Boshlang’ich sinf texnologiya darslarini tashkil etish va o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari
Download 107.1 Kb.
|
1 2
Bog'liqBoshlang\'ich. mmmm
Boshlang’ich sinf texnologiya darslarini tashkil etish va o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari KIRISH Boshlang’ich sinf o’quvchilarini har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashda texnologiya fanining o’rni katta va beqiyosdir.Ushbu fan bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki boshlang’ich maktab o’quvchilarida dunyoni anglashga bo’lgan qiziqish birmuncha ustun.Mehnat inson faoliyatining asosiy qismi, unda bola shaxsini shakllanishi uchun ko’plab imkoniyatlar mavjud.Bu imkoniyatlar bolaning ta’lim- tarbiyasi, jismoniy va aqliy mehnat qobiliyatlari negzida jamiyat va atrof muhitga ijtimoiylashish jarayonlarida nomoyon bo’ladi. Asosiy qism Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan “texnologiya ” fani boshqa fanlar singari o’quvchilar hayotida muhim rol o’ynaydi.Ushbu fan 1-sinfdan toki 9-sinfgacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib o’quvchilarning o’qish faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Maktablarda texnologiya darslari uch bosqichda tashkil etilib, ulardan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni jismoniy tomondan to’g’ri rivojlantirish, mehnat olami va mehnat kishilari, mehnat munosabatlari, mehnat qurollari va amallari, ishlab chiqarish sohalari va kasblar olami,umumiy qilib aytganda mehnatga oid bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, to’g’ri va ongli kasb tanlashga yo’naltirishdan iboratdir.Yuqorida keltirilgan bosqichlardan har birining oldiga qo’ygan birmuncha aniq vazifalar mavjud. 1-bosqichda 1-4-sinf texnologiya darslarida mehnat munosabatlarinig kishilar hayotidagi o’rni, mehnatga oid ilk tushunchalar va eng sodda mehnat amallari,mehnat qurollari,ulardan foydalanishga doir ilk dastlabki ma’lumotlar beriladi. 2-bosqichda 5-7-sinflardagi texnologiya darslarini tashkil etadi.Ushbu bosqichda texnologiya darslari texnologiya va dizayn (metallarga va yog’ochga ishlov berish texnologiyalari), servis xizmati (pazandachilik asoslari va gazlamaga ishlov berish), hamda umumlashgan yo’nalishlarda tashkil etiladi. 3-bosqichdagi texnologiya darslari 8-9-sinflarda olib boriladigan texnologiya darslari bo’lib ikkinchi bosqichdan asosiy farqi shundaki o’quvchilarga kasb tanlashga oid tavsiyalar va ishlab chiqarish asoslariga oid ma’lumotlar beriladi. Boshlang’ich sinf texnologiya darslari qiziqarli va foydalidir.Dars davomida o’qituvchi o’quvchilarga nazariy va amaliy bilimlar berib boradi.O’quvchilar olgan nazariy bilimlari asosida amaliy mashg’ulotda berilgan topshiriqlarni bajaradilar.Texnologiya darslarida asosiy o’rinni qo’l mehnati egallaydi o’quvchilar kattalar qilishi mumkin bo’lgan ishlarning oddiy ko’rinishlarini qo’l mehnati yordamida bajaradilar bu esa ularga zavq bag’ishlaydi.Boshlang’ich sinf texnologiya darslarida quyidagi ish turlari mavjud: Download 107.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling