Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik tarbiya berish metodikasi


Download 423 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi423 Kb.
#1388478
  1   2   3
Bog'liq
Boshlang’ich sinf o’quvchilarning ekologik ongini va madaniyatini shakllantirish metodikasi

REJA:

  • REJA:
  • 1. Boshlang’ich sinflar o’quvchilariga ekologik tarbiya berish metodikasini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari
  • 2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik tarbiya berish metodikasini i shakllantirish imkoniyatlari
  • 3. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekologik tarbiya berish metodikasini shakllantirish texnologiyasi
  • 1 Boshlang’ich sinflar o’quvchilarida ekologik tarbiya berish metodikasini shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari
  • Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolardan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo’lib, sivilizasiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko’p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog’liqdir.
  • Bugun dunyoda, shu bilan birga respublikamizda ham juda tez sur’atlar bilan fan va texnika taraqqiy etmoqda. Natijada davlatlarimizning qudrati yildan-yilga oshmoqda, kishilarning yashash sharoiti yaxshilanmoqda, ammo tabiyatni o’zgartirish bo’yicha amalga oshirayotgan ishlar har doim ham sosial ahamiyatli bo’lmas ekan. Bugungi kunda er yuzida yuz berayotgan ekologik vaziyat shundan dalolat bermoqda. “Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z-o’zini o’limga mahkum etish bilan barobardir.
  • Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan”.
  • 2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ekologik tarbiya berish metodikasini shakllantirish imkoniyatlari
  • O’rta maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo’ygan har bir yosh qanday ixtisos egasi bo’lishidan qat’iy nazar, unda avvalo ekologik madaniyat shaklllangan bo’lishi va bu sohada nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishi kerak. Ekologik madaniyat ekologik ta’lim- tarbiyaning tarkibiy qismi bo’lib, maktabda barcha fanlarni o’qitish jarayonida amalga oshiriladi.
  • Ekologik ta’lim-tarbiya deganda o’quvchilarga muayyan maqsadda pedagogik ta’sir ko’rsatish tushuniladi. Olamdagi narsalarning hammasi, butun borliq, mavjudod, tevarak-atrof, dala, tog’, adir, o’rmon, er, suv, havo,daryo, tabiat pokligi va ifloslanishi, yer tarkibining buzilishi, yerning sho’rlanishi – hamma-hammasini muhofaza etish ekologik ta’lim mazmunini tashkil etadi. Ekologik tarbiya vazifalariga jonli va jonsiz tabiatni asrash, yerning zahlanishi, so’lim maskanlar, qushlar va hayvonlarning yo’q bo’lib ketishining oldini olish, ariqqa mag’zavalar va har xil iflos narsalarni to’kishning oldini olish, xonadon, ko’cha va maydonlarning tozaligi uchun kurash kabilar kiradi.
  • O’quvchilarning avvalo uyda ota-onalaridan, bog’chada tarbiyachilaridan, maktabda o’qituvchilaridan ekologik ta‟lim-tarbiya olishi reja asosida tashkil etiladi.
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling