlash,kostyumlar tayyorlash, jixozlash, bezash ishlarini amalga oshirishga majbur etiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ko'pgina ijtimoiy samarali mehnatda ishtirok etadilar.Mana shu tadbirlar hammasi o’quvchilar tashabbusi bilan amalga oshiriladi.Sinfdan tashqari darslarda o’quvchilarning intilishlariga, iste'dodlariga qarab turli xil ishlarni amalga oshirishimiz mumkin.Bajarilgan ishlarimizni mazmunj haqida tushuntirilib borilsa, yaxshi natijalarga olib keladi.
Mehnat topshiriqlarini sinfdan tashqari vaqtlarda qo’llash o’qituvchidan doimiy katta tayyorgarlikni, har bitta to’garak ishlarini muntazam nazorat qilib, ularni chuqur va mastahkam bilimlar bilan qurollantirib, tanlagan kasbiga qiziqtirib va o’quv fanlari mohiyatini jamlashtirib, o’quv jarayonini to’g’ri tashkil qiish zarur. Sinfdan tashqari ishlarni sifatli tarzda amalga oshirish, boshlang’ich sinflarda o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlaydi, dunyoqarashini takomillashtiradi, ularning ijodiy iste'dodlarini o’stiradi,shuningdek badiiy estetik didini oshirishda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
XULOSA:
Xulosa sifatida shuni aytiah joizki,biz bugungi kunda xalq hunarmandchiligining mohiyati, tarixi, tuzilishi, xususiyatlari, bajarilish texnologiyasini aniq bir umumta’lim o’quv fani hisoblangan mehnat ta’limi fanidan o’tkaziladigan to’garaklarda qo’llanilishining asoslarini ishlab chiqishga o'z e'tborimizni qaratdik.
Xalq hunarmandchiligining bugunda saqlanib qolgan 150 dan ortiq sohasi bevosita o’rganish va yoshlarga o’rgatish obyekti bo'lsa-da, yo’qolib ketgan, bugungi kunda nomlari adabiy manbalardagina saqlanib qolgan yana 100 dan ziyod turi esa turli izlanishlar, tadqiqotlar manbai bo’lishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Download 29.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling