Boshlang’ich sinflarda arifmetik usullarda masalalar yechish bosqichlari


Kurs ishi mavzusining órganganlik darajasi


Download 57.44 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi57.44 Kb.
#1493015
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Murodova

Kurs ishi mavzusining órganganlik darajasi: Boshlang’ich sinf uchun darslik va o’quv qo’llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.Sh. Levenberg), o’qituvchilar uchun qo’llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o’quvchilar uchun, tajriba-sinov qo’llanmalari (M.Ahmedov, N.Abduraxmonova, R.Ibragimov, Y.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to’plami (o’quv materiallari) orqali boshlang’ich maktab o’quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to’xtalib o’tishgan.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitish samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni qo’llash usullarini ishlab chiqish, dastur materiallariga
mos matnli masalalarni o’rganishning samarali usullarini aniqlash yangi
pedagogok texnologiyalardan foydalanib masala yechishni amalga oshirish yo’llarini izlashdan iborat. Bitiruv malakaviy ishning vazifalari quyidagilarni tashkil etadi.
1. Boshlang’ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar asosida matematika
darslarini tashkil etishning mavjud holatini o’rganish .
2. Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tashkil
etishning ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash .
3. Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini zamonaviy texnologiyalar
asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni belgilash.
4. Boshlang’ich sinf matematika darslarini ta’limning zamonaziy interfaol
metodlari asosida tashkil etishda maxsus metodlarni tajriba -sinovdan o’tkazish va uning samaradorligini aniqlash.
Kurs ishining obyekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining
boshlang`ich sinf matematika darslaridagi o’qitish jarayoni.
Umumta’lim maktablarining boshlang`ich sinf matematika darslarida
masalalar haqidagi tushunchalarni shakllantirish mazmuni, usullari va samarali vositalari.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism boblari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatlaridan iborat.

Download 57.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling