Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirishda xalq iboralaring o‘rni
Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati
Download 107.95 Kb.
|
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA XALQ IBORALARING O‘RNI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH
Bitiruv malakaviy ishining nazariy ahamiyati. Ishda isbotlanadigan ilmiy xulosa va tavsiyalardan boshlang‘ich sinf ona tili darslarida, nutq o‘stirishda xalq iboralari bilan ishlash jarayonlarida hamda o‘qish darslarida badiiy asar tahlilida ham foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikkita bob, xulosalar, va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, … sahifani tashkil qiladi. I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARIDA BOLALAR NUTQINI O‘STIRISH I.1.Kichik yoshdagi o‘quvchilar nutqini o‘stirishning pedagogik-psixologik asoslari Ma’lumki, milliy mustaqilligimiz uchun kurash o‘zbek tiliga-millatning asosiy atributi hisoblanmish ona tilimizga davlat tili maqomi berilishi bilan boshlanadi.Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tilning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratib shunday deydi: “O‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadiriyatdir”1 Mamlakatimizda kelajagimiz davomchilari bo‘lmish biz yoshlarga innovatsion, ilg‘or usullar va metodlarni qo‘llab, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, ta’lim berish hamda o‘quvchilarning ta’limdagi sifat samaradorligini oshirish, yoshlarni raqobatbardosh qilib tarbiyalash ta’lim tizimi oldida turgan asosiy va muhim vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi“ da belgilab qo‘yilgan “Mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nnuqtai nazarga ega, vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” vazifasi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash salohiyatini tub islohatlar zamirida rivojlanayotgan davlatimizda faol,izlanuvchan va zamon bilan hamnafas bo‘lishni talab qiladi. Shu bois ilm berishda Sharq allomalari mustaqil fikrlash, fikrni bayon qilish, nutq tuzish jarayonidagi muhim jihatlarni qamrab oluvchi ilmiy qarashlarini qayd qilganlar va sh bilan birgalikda nutqning ilmiy-nazariy tomoni lug‘atlarda,darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarda izoh berib, atroflicha yoritilgan. Farobiyning fikricha, ”Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish masalasiga kelganda, bu haqdagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, ya’ni substansiya va aksidensiyalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir. Ikkinchisi ilm gramatikadir. U jismlarga berilgan nomlarni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishiga va undan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir. U ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun mantiqiy figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi”. Bu xulosalar biz bilmagan narsalarimizni bilib olamiz hamda nima to‘g‘ri va nima yolg‘on ekanligini aniqlaymiz. O‘quvchilar nutqida mantiq ilmiga aoslanib fikr-mulohaza yuritish maqsadga muvofiqdir. Shu bois ular xotirasidagi so‘z boyligini o‘z nutqi orqali harakatga keltiradi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi nutq o‘stirish ona tili predmetining asosiy vazifasi hisoblanadi. Biroq bu vazifa boshqa o‘quv predmetlari doirasida ham amalga oshiriladi. Misol uchun, ”ona tili va savodxonligi” darslari jarayonida o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Ya’ni, darslikda keltrilgan matnlarni o‘rganish jarayonida boshlng‘ich sinf o‘quvchilari o‘zi uchun notanish bo‘lgan ko‘plab so‘zlar va ularning ma’nosini o‘rgnadi, shu bilan birgalikda ularning so‘z boyligi oshadi. O‘qituvchi bunday so‘zlarni izohlash bilan kifoyalanmay, o‘quvchilarga ular ishtirokida so‘z birikmasi, gap ham tuzdirsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunday metodikadan foydalanilsa, yangi so‘zlar o‘quvchilarning faol lug‘atiga kiradi. Nutq o‘stirish boshlang‘ich ta’lim pedagogikasinining tarixi hamda nazariyasi ham, muomala madaniyatini o‘rgatish uslubiyotini ham o‘z ichiga oladi. Aslini olganda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, avvalo, o‘quvchilarga umumiy estetik tarbiya berish vazifalarini tushunib olishi lozim. Bu vazifalar faqatgina yaxshi muomala qilishni o‘rgatishdangina iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Bunda, eng muhimi, bolaga nutq madaniyatini o‘rgatish va unda har bir mashg‘ulotlarga qiziqish uyg‘otish, so‘z, gap yordamida nutqiy faoliyatga ehtiyoj hosil qilish, shuningdek, ularda bilim, ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishdir. Nutq ikki ko‘rinishga ega bo‘lib, ular: og‘zaki va yozma nutqdir. Bular o‘zaro uzviy bog‘langan bo‘lsa ham, har birining o‘ziga xos xususiyati bor. O‘g‘zaki nutqda tovushlar, so‘zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda avvalo, ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini anqilash, ularni bartaraf etish yo‘llarini izlab topishimiz lozim. Chiroyli so‘zlashni, savodli va to‘g‘ri yozishni, o‘z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilmagan yoki yetolmagan o‘quvchi bilimlarini muvafaqqiyat bilan o‘zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo‘lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo‘ladi. Nutq orali odamzod o‘zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda to‘la rivojlangan yoki shakllangan bo‘lavermaydi. Ba’zi o‘quvchilar tovushlarni notog‘ri talafffuz qilibgina qolmay, ularni bir-biridan farqlay ham olmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar o‘zlashtirishda bolalar uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug‘diradi. Bunday hollarda logoped mashg‘ulotlar yordamiga muxtoj bo‘ladilar. Bo‘shlang‘ich sinf o‘quvchilarning nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish o‘quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchilikni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko‘rish, nutq buzilish sabablarini o‘rganish zarur. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi to‘ldirilib, qaysi tovushlar to‘g‘ri yoki notog‘ri talaffuz qilayotgani belgilab boriladi. Nutq o‘stirish ongli o‘qishni, so‘zlash va yozishga o‘rgatishni, til haqida o‘quvchilarning yoshi va tushinchasiga mos bo‘lgan bilim berishni, ularning lug‘at boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni o‘stirish, kitob o‘qishga muhabbat uyg‘otishni ko‘zda tutadi. Og‘zaki nutqqa o‘rgatishning ilk davrida daktiologiyadan foydalaniladi. Bu esa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o‘zlashtirib borganlari sari faqat yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf “ona tili va o‘qish savodxonligi“ dasrlarida olib boriladigan barcha mashg‘ulotlarning yetakchi o‘rni nutq o‘stirish hisoblanib, u savod o‘rgatish, chiroyli yozish ko‘nikmalarini shakllantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini o‘z ichiga oladi. Bu darslarda ko‘proq amaliy maqsadlarni ko‘zlash, til boyliklaridan nutqda foydalanish malakalarini shakllantirish, ijodiy fikrlash, o‘quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash zarur. Ularning og‘zaki nutqini muntazam ravishda o‘stirib borish bog‘lanishli nutq va matn tuzishlarda amaliy yordam beradi. Nutq faoliyati uchun, hamda o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish zarur hisoblanadi: 1.Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi lozim. O‘quvchilar nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma bayon qilish xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi. 2.Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi kerak. Bu materil qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi. 3.Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq vositalari yordamida ifodalansagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni samarali tarzda o‘stirishning uchinchi sharti–nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Nutqni egallshning qator aspektlari mavjud bolib, bular: 1.Adabiy til normalarini o‘zlashtirish. 2.Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni, o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish. 3.O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi: so‘z ustida ishlash; so‘z brikmasi va gap ustida ishlash; bog‘lanishli nutq ustida ishlash. So‘z, so‘z brikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib, leksikalogiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi. Nutq o‘stirishda izchillik to‘rt shartni ya’ni: izchilligi, istiqboli, xilma – xilligi, xilma – xil turlarni umumiy maqsadga bo‘ysundirish ko‘nikmasini oshirish bilan ta’minlanadi. Insonlar o‘z fikrlarini bayon qilishdan oldin u haqida o‘ylab oladilar. Bu esa ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, ”o‘ylangan” ya’niki fikrlangan nutqdir. Qachonki bolaning fikrlash doirasi kengaysagina uning tashqi nutqi ham ijobiy shakllanadi. Tashki nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi. Fikrni ifodlash usuliga ko‘ra nutq og‘zaki va yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq ko‘pincha dialog tarzida, yozma nutq esa manlog tarzida bo‘ladi. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi. 1.O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin. 2.Nutqda mantiqiylik bo‘lsin. 3.Nutq aniq bo‘lsin. 4. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin. 5.Nutq tushinarli bo‘lsin. 6.Nutq ifodali bo‘lsin. 7.Nutq to‘g‘ri bo‘lsin. 8.Nutq madaniyatli bo‘lsin. Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir. Nutq fikrni bayon qilish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat sistemasini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o‘stirish mimkin. Shuning uchun o‘quvchilar nutqini o‘tirish materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga oidini tanlash, joylashtirish, mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi. Taffakur til materiali yordamida nutqiy shallantirilsa va bayon qilinsagina muvaffaqiyatli o‘sadi. Tushuncha so‘zlar yoki so‘z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo‘lgan so‘zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so‘z (so‘z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo‘ladi. Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi. ‘‘Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ma’noli ifodalab berib bo‘lmaydi”. Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushinarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at tarkibini, garamatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-sharoit yaratadi. Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar, ma’lumotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim, amaliy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Nutq o‘quvchining fikriy rivojining asosiy o‘lchovilaridan biri hisoblanadi. O‘quvchining barcha predmetlardan materialni o‘zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritadiganda, u yoki bu mavzuni bola o‘z nutqida (masalan, yozgan inoshisida, axborotida, qayta hikoyalshda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaratiladi. Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi. Fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Nutqning o‘sishi fikrni shakllantirishga yordam beradi va takomillshtiradi. O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog‘liq hisoblanadi. Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o‘zining “men” ini anglash imkonini beradi. Aynan muloqotda “ men” obrazining shakllanishi ro‘y beradi. Qulay tarbiya sharoitlarida,ya’ni kattalar va tengdoshlari bolaga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘layotganida uning ma’qullanishiga, ijobiy bahoga, tan olishga bo‘lgan ehtiyojiga qondiriladi. Salbiy muloqot tajribasi tajovuzga, o‘ziga nisbat ishonchsizlikka, odamovi bo‘lib qolishga olib keladi. Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi, odatda qandaydir yuqori bo‘ladi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar o‘z shaxsini haddan tashqari yuqori baholashi, o‘rinlidir va bu kimdir uning shaxsiy xususiyatlarini salbiy baholagan yoki uning xulq – atvorini, faoliyatini qandaydir bir ideal bilan, masalan tengdoshi bilan taqqoslagan taqdirda, shaxsni himoya qilishning o‘ziga xos mexanizmi hisoblanadi. Bolaning kattlar va tengdoshlari bilan muloqoti to‘laqonli ijtimoiy rivojlanishning muhim shartidir. Shundan kelib chiqqan holda, bolada muloqotga intilish, muloqot bo‘yicha sheriklarining talabiga javob berish, ijtimoiy jihatdan o‘zini tutishga moslashuvchanlik va xushmuomalalik kabi xislatlarni tarbiyalamoq zarur. Kattalar (ota – onalar, pedagoglar) shuni tushinishlari kerakki, qator holatlarda salbiy muloqot tajribasi bolani biron bir harakat qilishga undamaydi, balki bolani insoniy munosabatlar olamida o‘zini ko‘rsatishdan “aynitadi”, himoya mexanizmlari o‘zi bilan insoniy olam o‘rtasidagi “devor”, atrofidagi olamni “ko‘rmaslik’’ zaydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin:bola odamlar haqidagi savollarga javob bermaydi , suratlarda odamlarni “ko‘rmaydi’’, odamlar va hayvonlarni tasvirlovchi o‘yinchoqlar bilan o‘ynamaydi. Muloqotdan faol bosh tortayotgan bolaning dunyosiga qo‘pol aralashish salbiy oqibatlarga va tajovuzga olib keladi. Salbiy kechinmalar cho‘qqisida o‘zig nisbatan tajovuz tug‘iladi. Bola oilada va maktabda psixalogik jihatdan qulay bo‘lishi, uning kattalar va tengdoshlari o‘rtasida emotsional jihatdan qulay muhit yaratish, ular bilan o‘zaro munosabatlardan quvonch va zavq olishlari uchun quydagilar lozim hisoblanadi: - bolaga kattalar va tangdoshlarining turli ematsional holatdagi hissiyotlari va kechinmalari olamini ochib berish; - bolaning boshqa bolalar bilan ishongan holatda muloqot qilishi uchun sharoit yaratish; - quvonchli, qayg‘uli, xotirjam, ematsional holatlarni ko‘rish va tushunishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish; - o‘zini tutib turish va g‘azab, qo‘rquv, jahl hislarini iltimoiy jihatdan maqbu shaklda namoyon qilishni rivijlantirish (boshqa Bolani turtmaslik, urmaslik, o‘yinchoqni qo‘lda tortib olmaslik va h.k); - jamiyatda qabul qilingan muloqot usullaridan foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalash:ochiq chehra bilan salomlashish va xayrlashish, o‘z iltimos va takliflarini xushmuomalalik bilan bildirish; yordam berganlik, mehmon qilganlik uchun, o‘yinchoqni olib turganlik uchun minnatdorchillik izhor qilish; o‘rtog‘ining iltimosiga xushmuomilalilik bilan javob qaytarish;javobini xotirjamlik bilan tinglash;o‘rtog‘ini xafa qilmaydigan ohangda o‘z noroziligini izhor qilish. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lga bolalar nutqini rivojlantirish emotsional tusga ega bo‘lishi zarur. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usullari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur. Bolalardagi ko‘plab nutqiy muloqot va ko‘nikmalar mashg‘ulotlrdan tashqarida shakllanadi. Maktab bolalarining kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, ustozlar va boshqalar) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Mehnat jarayonida - xo‘jalik – mashiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi. O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoliyatni shakllantiradi.Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqt madanyatini tarbiyalashga yordam beradi. Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, shakllantirish o‘yinlari bola nuqtining ifodaliligini oshirish, to‘g‘ri sur’at, afas olish, yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar jarayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladilar va ularni mustqail ravishda qo‘llay boshlaydilar. Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof olam haqidagi bilimlar mustahkamlanadi, lug‘at mustahkamlanadi, aniqlashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish, hikoya to‘qish va h.k) qo‘llaniladi. Nutq deganda so‘zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Aslida-chi, nutq – bu insonnning eng oliy, murakkab, ruhiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Odamning ijtimoiy mehnat jarayonida kishilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashinuv vositasi sifatida vujudga kelgan muhim vazifasi. Inson tashqi olamdagi predmetlar va hodisalarni sezgi organlari yordamida va nutq vositasida idrok etadi. So‘z signalizatsiyasi, ya’ni nutq tufayli odam borliqni umuman, fikran idrok etishi mumkin. Nutq organlari, odam organizmining nutq tovushlari hosil bo‘lishida qatnashadigan turli qismlari. Aktiv nutq organlariga til, lab, yumshoq tanglay, passiv nutq organlariga esa tishlar, qattiq tanglay, burun bo‘shlig‘i kiradi. Nutqning tashqi va ichki, og‘zaki va yozma turlari bor. Tashqi nutq asosan aloqa bog‘lash maqsadlariga xizmat qiladi, shuning uchun u tinglovchilarga tushunarli qilib tuziladi. So‘zlanmaydigan va yozmaydigan ichki nutq, ya’ni o‘zi uchun bo‘lgan nutq o‘z-o‘zini bilish, tafakkur jarayonlarida g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Yozma nutq (xat yozish va o‘qish) funksional jihatdan ichki nutq (yozilajak narsani ichida pichirlash, tovush chiqarmasdan o‘qish) bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’lumki, so‘zlashuv tili nutq o‘stirishning dastlabki boshqichi hisoblanib, u asta-sekin takomillashib boradi. So‘zlashuv tili esa o‘qilgan matnlarni og‘zaki hikoya qilishda namoyon bo‘ladi. So‘zlashuvga o‘rganish barcha darslar jarayonida amalga oshadi, lekin o‘qish darslari yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga ma’naviy kamolot ona tili orqali mujassamlashadi. Ona tili, shu jumladan, o‘qish nutq o‘stirish ta’lim-tarbiya jarayonidagi eng muhim vositalardandir. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, ularning mutanosibligini ta’minlashda, milliy tilning tabiati va o‘ziga xos xususiyatini belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya’ni qiroat bilan o‘qishning amaliy ahamiyatini o‘stirish, adabiy til me’yori va mezonlariga rioya qilish, o‘qish, o‘qish metodlarini takomillashhtirish yo‘llarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur. Adabiy til tushunchasi keng qamrovli, ko‘p qirrali hodisadir. Adabiy til taraqqiyoti barqarorligini ta’minlashda bolalarning yoshlikdan nutq madaniyatlarini tarkib toptirish va tarbiyalash lozim. Til qonunlarning ta’limga tatbiqi munosabati bilan bolalarni o‘qishga o‘rgatishdagi usullarni to‘g‘ri qo‘llashi (ko‘rgazmalilik, tarqatib berilgan topshiriqli qog‘ozlar bilan ishlash yo‘llarini bilish) usullari takomillashtiriladi. O‘quvchilarning bilish faoliyatlarining o‘ziga xos taraqqiy etishini hisobga olish, ayniqsa, ularning ruhiy, fiziologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga yetarli ahamiyat qilish lozim. Ularga nisbatan e’tiborni kuchaytirish, mehrli va hamisha shirinsuxan bo‘lish zarur. Bola shaxsi pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda nozik his-tuyg‘ularga boy bo‘lib, o‘qituvchi ana shu tuyg‘ularni ilg‘ashi. Bola ruhiyatini ko‘rsatishi, ta’lim jarayonida insonparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor berishi zarur. O‘qituvchining turli fanlarni o‘qitishdan maqsadi o‘quvchilarning nutq madaniyatini, nutq ko‘nikmalrini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. O‘qituvchi nutqi o‘quvchilar uchun namunadir. O‘quvchilarning nutqi ravon, tushunarli bo‘lishi uchun eng avvalo uning nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga e’tibor berih zarur. Nutq ichki va tashqi ko‘rinishiga ega. Ichki nutq odamning o‘z ichiga gapiradigan passiv nutqi bo‘lib, u ikinchi kishining ishtirokini talab qilmaydi. Shuning uchun bu nutq o‘z-o‘ziga qaratilgan sanaladi, uni nazorat qilib bo‘lmaydi. Ichki nutq og‘zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo‘lgan faol nutq bo‘lib, u og‘zaki va yozma ko‘rinishiga ega. Yozma nutqning og‘izaki nutqdan yana bir farqi shuki, yozma nutqni ko‘ramiz va o‘qiymiz. Yozma nutqning muvaffaqiyatli chiqishi uchun yig‘ilgan materialni sistemalashtirish, reja tuzish, ishning homaki nusxasini tayyorlash, matn ustida qayta ishlab takomillashtirish va oqqa ko‘chirish zarur. To‘g‘ri va ifodali gapirish har bir o‘qimishli kishi uchun hayotiy zaruriyat bo‘lib qolgan hozirgi davrda o‘quvchilarning nutqini o‘stirish muammosi o‘quv-tarbiya tizimining eng dolzarb masalalaridan biri deb qaralmog‘i kerak. Shuning uchun ham olimlar K.B. Barxin, B.I. Sokolov M.A. Ribnikova va boshqalarning metodik asarlarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘zaro muvofiq holda o‘stirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Olimlar tomonidan maktabda o‘qitish jarayonida ro‘y berayotgan quyidagi kamchiliklar tanqid qilinadi: 1. O‘qituvchilarning ko‘pchiligi og‘zaki nutqning hayotiy ahamiyatini hali ham yetarli tushunmayaptilar. Shuning uchun ular maktab maxsus og‘zaki nutq o‘stirish mashqlari o‘tkazishga muhtoj emas, deb hisoblab xato qilmoqdalar. Bunday o‘qituvchilar, o‘quvchi mukammal, bexato yozishni o‘rganib borsa, ularning nutqi o‘z-o‘zidan o‘sib boradi, deb hisoblab amalda og‘zaki va yozma nutqning aloqadorligini unutib qo‘yadilar. 2. O‘quvchilarning nutqi mazmun juhatdan nihoyatda kambag‘al va qator kamchiliklarga ega. Chunki yuqori sinflarda o‘qituvchi nutq masalasiga e’tibor bermaydi. Shuning uchun, o‘qitish jarayonida o‘quvchilar nutqiy tafakkurni o‘stirish, nutq madaniyatini shakllantirish uchun o‘qituvchilarga quyidagi tavsiyalardan foydalanish joiz deb hisoblayman: 1. Har bir o‘qituvchi o‘quvchi nutqini o‘stirishga mo‘jallangan xilma – xil metodik shakl va usullarni foydalanishi. 2. O‘quvchilar uchun og‘zaki nutqini o‘stirishga mo‘jallangan mashqlar tizimini tashkil qilish. 3. O‘quvchilar og‘zaki nutqni o‘stirishga mo‘jallangan mashqlar tizimida monologik va dialogik nutq ko‘nikmasini hosil qilish. Endilikda nutq odobi, nutqiy mahorat, notiqlik mahorati maktablar hayotidan keng o‘rin olmog‘i lozim. Ayniqsa, o‘qituvchining nutqida ifodalilik yetarli bo‘lsa, albatta, bunday nutq bolalar nutqiga ham ta’sir etadi. Muloqot madaniyatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, kishilar o‘rtasidagi tinchlik va osoyishtalikning eng muhim tamal toshi ekanligi avvaldan ma’lum. Zero, barcha ma’naviy axloqiy fazilatlarning poydevori, tushunchalari, ko‘nikmalri bolalikdan tarkib toptirilsagina, bu poydevor barqaror bo‘ladi. Ma’naviy axloqiy fazilatlar tarkibida nutq, muloqot, munosabat madaniyati alohida o‘rin tutadi. O‘quvchilarda nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli kattadir. Bu o‘qituvchining erkin va aniq – ravshan nutqi, o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq madaniyatini individual shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq rivojining tarbiyasi individual uslubining haqiqiy shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish va o‘quvchilar nutqining ravonligini rivojlantirish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutqning o‘sishini mustaqil tahlil qilish, o‘zaro har tomonlama tavsifnomalar, o‘qituvchining kuzatishlari asosida amalga oshadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida nutq muomalasi haqida, ‘‘Men boshqa kishilar bilan muomalada qandayman?” mavzusida suhbat o‘tkazish. 2. Nutqiy muomaladagi kamchiliklarni aniqlash va ularni barham toptirish yuzasidan qilingan ishlar: uyatchanlikni, tortinchoqlikni, muomala uslubidagi salbiy holatlarni yengish. 3. Nutqda pedagog uchun muomalaning hissiy juhatdan qulay bo‘lgan uslubini ishlab chiqishga doir topshiriqlar va ularni o‘z-o‘zini kuzatish ma’lumotlari bilan taqqoslash. 4.Nutqiy muomalada o‘z individual uslubiy pedagogik muomalaning tarkibiy qismlarini egallash sohasidagi ishlar. Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda, o‘quvchilar nutqining o‘stirilishida pedagogik muomalaning juhatlari muhim rol o‘ynaydi. Bu o‘rinda, bir nechta bosqichlar ajratib ko‘rsatiladi. Download 107.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling