Boshlang‘ich sinfda matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish


Download 9.94 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi9.94 Kb.
#1819901
Bog'liq
mo`m 1-ma`ruza


Boshlang‘ich sinfda matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish
Reja:
1.Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to`garak, matematika kechasi va boshqa turlari).
2.O’zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash, o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo‘yilgan talablar.
3.O‘quvchilar bilimini tekshirish metodlari.
4.Darsdan tashqari mashg‘ulot turlari.
5.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga mos tarixiy ma’lumotlarni o‘zlashtirishi mazmuni.
Matеmatikadan «sinfdan tashqari ish»lar dеyilganda o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosidaixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashqulot-lar tushuniladi. O‘quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud:
1.Mustaqil uy ishlari. 2.O‘quvchilar bilan yakka va guruh mashg‘ulotlar. 3.Matеmatikaga qobiliyatli o‘quvchilar bilan o‘tkazila-digan mashg‘ulotlar. 4.Matеmatikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar. 5.O‘quvchilar bilan ishlab chiharishga, tabiatga eks-kursiya. 
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: *bilimlarni va amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda kеngaytirish; *o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matеmatik ziyrakliklarini rivoj-lantirish; *matеmatikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish,talabchan-lik, irodani tarbiyalash, mеhnatga muhabbat,mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash. 
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlariga ega:
1.O‘z mazmuni bo‘yicha matеmatika dasturiga taalluqli emas. Ammo bеriladigan bilimlar o‘quvchilarning kuchiga mos bo‘lishi kеrak.
2.Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o‘quvchilarni jalb qilishi, ya'ni qiziqarli bo‘lishi zarur. Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ham qiziqish yordamida faol o‘quvchilarga aylanishi mumkin.
3.Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lеkin qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashqulotlarga baho qo‘yilmaydi, ammo faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
4.Mashqulot mazmuni va shakllariga qarab, 10–12 minutdan 1 soatgacha mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
5.Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli-tumanligi. 
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish mеtodikasi quyidagilarga asoslanishi kеrak: 1.Darsda o‘quvchilar olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni hisobga olgan holda o‘tkaziladi. 2.Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi. 3.Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli bo‘ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o‘tkaziladigan ishning rеjalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.
Endi sinfdan tashqari ish 
turlari bilan tanishib chiqay-lik. 1.Matеmatik o‘n minutliklar, soatlar. 2.Matеmatika to‘garaklari. 3.Matеmatik konkurs va 
olimpiadalar. 4.Qiziqarli matеmatika kе-chalari va viktorinalar. 5.Matеmatik matbuot. 6.Matеmatik ekskursiya.
Milliy ilmiy merosimizning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati ta`lim va tarbiyadagi hikmatlardadir. Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy singari ko’plab daholar bundan tashqari jadidchilik namoyondalaridan Behbudiy, Avloniy, Fitrat kabi allomalarimiz ham ilm-fan, adabiyot va san`at, umuman, madaniyatni rivojlantirishga beqiyos hissa qo’shganlar. Xalqimizning mard va qahramon farzandlaridan Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurlarning hayoti, ularning bosib o’tgan yo’li, butun faoliyati bugungi va kelgusi avlod uchun ibrat ekanini hamisha yodda tutish lozim. Buyuk allomalarimiz va xalq qahramonlarining faoliyati har tomonlama tarbiyaviy ahamiyatga egaligi va xalqimizning milliy-ma’naviy merosi ekanligini anglashimiz zarur. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ilmiy bilimlar zamirida umuminsoniy va milliy madaniy merosining mohiyatini chuqur anglab yetadi, uni idrok etish, tafakkur qilish, xulosalar chiqarish asosida tabiat va jamiyat qonuniyatlariga haqqoniy munosabati paydo bo’ladi. O’quvchidagi bu munosabat ongli ravishda amalga oshiriladi. Faoliyatni ongli va ilmiy asosda tashkil etish aqliy madaniyatning yuqori ko’rsatkichidir. O’quvchining, o’zbek xalqining, intellektual milliy-ma’naviy merosdan bahramand bo’lmog’i, o’z tarixi, adabiyoti, san`ati, ma`naviy-ruhiy qadriyatlari, dinini puxta bilish asosida o’zligini anglashi, vatan, xalq, millat manfaatlari uchun mas`ullik, milliy g’ururining shakllanishi aqliy madaniyatining sifat o’lchovlari hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy-ma’naviy madaniyati asosan o’quv fanlarini o’rganish jarayonida shakllanadi. Milliy-ma’naviy madaniyat ma`naviy madaniyatning boshqa tarkibiy qismlarini shakllanishida tayanch bo’lim hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’zbek xalqining milliy-ma’naviy merosidan foydalanish orqali ularda faollikni oshirish o’quvchilarining ma`naviy madaniyatini shakllantirish uslubiyatini ishlab chiqish shu jarayonning samaradorligini ta`minlovchi omillarni aniqlab olishni taqozo etadi. O’quvchi muhitda faoliyat jarayonida o’zligini anglashni shakllantirish uchun ma`naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. Harakatsiz muhit, faoliyat bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda milliy-ma’naviy merosdan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ma`naviy harakat omiliga ham bog’liq. Boshlang’ich sinf o’quvchisining xulq namunasi, ma`naviy harakati, nutqiy aloqalari samarasi o’qituvchi va o’quvchining o’z faoliyatlariga munosabatlari bilan belgilanadi. O’zbek xalqining intellektual merosni tarixiy taraqqiyot bosqichlari asosida o’rganish, tarbiyaviy mohiyatidan ta`sirlanish va amaliy faoliyatda ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko’tarilishini ta`minlash, insoniyat tarixida shaxs va jamiyat ma`naviy madaniyatini tarbiyalashda tutgan o’rniga haqqoniy baho berish ta`lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan (o’qituvchi-o’quvchi) ijodkorlikni talab etadi.
Ijodkor o’qituvchi ashyoviy va ma`naviy-ilmiy merosni, qadriyatlarning boshlang’ich sinf o’quvchisining ma`naviy madaniyatini shakllantirishdagi imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchisining ma`naviy ilmiy merosini shakllantirishning muvaffaqiyati o’qituvchi va o’quvchi ijodkorligi omiliga ham bog’liq. Bu omilni harakatlantiruvchi shartlar mavjud bo’lib, ular o’qituvchining umumpedagogik va maxsus ixtisoslik bo’yicha chuqur bilimi; kasb mahorati; o’quvchilar bilan do’stona muloqot madaniyati; ma`naviy madaniyat darajasi; ta`lim-tarbiyaning samarali shakl va usullarini tanlay bilishi; natijani oldindan aniq tasavvur etish va pedagogik faoliyatni shunga asoslanib yo’llay olishi; qiziqish doirasining kengligi; oilaviy muhiti; maktab jamoasi ichidagi mavqei; ma`naviy qadriyatlarni o’rganishga, o’z ustida ishlashga intilish darajasi va boshqalardan iboratdir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosidan foydalanish va shu asosida ularda faollikni oshirish maqsadida yaratiladigan ta`lim va tarbiya qator omillarga e`tibor berishni talab etadi.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 9.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling