Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mustaqil ishlashga, ilk to’plam
Download 221.83 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3063-Article Text-6201-1-10-20220427
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
“Boshlang’ich sinf o’quvchilarini mustaqil ishlashga, ilk to’plam” larini yaratishga o’rgatish, metodikasini takomillashtirish Aysha Rozimbayevna Karimova Qoraqalpog’iston Respublikasi, Ellikqal’a tumani, 40-maktab Annotatsiya: Ushbu maqola maktab yoshidagi o’quvchilarni dars jarayonida faollashtirish, ularning mustaqil ishlarini tashkil etish orqali bilim samaradorligini yanada oshirish yo’llari va o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish yo’llari haqida mulohazalar yuritilgan. Kalit so’zlar: O’quvchi, o’qituvchi, oila muhiti, ijodkorlik, yosh davri, ta’lim- tarbiya, mustaqil ta’lim, bilim samaradorligi, baholash, rag’bat. Teaching primary school students to create the first set of independent work, improving the methodology Aysha Rozimbayevna Karimova Republic of Karakalpakstan, Ellikkala district, School №40 Abstract: This article discusses ways to increase the effectiveness of knowledge by activating school-age students in the classroom, organizing their independent work, and ways to increase students' interest in science. Keywords: Student, teacher, family environment, creativity, age, education, independent learning, knowledge effectiveness, assessment, motivation. “Maktab bu hayot-momot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning o’zi hal qilolmaydi. Bu butun bir jamiyatning ishi, burchiga aylanishi kerak” Shavkat Mirziyoyev Bugun Yangi O’zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o’zgarishlar haqida to’lqinlanib so’zlamaslikning iloji yo’q. Mamlakatimizda so’nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qancha bilimli bo’lib chiqsa” yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko’plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug’iladi. Shunday ekan, "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 885 “Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o’ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo’llab-quvvatlaydi”. Ta’lim sohasida oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta boshlang’ich ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Bugungi davrda Yangi O’zbekiston “Inson qadri ustuvor bo’lgan jamiyat va xalqparvar davlar” degan muhim g’oya negizda barpo etilmoqda. Davlatimiz belgilab bergan bu ulug’vor maqsad asosida xalqimiz yangidan- yangiislohotlarning haqiyqiy muallifiga aylanib bormoqda. Yurtimizda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yo’nalishida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada umumiy o’rta ta’lim mazmunini zamon talablari asosida qayta takomillashtirish, zamonaviy yondashuvlar asosida qayta ko’rib chiqishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Yosh avlod ongiga jahon ilmu fani va madaniyati rivojiga benazr hissa qo’shgan buyuk mutafakkirlarimiz hayoti va ijodini, shuningdek, yurtimizda bunyod etilgan moddiy merosni asrab-avaylash mas’uliyatini singdirish, ularni munosib vorislar etib tarbiyalash bugungi kunda maktab ta’limining muhim fazifalaridan biri hisoblanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktabining eng muhim maqsadi: O’quvchilarga ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanadigan bilimlar berishdir. O’quvchi maktabda olgan bilimlarini bir qismini vaqt o’tishi bilan unitadi. Lekin ular izsiz yo’qolmaydi. Olingan bilimlar, garchi o’quvchilar unitganda ham, aqliy kamolotda ma’lum darajada iz qoldiradi. Ko’pincha bolalar o’zlarining amaliy faoliyatlariga bog’lanmagan maktab materialini eslaridan chiqaradilar. Ba’zan o’rganish jarayonida mashq va mustaqilishlar kam bajarilishi sababli, materiallar xotirada mustahkam saqlanmaydi. Bulardan tashqari, oldingi mashg’ulotlarda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalar yanada murakkabroq materialni o’rganish uchun bir pog’ona, tayanch bo’ladi. Ilmiy bilimlarni egallash o’quvchilarning xotirasini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy faolligi va turli va turli ishlarni bajarishdagi mustaqilligini rivojlantiradi. Har bir o’quvchining ta’lim-tarbiya jarayonidagi faoliyati o’ziga xos bo’lib bir-birini takrorlamaydi. Shunday ekan ularning salohiyatini, iqtidori jarayonidagi harakatini bir xillikda baholash, bir mavqeda ko’rishalbatta noo’rin. O’quvchilarning mustaqil ishlari, fikrlash salohiyatlarida ham farq katta. O’quvchilarda mustaqil ishlash, avvalo unga tayyorlash o’qituvchi tamonidan materiallarni muammoli tarzda bayon etish kabi yo’llar bilan hosil qilinadi. Bunda quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda tavsiya etish mumkin: materialni darslik asosida o’rganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topshiriqlar, ijodiy ishlarni o’rgatishni o’z ichiga oladi. Mustaqil faoliyat faollikni oshiradi, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat o’quvchini ziyrak va hozirjavob qiladi. Buning uchun avvalo, o’quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash , ularda biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli qilib bajarishga ishonch hosil qilish lozim. O’qituvchi har "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 886 bir o’quvchiga ilk to’plamlarni yaratishlari uchun ularga tushuncha bilan birqatorda ishonch bersa, o’quvchi mustaqil bajarayotgan ishiga reja tuzib, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarini ko’ra oladi va tuzatadi. O’quvchilar topshiriqlarni tez, to’gri bajarishlari uchun qulay usullarni tanlash, uni tashkil etish uchun doim yetakchi savollar berib, tayanch so’zlar tavsiya etish foydalidir. Ulug’ donishmandlardan bir “ Kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber”, o’qit dagan ekan. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev shuni ta’kidlab o’tganlarki “Bizning asosiy maqsadimiz- yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobilyati va iste’dodini ro’yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat". Shunday ekan biz pedagoglar qo’limizdan kelguncha o’quvchilarni bilim darajasini oshirish va rivojlantirishimiz lozimdir. Download 221.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling