Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mustaqil ishlashga, ilk to’plam


Download 221.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi221.83 Kb.
#1029672
  1   2
Bog'liq
3063-Article Text-6201-1-10-20220427



“Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mustaqil ishlashga, ilk 
to’plam” larini yaratishga o’rgatish, metodikasini 
takomillashtirish 
 
Aysha Rozimbayevna Karimova 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani, 40-maktab 
Annotatsiya: Ushbu maqola maktab yoshidagi o’quvchilarni dars jarayonida 
faollashtirish, ularning mustaqil ishlarini tashkil etish orqali bilim samaradorligini 
yanada oshirish yo’llari va o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish 
yo’llari haqida mulohazalar yuritilgan. 
Kalit so’zlar: O’quvchi, o’qituvchi, oila muhiti, ijodkorlik, yosh davri, ta’lim-
tarbiya, mustaqil ta’lim, bilim samaradorligi, baholash, rag’bat. 
Teaching primary school students to create the first set of 
independent work, improving the methodology 
 
Aysha Rozimbayevna Karimova 
Republic of Karakalpakstan, Ellikkala district, School №40 
 
Abstract: This article discusses ways to increase the effectiveness of knowledge 
by activating school-age students in the classroom, organizing their independent work, 
and ways to increase students' interest in science. 
Keywords: Student, teacher, family environment, creativity, age, education, 
independent learning, knowledge effectiveness, assessment, motivation. 
 
“Maktab bu hayot-momot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va 
hokimlarning o’zi hal qilolmaydi. Bu butun bir jamiyatning ishi, burchiga aylanishi 
kerak” Shavkat Mirziyoyev 
Bugun Yangi O’zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar 
maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim 
tizimidagi o’zgarishlar haqida to’lqinlanib so’zlamaslikning iloji yo’q. 
Mamlakatimizda so’nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy 
talablar asosida tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. 
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qancha bilimli bo’lib 
chiqsa” yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez 
rivojlanadi, ko’plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug’iladi. Shunday ekan, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
885


“Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o’ylaymanki, butun 
xalqimiz bu fikrni qo’llab-quvvatlaydi”. 
Ta’lim sohasida oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta boshlang’ich 
ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Bugungi davrda Yangi O’zbekiston “Inson 
qadri ustuvor bo’lgan jamiyat va xalqparvar davlar” degan muhim g’oya negizda barpo 
etilmoqda. Davlatimiz belgilab bergan bu ulug’vor maqsad asosida xalqimiz yangidan-
yangiislohotlarning haqiyqiy muallifiga aylanib bormoqda. Yurtimizda inson qadrini 
yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat 
barpo etish yo’nalishida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada umumiy 
o’rta ta’lim mazmunini zamon talablari asosida qayta takomillashtirish, zamonaviy 
yondashuvlar asosida qayta ko’rib chiqishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Yosh 
avlod ongiga jahon ilmu fani va madaniyati rivojiga benazr hissa qo’shgan buyuk 
mutafakkirlarimiz hayoti va ijodini, shuningdek, yurtimizda bunyod etilgan moddiy 
merosni asrab-avaylash mas’uliyatini singdirish, ularni munosib vorislar etib 
tarbiyalash bugungi kunda maktab ta’limining muhim fazifalaridan biri hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabining eng muhim maqsadi: O’quvchilarga ularning 
xotirasida uzoq vaqt saqlanadigan bilimlar berishdir. O’quvchi maktabda olgan 
bilimlarini bir qismini vaqt o’tishi bilan unitadi. Lekin ular izsiz yo’qolmaydi. Olingan 
bilimlar, garchi o’quvchilar unitganda ham, aqliy kamolotda ma’lum darajada iz 
qoldiradi. Ko’pincha bolalar o’zlarining amaliy faoliyatlariga bog’lanmagan maktab 
materialini eslaridan chiqaradilar. Ba’zan o’rganish jarayonida mashq va 
mustaqilishlar kam bajarilishi sababli, materiallar xotirada mustahkam saqlanmaydi. 
Bulardan tashqari, oldingi mashg’ulotlarda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va 
malakalar yanada murakkabroq materialni o’rganish uchun bir pog’ona, tayanch 
bo’ladi. Ilmiy bilimlarni egallash o’quvchilarning xotirasini, mantiqiy tafakkurini
ijodiy faolligi va turli va turli ishlarni bajarishdagi mustaqilligini rivojlantiradi. Har bir 
o’quvchining ta’lim-tarbiya jarayonidagi faoliyati o’ziga xos bo’lib bir-birini 
takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini, iqtidori jarayonidagi harakatini bir 
xillikda baholash, bir mavqeda ko’rishalbatta noo’rin. O’quvchilarning mustaqil 
ishlari, fikrlash salohiyatlarida ham farq katta. O’quvchilarda mustaqil ishlash, avvalo 
unga tayyorlash o’qituvchi tamonidan materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi 
yo’llar bilan hosil qilinadi.
Bunda quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: 
materialni darslik asosida o’rganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi 
topshiriqlar, ijodiy ishlarni o’rgatishni o’z ichiga oladi. Mustaqil faoliyat faollikni 
oshiradi, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish yaxshi 
samara beradi. Mustaqil faoliyat o’quvchini ziyrak va hozirjavob qiladi. Buning uchun 
avvalo, o’quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash , ularda biror ishni qila 
olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish lozim. O’qituvchi har 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
886


bir o’quvchiga ilk to’plamlarni yaratishlari uchun ularga tushuncha bilan birqatorda 
ishonch bersa, o’quvchi mustaqil bajarayotgan ishiga reja tuzib, yo’l qo’yilgan xato va 
kamchiliklarini ko’ra oladi va tuzatadi.
O’quvchilar topshiriqlarni tez, to’gri bajarishlari uchun qulay usullarni tanlash, 
uni tashkil etish uchun doim yetakchi savollar berib, tayanch so’zlar tavsiya etish 
foydalidir. Ulug’ donishmandlardan bir “ Kelajak tashvishi bilan yashasang, 
farzandlaringga yaxshi bilim ber”, o’qit dagan ekan. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev 
shuni ta’kidlab o’tganlarki “Bizning asosiy maqsadimiz- yoshlarning sifatli ta’lim olish 
imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobilyati va iste’dodini ro’yobga 
chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat". Shunday ekan 
biz pedagoglar qo’limizdan kelguncha o’quvchilarni bilim darajasini oshirish va 
rivojlantirishimiz lozimdir. 

Download 221.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling