Boshlang`ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalarining o`tilishi mundarija: I. Kirish


Pedagogik ta`sirotning muntazamliligi tamoyili


Download 40.85 Kb.
bet8/8
Sana26.01.2023
Hajmi40.85 Kb.
#1123551
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BOSHLANG`ICH SINFLAR UCHUN JISMONIY TARBIYA DAQIQALARINING O`TILISHI

1. Pedagogik ta`sirotning muntazamliligi tamoyili.
Mazkur tamoyil insonning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishi zaruriyatini ko’zda tutadi. Chunki qobiliyatlar, avvalo, o’zlari namoyon bo’ladigan faoliyat jarayonida rivojlanadilar va takomillashadilar. Mazkur tamoyil asosida shunday qonuniyatlar yotadiki, ular inson organizmida harakat hamda faoliyatlarning takroriy ta`siri, ishchanlik qobiliyati tiklanishining har bir bosqichida ish va dam olishning turlicha navbatlashuvi qanday aks etishini, shuningdek, mashg’ulotlar orasida o’zini oqlamaydigan darajadagi uzoq muddatli tanaffuslar yuz berganda, qobiliyatlar rivojining qaytariluvchanligini tavsiflaydi.
Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda ta`sirotlarning mustaqilligi alohida dars doirasida u yoki bu mashklarni zarur tartibda bajarish, shuningdek, ma`lum vaqt mobaynida (hafta, oy, chorak, yil va h.k.) dars va ular orasidagi dam olish oraliqlarini to’g’ri navbatlash orqali ta`minlanadi. Alohida darsda harakat faoliyatini ko’p marotabalab bajarish hamda darslarning o’zini takrorlash natijasida inson organizmida funksional siljish yuz berib, ular tegishli ta`sirni tavsiflaydi. Har bir mashqni bajargandan so’ng yoki dars yakunida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni tez muddatli (yaqin) ta`sir sifatida belgilaydilar. Bu ta`sir darhol yo’q bo’lmaydi, u ma`lum muddat saqlanib turadi. Avvalgi dars tugaganidan keyingi dars boshlanguniga qadar organizmning holatida kuzatiladigan barcha o’zgarishlar chetga surilgan yoki shakli o’zgartirilgan ta`sir deb ataladi. Agar darslar orasida haddan tashqari uzoq tanaffus bo’lsa, bu ta`sir umuman yo’qolib ketishi mumkin, bu esa jismoniy qobiliyatlar rivojida jiddiy tarzda aks etmaydi. Shuning uchun jismoniy qobiliyatlar ko’rsatkichlarida ijobiy o’zgarishlar bo’lishi yoki ularning erishilgan darajasini saqlab qolish uchun tanaffuslarga yo’l qo’ymaslik kerak, ular darslarning ijobiy ta`sirini yo’qqa chiqaradi. Boshqacha aytganda, pedagog pedagogik jarayonni shunday qurishi kerakki, har bir avvalgi darsning "izlari" keyingi darsning ta`siri ustiga "qoplanishi" (unga qo’shilishi) zarur. Bunday ish olib borish natijasida jamg’ariluvchi (to’planuvchi) ta`sir yuzaga keladi, organizmda moslashish bilan bog’liq chuqur qayta qurishlar amalga oshib, ular tana a`zolari va tuzilmalarning sifat jihatidan yangi funksional darajaga o’tishiga erishish imkonini beradi.
Demak, muntazamlik tamoyilini amalga joriy etishda jismoniy qobiliyatlar rivojlanishining asosini tashkil etuvchi funksional hamda tuzilishga oid moslashuv jarayonlarining uzluksizligi, ya`ni doimiyligini ta`minlash lozim. Bunga, eng avvalo, har bir qobiliyatni takomillashtirish uchun eng maqbul sanalgan harakat faolligi rejimiga rioya qilish orqali erishiladi, uning asosida esa, ma`lumki, ish va dam olishni u yoki bu tarzda navbatlash tartiblari yotadi. 1. Adabiyotlar tahlili asosida egiluvchanlik – jismoniy fazilat, va u harakat tayanch apparatining morfofunksional xususiyatlari ekanligi, va bu xususiyatlar shu apparat zvenolarining harakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (og’ishi, egilishi, buklanishi, cho’zilishi, qayishqoqligi, buralishi va hokazolar) bilan o’lchanishini o’rgandik.
2. Egiluvchanlik aktiv, passiv bo’lishi mumkin ekan, ya`ni muskul kuchi evaziga bo’ladigan egiluvchanlik aktiv; tashqi qarshilikni inertsiya yoki og’irligi evaziga tashqi ta`sir kuchi va hokazolar hisobiga namoyon qilinadigan egiluvchanlik passiv egiluvchanlik deyilishi aniqlandi.
3. Umurtqa pog’onasining tos son va elka bo’g’inlarining harakatchanligini boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiya jarayonidagi ahamiyati beqiyos ekan degan to’xtamga keldik.
4. Egiluvchanlikni boshlang’ich sinf o’quvchilarida rivojlantirish uchun maksimal harakat amplitudasidagi cho’zish, eshish, buklana olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalanish kerak.
5. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida emotsionallik, ko’tarinki kayfiyat va boshqalar egiluvchanlikning namoyon bo’lishiga ijobiy yoki salbiy ta`sir ko’rsatishini jismoniy tarbiya darslari jarayonida tajribaviy amaliyotda isbotlandi.
6. Egiluvchanlikni rivojlantirish ustida ishlash boshlang’ich sinf o’quvchilarida kattalarga nisbatan oson kechishi, 12 yoshdan keyin harakat amplitudasi kamayishi va yosh o’zgargan sari tayanch-harakat apparati rivojlanishi qiyinroq bo’lishi, qizlarda o’g’il bolalarga nisbatan 20-30% yuqoriligi kuzatildi va tajribaviy asoslandi.
7. Bolalik yoshida egiluvchanlikni rivojlantirish oson bo’lgani sababli, boshlang’ich sinf yoshidagilardan boshlab bu sifatni rivojlantirishni chuqurlashtirib rejalashtirish unumli samara beradi degan xulosaga keldik.


XULOSA
Umumiy o’rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti (UO’TJTDTS) ta’lim jarayonining sifatiga, ta’lim mazmuniga doir talablarni: o’quvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi hamda bitiruvchilarga qo’yiladigan talablarni, ta’lim muassasalari faoliyati va jismoniy ta’lim hamda tarbiya sifatiga baho berish tartibi va mexanizmlarini belgilab beradi.
Jismoniy tarbiya va ta’lim" kursi umumiy o’rta ta’limda quyidagilardan tarkib topadi.
1. Jismoniy tarbiya darslari- maktabda jismoniy tarbiya va ta’limning asosiy shakli. Ularning miqdori Tayanch o’quv rejasida haftasiga 2 o’quv soati hisobidan belgilangan
2. Harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastika, umumiy o’rta ta’lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari va pauzalari, uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar, ko’ngil ochar o’yinlar.
3. Jismoniy mashq mashg’ulotlarning sinfdan tashqari shakllari: sport sektsiyalari, fakultativlar, o’quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to’garaklar va boshqalar.
4. Umum maktab tadbirlari: bayramlar, sport turlari bo’yicha musobaqalar, spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar.
5. Mustaqillik mashg’ulotlari: ko’pincha uy vazifalarini bajarish tarzida, BO’SM sho’balaridagi mashg’ulotlar, safarlar, o’yinlar va boshqalar.
1. Mashg’ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun 8-10 soat.
2. 5-9 sinf o’quvchilari uchun 10-12 soat harakat rejimini ta’minlab berishi kerak
3. Belgilangan hajm o’quvchilarning ko’rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir.
4. Nosog’lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o’quvchilar uchun maxsus (individual-differentsial) rejim o’rnatiladi.
5. Jismoniy tarbiyaning barcha vazifalarini muvaffaqiyatli etish uchun maktab o’qituvchilar jamoasini, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari va ota-onalar kuchlarini birlashtirish talab qilinadi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar jismoniy tarbiyasining tashkiliy tizimi bo’g’inlari quyidagilar hisoblanadi:
-haftasiga har bir sinfda 3 marta badantarbiya darsi sifatida o’tkaziladigan mashg’ulot — dars tizimi;
-o’quv kun tartibidagi sog’lomlashtirish-badantarbiya tadbirlari
-kuni uzaytirilgan guruhlardagi har kunlik jismoniy mashq mashg’ulotlari; o’quv mashg’ulotlarigacha o’tkaziladigan badantarbiya badantarbiya daqiqalari uzaytirilgan tanaffuslardagi jismoniy mashqlar
-sinfdan tashqari ishlar: badantarbiya to’garaklaridagi mashg’ulotlar, UJT guruhlari, sport turlari bo’yicha sho’’balar, sport musobaqalari, ommaviy o’yinlar, safar va sayohatlar.
-bolalar va o’smirlar sport maktablari (BO’MS) o’quvchilar uylari va saroylari maktablardan tashqari muassasalarda badantarbiyani tashkil qilish shakllari ko’ngilli jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari (KSJ) sport sho’balarida o’tkaziladigan muntazam o’quv-trenirovka mashg’ulotlari va sport musobaqalari yashash joylarida, har xil tipdagi yozgi dam olish oromgoxlari;
-ommaviy sog’lomlashtirish- badantarbiya tadbirlari, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari kun tartibida ko’zda tutilgan tadbirlar (ertalabki badantarbiya, har kunlik cho’milish, joylardagi o’yinlar, safarlar va boshqalar);
-istirohat va dam olish bog’lari bolalar sektori, sport va turistik bazalarda tashkil qilinadigan ommaviy o’yinlar, tanlovlar, sport-ko’ngil ochishlar, sayr va safarlar.

Adabiyotlar ro‘yxati:




  1. Salomova R.S. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati» T.: 2014.

  2. Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.

T.: “Iqtisod-moliya”, 2008.

  1. Nuriddinova M.M. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui». -T.: “Muxarrir”, 2013.

  2. Fayzullayeva M. va boshq. “Sog‘ tanda-sog‘lom aql”. T.: 2014

  3. Usmonxo‘jayev T. va boshq. “500 harakatli o‘yinlar”. -T.: “Yangi asr avlodi”, 2014.


Download 40.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling