Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish uslubiyati


Olmosh so’z turkumi mavzusida 1 soatlik dars ishlanma


Download 46.18 Kb.
bet9/10
Sana15.12.2022
Hajmi46.18 Kb.
#1008401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish uslubiyati

2.2. Olmosh so’z turkumi mavzusida 1 soatlik dars ishlanma
MAVZU: Olmosh so’z turkumi haqida ma’lumot
Darsning maqsadi: O’quvchilarda so’z turkumi olmosh haqida tushuncha hosil qilish. Ularni guruhlarga ajratib o’zaro hamkorlikda ishlashni o’rgatish, nutqiy tafakkurini oshirish, qo’shimcha materiallardan foydalanishni o’rgatish.
Darsning jihozi: Vatanimiz gerbi, bayrog’i, audio kasseta “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali 7-sinf adabiyot darsligi mavzusiga oid ko’rgazmalar
Darsning shiori:
Ilmga yarab qolsang bir muddat,
Uni oshirmoqqa aylagil shiddat
Guruhlarning shiori:
O’qigan – o’qigan emas,
uqqan o’qigan.
Ilm olmoq – igna bilan quduq qazimoq.
Aziz o’quvchilarim! Bugungi darsimiz so’z turkumi olmosh haqida bo’ladi. Siz shiyorlardan birini tanlab, quvnoqlar va zukkolar guruhlariga bo’lishingiz kerak. Vazifangiz dars davomida beriladigan topshiriqlarga tayyor turishingiz, olgan bilimlaringizni namoyon qila olishingiz qo’shimcha adabiyotlardan tezkor bilan foydalana olishingiz kerak bo’ladi. O’quvchilar bilan hamkorlikda ishlab, mustaqil fikrlashga o’rganing. O’quv faoliyatingizni 1 bosqichida to’g’ri, notog’ri o’yinini boshlaymiz: Bunda guruhlarga bir biriga savollar berishadi. Guruhlar to’g’ri - notog’riligini tekshirishadi. Javobi to’g’ri topsangiz kartochka olish huquqiga ega bo’lalsiz. Darsimizning nixoyasida kartochkalar yordamida g’olib guruh aniqlanadi.
O’yinni boshladik:
Quvnoqlar va zukkolar guruhi navbat bilan olmosh so’z turkumi haqida ma’lumot bera boshlaydi. To’g’ri javob uchun 1 tadan kartochka beriladi
O’qituvchi: bu o’yinda ikkala guruh ham juda yaxshi qatnashdingiz. Qarang mana bu ko’rgazmada Mustaqil O’zbekistonimiz gerbi, bayrog’i tasvirlangan. Hozir shu tasvir asosida izoxiy diktant o’tkazamiz. Sizning vazifangiz gaplarni yozib olish va birinchi gapdagi “hoshiyaviy” ikkinchi gapdagi “hoshiya” humo 3 gapdagi “O’z tilim” so’zlariga izox berishdan iborat bo’ladi.
1. Bayroqning o’rtasidagi oq rangli enining chetlaridan teng qizil xoshiyalar o’tkazilgan
2. Gerbning markazida qanotlarini keng yozgan humo qushi tasvirlangan.
3. O’z elim, o’z uyim, o’z tilim, bor bo’l.
O’quvchilar o’qituvchining savollariga o’z fikrlarini mustaqil bayon etgan xolda javob berishadi. Savollarga olmosh qatnashgan bo’lishi kerak.
Navbatdagi o’quv faoliyatida “ijodkor” o’yini o’tkaziladi. Yozuv taxtasiga quvnoqlar guruhi ot so’z turkumi ishtirok etgan gaplardan namunalar yozadi, zukkolar esa shu gaplardan egani olmoshdan topib fikrni davom ettirishlari yoki yangi gap tuzishlari talab qilinadi. Masalan: (Anvar juda ziyrak bola, uning ziyrakligi o’qishga qo’l keladi)
Keyingi mashg’ulot. Berilgan gaplardagi nuqtalar o’rniga kerakli olmoshlarni qo’yish.
1. (Bunda)……..bor harorat, muhabbat, shavqat.
2. (nima)……kishiga ko’p ziyon keltiradi?
3. (O’zingni)…….er bilsang, (o’zgani)….sher bil
O’qituvchi yozuv taxtasiga guruhlar, olmoshlar ishtirokida gapning bo’laklari vazifasida kela oladigan gaplar tuzing.
O’qituvchi: Hozir bilimingizni yana sinab ko’rish maqsadida magnit lentasidan 3 marta saylanma diktant matni o’qiladi. Matnda olmoshlarni topib, daftaringizga yozing. So’ngra matndan olgan xulosalaringizni olmoshlar ishtirokida bayon eting va matn mazmuniga mos keladigan maqollardana ayting.
„Izlanish“ sahifamizda quvnoqlar guruhlariga 7 sinf adabiyotida darsligining she’riy matnlari tarkibida, zukkolar guruhiga „O’zbek tili va adabiyoti“ jurnalidan o’rin olgan maqola tarkibidan olmoshning satrlaridan misollar keltirish topshiriladi. Topshiriq baxribayt shaklida olib boriladi.
Navbat grammatik topshiriqlarga
1. Oti sifat, sonlarga ham olmoshlardan so’zlarga har doim o’rin bosar, ot kabi turnalar. Almashadi ot bilan, ham soni sifat bilan Aytingchi bu qanday so’z turkumi? (olmosh)
2. “Seni”, “Men”dan tushar unga bunga qo’shilar (n undoshi)
3. Men, Sen, Biz, U, ular. Topingchi qanday so’zlar? (Kishilik olmoshlari)
4. Ma’nosida bor so’roq qanday olmosh top o’rtoq? (So’roq olmoshi)

O’qituvchi: Mana dars davomida guruhlar bir – biringiz bilan hamkorlikda do’stona ishladingiz. Topshiriqlarni yakdillik bilan bajardingizda ustozingiz o’z o’rni bor deb o’ylayman. Shunday ekan, hozir “Ustoz” haqida kichik matn yarataylik. Matnni albatta olmoshlar ishtirok etgan gaplarda tuzishingiz kerak bo’ladi,


Darsimiz yakunida tanlangan shiyoringiz qanchalik to’g’ri ekanini isbotlashingiz kerak. Bugungi darsimizdan qatra bo’lsada ilm oldingiz deb o’ylayman. Yiqqan baho kartochkalaringiz ham shuni ko’rsatib turibdi. Bu bilimlaringiz bir kun yig’ilib – yig’ilib albatta daryo bo’ladi. Shunday ekan har kungi darsga tirishqoqlik bilan tayyorlaning “Bilmaslik ayb emas, o’qimaslik - ayb” Doimo kitob sizning hamrohingiz bo’lsin!
Xulosa
Maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, Olmosh umumlashgan predmet (Olmosh - ot: men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima), umumlashgan belgi (Olmosh - sifat: bu, shu, oʻsha, qaysi, allaqanday, hech qanday), umumlashgan miqdor (Olmosh - son: qancha, necha, shuncha, oʻshancha) bildi-ruvchi Olmoshlarga boʻlinadi. Olmoshlar noaniqligi, soʻz yasalishining yoʻqligi bilan boshqa soʻz turkumlaridan farqlanadi. Olmoshlar maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi: kishilik Olmoshlari — men, sen, u, biz, ular boʻlib, shaxslar oʻrnida ishlatiladi, oʻzlik Olmosh — oʻz soʻzidan iborat boʻlib, predmet maʼnosini kuchaytirib, taʼkidlab koʻrsatadi; koʻrsatish Olmosh — bu, shu, oʻsha, u, ana, mana kabilar predmet va uning belgilarini koʻrsatadi; soʻroq Olmosh — kim? nima? qancha? qanday kabilar predmet, belgi va miqdor haqida soʻroqni bil-diradi; belgilash-jamlash Olmosh — hamma, bari, baʼzan, har nima, har qanday kabilar predmet va uning belgisini umumlashtirib, jamlab koʻrsatadi; boʻlishsizlik Olmosh — hech kim, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi kabilar inkor maʼnosini bildiradi.
Ot, sifat, son, ravish kabi so'z turkumlari o'rnida qo'llanib predmet, belgi, miqdor tushunchasining mavjudligini ko'rsatadigan, ularning vazifasini bajaradigan so'z turkumiga olmosh deyiladi. Olmoshlar predmet, belgi, miqdor ma'nosini anglatmay, faqat ularga ishora qilish, ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Masalan: Bizga qalin do'st kitob, u go'yo nurli oftob. Bu gapda biz va u olmoshlari ot o'ringa kelib, shaxs va predmetga ishora qilgan. Siz ana shu jannatni dunyoga keltirgan odamlar sog'ligining posbonisiz. (M.Muhammedov). Bu gapda ana shu olmoshi sifat o'rniga kelib, beligiga ishora qilgan. Men bunaqa voqealar haqida qancha-qancha kitoblar o'qiganman. (O.Ё.). Bu gapda qancha-qancha olmoshi ravish o'rniga kelib, miqdoriy belgiga ishora qilgan.
Demak, olmosh nutqning mustaqil qismidir (bu uning boshqa qismlardan alohida "yashashi" mumkinligini anglatadi, birlashma yoki bosh gap kabi hech qanday so'zga bog'liq emas). Olmoshlar ot, sifat, son va ergash gaplarni almashtirish uchun ishlatiladi. Misol uchun, agar sizga mushuk haqida matn kerak bo'lsa, har bir jumlada "mushuk" so'zini yozish xunuk. Va agar siz "mushuk" ni bir necha marta "u" olmoshi bilan almashtirsangiz, yanada hazm bo'ladigan matnni olasiz.
Shuni ta’kidlash kerakki, bosh gapdagi birinchi shaxs birlikda “o” yuklamasi “obo” predlogi bilan almashtiriladi – “men haqimda” emas, “men haqimda”. Bu rus tilining yana bir xususiyati: uni shunday talaffuz qilish qulayroqdir.
Rus tilidagi shaxs olmoshlarining tuslanishi qiyin ish emas. 


Download 46.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling