Boshlang’ich sinflarda arifmetik usullarda masalalar yechish bosqichlari
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ARIFMETIK MASALA YECHISHNING NAZARIY ASOSLARI
Download 57.44 Kb.
|
Kurs ishi Murodova
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ARIFMETIK MASALA YECHISHNING NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Boshlangich sinflarda uchraydigan arifmetik masalalarning maqsad va vazifalari. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodlari Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang’ich kursning asosiy o’zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat. Bundan tashqari, bu kursga geometriya va algebraning asosiy tushunchalari birlashadi. Boshlang’ich sinf matematika kursi maktab matematika kursining organik qismi bo’lib hisoblanadi. 1 - 4 sinflarda o’qitiladigan matematikaning eng asosiy va o’quvchilar yoshiga mos bo’lgan elementar tushunchalari beriladi. Yuqori sinflarda shu tushunchalar kengaytiril- gan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o’qitiladi. Demak, boshlang’ich sinf matematikasining mazmuni yuqori sinf matematikasining mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang’ich matematikaning tuzilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega: 1. Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar arifmetikasi, asosiy miqdorlar, algebra va geometriya elementlarining propedivtik kurslari asosiy bo’lim shaklida o’qitilmasdan arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi. 2. Boshlang’ich sinf materiali kontsentrik tuzilgan. Masalan, oldin II o’nlikni nomerlash o’qitilsa, keyin 100 ichida nomerlash va arifmetik amallar bajarish o’qitiladi. Undan keyin 1000 ichida arifmetik amallar bajarish, keyin ko’p xonali sonlar ichida nomerlash, miqdorlar, kasrlar, algebraik va geometrik materiallar qo’shib o’qitiladi. 3. Nazariyasi va amaliyot masalalari o’zaro organik bog’langan xarakterga ega. 4. Matematik tushuncha, xossa, qonuniy bog’lanishlarni ochish kursda o’zaro bog’langan. 5. Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi. Masalan, arifmetik amallarni o’qitishdan oldin uning aniq mohiyati ochiladi, keyin amalning xossalari, keyin komponentlar orasidagi bog’lanish, keyin amal natijasi, oxirida amallar orasidagi bog’lanish beriladi. 6. Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o’zaro bog’lanishda berilgan. 40 + 30 va 60 - 20 ko’rinishidagi misollarni yechish o’n ichida qo’shish va ayirishga asoslanadi. Muhokamani quyidagicha olib boramiz: 40 – bu to’rtta o’n, 30 esa 3 ta o’n. Agar 4 ta o’nlikka «3 ta o’nlikni qo’shsak, unda 7 ta o’nlik hosil bo’ladi. 7 ta o’nlik bu 70 ta birlik, demak 40 + 30 = 70. Bu muhokamani yozuv orqali amalga oshirish mumkin. Bu yozuvni keyinchalik 40 + 30 = 70 deb yozamiz. Agar bolalar hisoblashda qiynalsalar sanoq cho’plaridan foydalanishni tavsiy etamiz. Xuddi shunday muhokamani 60 - 20 uchun olib boriladi. Bundan tashqari 100; 80 + 20, 100 - 30 sonlariga e’tiborni maxsus qaratish talab etiladi. Qolgan barcha og’zaki hisoblash usullari bitta sxema asosida bajariladi. Shuning uchun 23 + 50 usuliga alohida to’xtalib o’tamiz. 1. Tayyorlov bosqichi. Tayyorlov bosqichida quyidagi tayanch bilimlar ishlab chiqiladi: a) ikki xonali sonni xona qo’shiluvchilari ko’rinishida yozish (23 = 20 + 3); b) yaxlit sonlarni qo’shish (20 + 50 = 70); v) yaxlit sonlarni bir xonali songa qo’shish (70 + 3 = 73). Barcha bu amallar 23 + 50 ko’rinishidagi qo’shishning tarkibiy qismi bo’ladi. Shuning uchun, keltirilgan amallarni yaxshi bajarishga erishish zarur. 2. Berilgan hisoblash usuliga nazariy asos bo’ladigan qo’shish qonunlari bilan tanishish bosqichi. Arifmetik amalar bilan tanishishda. Nazariy asoslashdan foydalanila hisoblash usullarini bajarilishi bolalarda muvaffaqiyatni kechadi dasturda bu qoida yig’indida ko’shiluvchilarni o’rnini almashtirish ko’rinishida foydalaniladi. 3. Hisoblash usuli bilan tanishish bosqichi: a) sanoq go’plari yordamida bajarish; b) sxemalar bo’yicha modellashtirish masalan, o’nlik deb uchburak ichidagi o’nta nuqtani joylashtirish mumkin. Keyinchalik uchburchak deb o’nli tushirish mumkin bo’ladi: v) Hisoblash usulini sonli yozuvi: 34 + 40 = (30 + 4) + 40 = (30 + 40) + 4 = 70 + 4 = 74 Berilgan misolda qo’shishni ketma-ket bajarishni bolalarni yodda saqlashlari bir oz bo’lsada qiyinroq kechad. Bunday holda uchta tayanch so’zdan foydalanamiz: almashtirish ..., hosil qilamiz ..., qulay... . Shuncha ko’ra o’quvchi: 34 ni 30 va 4 bilan almashtiramiz. (30 + 4) + 40 ni hosil qilamiz. 30 va 40 ni qo’shish qulay va yetmish to’rt hosil bo’ladi. 4. Hisoblash ko’nikmalarini shakllantirish bosqichi Bu bosqichda mashqlar sonini oshirish nazarda tutiladi. Qolgan barcha hisoblash usullari ma’lum sxema asosida bajariladi. Ikki xonali sonlarni ustun shaklida qo’shish va ayirish 2-sinfda bolalar har qanday ikki xonali sonlarni ustun shaklida qo’shish va ayrishni tez bajarishni o’rganishlari kerak. Bu usula quyidagicha bajarilishi mumkin: 1) ikki xonali sonni xonadan o’tmasdan qo’shish (45 + 23); 2) ikki xonali sonni xonadan o’tmasdan ayirish (57 - 26); 3) ikki xonali sonni xonadan o’tibqo’shish (37 + 48); 4) ikki xonali sonni xonadan o’tib ayrish (52 - 24). Ustun shaklida qo’shish yig’indiga yig’indini qo’shish qoidasiga asosan bajariladi. Shuning uchun sanoq cho’plaridan foydalanib bajarish ma’qul. Nihoyat 5 + 3 = 8, 40 + 20 = 60, 60 + 8 = 68 bajariladi: 1) O’nlik ostiga o’nlik, birlik ostiga birlikni yozamiz; 2) birliklarni qo’shamiz: 5 + 3 = 8 3) unliklarni qo’shamiz: 4 + 2 = 6 4) Javobni o’qiymiz: oltmish sakkiz. Ikki xonali sonlarni qo’shish va ayirishni qolgan hollari shunga o’xshash bajariladi. Unda asosiy diqqatni o’nlikdan o’tib qo’shishda dilda 1 ni saqlashni yoki unlikdan o’tib ayrishda 1 ta o’nlik qarz berib ustiga nuqta ko’yishga qaratishlari lozim. Masalan, qo’shish asosida ko’paytirish keltirib chiqarilgan. Boshlang’ich matematika kursi o’z tuzilishi bo’yicha arifmetik, algebraik va geometrik materialdan iborat qismlarni tashkil etadi. Boshlang’ich matematika kursida arifmetik materialning kontsentrik joylashuvi saqlanadi. Ammo, amaldagi dasturda kontsentrlar soni kamaytirilgan: o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar. Shuni ham aytish kerak, material shunday katta gruppalashganki, unda o’zaro bog’langan tushunchalar, amallar, masalalarni qarash vaqt jihatdan yaqinlashtirilgan. Arifmetik amallarning xossalari va mos hisoblash usullarini o’rganish bilan bir vaqtda arifmetik amallar natijalari bilan komponentlari orasidagi bog’lanishlar ochib beriladi. (Masalan, agar yig’indidan qo’shiluvchilardan biri ayrilsa, ikkinchi qo’shiluvchi hosil bo’ladi). Komponentlaridan birining o’zgarishi bilan arifmetik amallar natijalarining o’zgarishi kuzatiladi. Algebra elementlarini kiritish, chuqur, tushunilgan va umumlashgan o’zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik, tengsizlik, tenglama, o’zgaruvchi tushunchalari konkret asosda ochib beriladi. 1-sinfdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar tengsizliklar (4=4, 6=1+5, 23, 6+15, 8-38-2 va hokazo) qaraladi. Ularni o’rganish arifmetik materialni o’rganish bilan bog’lanadi va uni chuqurroq ochib berishga yordam beradi. 2-sinfdan boshlab (x+6)-3=2 va h.k ko’rinishdagi tenglamalar qaraladi. Tenglamalarni yechish, oldin tanlash metodi bilan, so’ngra amallarning natijalari bilan komponentlari orasidagi bog’lanishlarni bilganlik asosida bajariladi. Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni, bog’lanishlarni ko’rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan, to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlarga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasini bog’lanishi ochib foydalaniladi...). 1-sinfdan boshlab to’g’ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko’pburchaklar va ularning elementlari, to’g’ri burchak va hokazo kiritilgan. O’quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini, ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak. O’qitish metodi tushunchasi Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning maqsadlari quyidagilar: umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, rivojlantiruvchi maqsadi. Bu maqsadlar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, bir-birini to’ldiradi. 1. Umumta’lim maqsadi o’qituvchidan quyidagilarni talab qiladi. a) o’quvchilarga matematik bilimlar sistemasidan bilim, malaka, ko’nikma berish; b) haqiqiy real olamni matematik metodlar bilan o’rganish; v) o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini o’stirishni, uning sifatli bo’lishini ta’minlash; g) o’quvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlanishi kerakki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko’nikmalari ortib borsin. 2. Tarbiyaviy maqsad. Matematika o’qitish o’quvchilarni sabotlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, o’z fikri va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa, kuzatish, tajriba va fahmlash asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo’lishiga erishish kerak. Miqdorlar orasidagi bog’lanishni ifodalash uchun matematikadan simvollar ishlatiladi. Mana shu matematik simvolik til rivojlanishi kerak. O’qituvchining vazifasi simvolik tilda ifodalangan matematik fikrni ona tiliga ko’chirishga o’rgatishdan iborat bo’lmog’i kerak. Bilishga intilish mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg’ularini tarbiyalashi kerak. Matematika fanini o’qitishning o’zi o’quvchilarda diqqat va fikrni bir narsaga to’play bilishni tarbiyalaydi. O’qituvchi quyidagilarni ta’minlashi kerak: a) o’quvchi moddiy olamdagi bog’lanishlarni, miqdorlarning o’zgarishini, bir-biri bilan aloqasini tushunib olishi; b) o’quvchilarning matematikani o’rganishga astoydil qiziqishini ta’minlash; v) vatanga, mehnatga, insonlarga bo’lgan munosabatini tarbiyalash, estetik did hosil qilish; g) o’zbek millatining tarixi, jumladan, matematika o’qitilishi tarixiga bo’lgan dunyoqarashni tarbiyalash; d) o’quvchilarning matematik fikrlash qobiliyatini va matematik madaniyatini tarbiyalash; 3. Rivojlantiruvchi (amaliy) maqsad. Matematikani o’qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad - o’quvchilar olgan bilimlarni, amalda qo’llay olishga o’rgatishdan iborat. Olingan bilimlarni sonlar va matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladigan amallarga tatbiq qila bilish, har xil masalalarni yechishda foydalana bilishga o’rgatish. Bu bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo’llay bilishga o’rgatishdir. O’qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biri. Shunday qilib o’qitish metodlari o’zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi uchta asosiy funktsiya’ni bajaradi. 1.2. Boshlang‘ich sinflarda arifmetik masalalarni yechishning metodik imkoniyatlari. Boshlang’ich sinf matematik darslarida ilg’or pedagogik texnologiyadan foydalanib dars o’tilsa, o’qitish jarayoni takomillashadi. Kurs ishi dolzarbligi ana shu bilan asoslanadi. Davlat ta'lim standard o'quvchilarning har biriga ta'lim olishda teng imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini rag'badlantirish va shu orqali o'quv- bilim jarayoning farqli tashkil etilishini ta'minlash uchun da'vat etilga. Davlat ta'lim standarlarining o'quv fani bo'yicha, ta'lim sohalari bo'yicha ishlab chiqarilishi o'quv fanlarining variantini tanlash asosida o'quv metodik majmualar, jumladan, boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishni takomilashtirishni nazarda tutadi. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarishni bog'lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining ichki bog'liqligi va o'quv fanlari aro uzviylikni ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarish talablarining o'quvchilar tomonidan bajarilishi ularning tevarak zarur bilim, malaka va konikmalarni egallashlariga yordam beradi. o'quvchilarning tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish. faohiyatning har-xil turlarini o'quv mehnat,muloqatni egallash. o'z-o'zini nazorat qilish hamda baholarshga o'rgatish. muayyam umumiy tabiiy -ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi uning keyingi taraqiyotining tavsifi. Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarish jarayoni o'quv-bilim jarayoniga matematika o'qitish bo'yicha bilim,konikma va malakalarigina emas balki shaxsning muayyam asosiy faoliyati majmuasi- mehnat o'quv-biluv, kammunikativ-axloqiy va jismoniy- kamolatiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham taminlaydi. O’quvchilarning arifmetik amallarni bajarishga o'rgatish metodikasining nazariy asoslari. Tizimda yuz berayotgan ijtimoyi - iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizirr lo'layotgan o'zgarishlar "Ta'lim taraqqiyoti qonunda ham" Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi " da ko'rsatib o'tilgandek, har bir sinf o'quvchisiga oldiga muhim vazifa qo'yilmoqda. Bu vazifalar boshlang'ch ta'lim uchun ham xos bo'g'inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo'g'inlar xilma -xil o'quv fanlari dasturlarida, o'quv rejalarida,darsliklarda ta'limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilish mumkun. Davlat ta'lim standartlari o'quv fani bo'yicha o'quv -metodik majmualar (dastur, o'quv rejasi, darstliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o'quv fanlararo bog'lanish va bilimlarni muvofaqiyotlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarni bog'lanishi ta'minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika kursida, avvalgiga o'xshash, arifmetika asosiy o'rni egallaydi. I-IV-sinflarining yangi dasturida arifmetik materialar mazmuni unchalik ko'p o'zgarmagan:arifmetika nazariyasi (amallarning xossalar,natijalari va kompanentlardan biri o'zgarganda amallar natijalarining o'zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq,o'lchashlar,hisoblashlar,masalalar yechish ) bilan bog'lanishi bilan yanada mustahkamlangan: eng muhimi tushunchalar (son, sanoq, sistemasi,arifmetik amallar) shakllantirishining birmuncha mukammal sistema tarzda tutilgan. Shuningdek arifmetik boshlang'ich o'rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishning barcha bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va kuzatishlarni o'z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o'zaro bog'lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash o’quvlarini paydo qilishda qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. O'quv materialini o'quv yillari bo'yicha taqsimlanishida o'rganilayotgan sonlar sohasini asta-sekinkengayib borishi ko'zsatiladi. 1-sinf Idan 20 gacha sonlar. 2-sinf Idan 100 gacha sonlar. 3-sinf Idan 1000 gacha sonlar. 4-sinf Idan 1000000 gacha sonlar. Va xakozo ya'ni ko'p xonali sonlar o'rganiladi. Arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo'lib o'rganiladi. Hammasi bo'lib 5 ta konsentr ko'zda tutiladi: o'nlik, ikkinchi o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar. Har bir konsert o'z mazmuniga ko'ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, shiming uchun o'quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni o'rganar ekanlar,umuman arifmetikaning mohiyati to'g'risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam o’quv va malakalarning asta-sekin shaklanishi ( sanoqda, o'lchashlarda, og'zaki va yozma nomerlashda, hisoblashda va h.k ta'minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari umumiylikni saqlagan holda asta-sekin murakkablashtirib boradi. Shunday qilib, har bir oldingi korsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o'rganish mos masalalarni kelgusida o'rganish uchun tayyorgarlik ishi bo'lib hisoblanadi, har bir keyingi honsentrda esa ilgari o'rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi. Arifmetika kursining konsentrik tuzulishi kichik yoshdagi o'quvchilarni psixologik xususiyatlarga mosdir : sanoq o'lchash,arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to'plamlari yordamida ko'rsatish bo'lgan katta bo'lmagan raqamlar misolida bajarish zarur son sohasini sekin - asta kengaytirib borish ham ko'rgazmali - harakatli amallardan abstrakt amallarga o'tish orqali bolalarning fikrlarini rivojlantirish bilan moslashtiriladi. Har bir konsentrning ajratib berish sabablarini, bu konsentr ichida sonlarni nomerlashni o'rganish uslubini shuningdek, arifmetik amallarni o'rganish usulini batafsil bayon qilamiz. Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda ‘aydo bo’lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda. Dastlabki bu tushuncha 1940-yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’limda texnologiya” deb qo’llanib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSHda qo’llana boshlangan.Bunda “pedagogik texnologiya” va “ta’lim texnologiyasi” ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llangan edi. Oradan vaqt o’tishi davomida shu ifodalarni qo’llash darajasi kengayib borishi natijasida ularning ma’nolari ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa pedagogik texnologiya ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar asoslab berildi. 50-yillar o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” ifodasi qo’llanilib, bunda programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan. 70-yillarda “pedagogik texnologiya” ifodasi qo’llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv jarayonini bildirgan. 1979-yilda AQSHning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: “pedagogik texnologiya bilimlarni o’zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, ta’minlash, muammoning yechini baholash va boshqarish uchun odamlar, g’oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o’z tarkibiga oladigan kom’leks, integrativ jarayondan iborat…”. 80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kom’yuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan o’quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab,uni ta’limdagi, o’qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo’lsa, ikkinchidan, ta’lim texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom o’quv jarayonining o’zini qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin. Pedagogika oid adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik texlonogiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o’rin egalladi, lekin uni pedagigikaning mukammal lug’atlari (tezaurus)dagi o’rni hali noma’lumligicha qolib kelmoqda. Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo’lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o’qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud. V.’.Bes’alko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi.U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi.Bunda asosiy diqqat o’quv –pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi.Shu tariqa V.P.Bes’alko o’quv jarayonini loyihalash g’oyasini ilgari suradi.Afsuski, hozirga qadar pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo’q. Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo’lsa ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan va amaliyot oralig’idan o’rin egallamoqda. N.F.Talizina har bir ‘edagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o’quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo’lishi shart deb hisoblaydi.U fan va amaliyot oralig’ida tamoyillarni olg’a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi alohida fan bo’lishi kerak, deb hisoblaydi.Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real o’qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi. Ayrim mualliflar o’qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig’idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar. Shunday qilib, bir yondashuvda o’qitish texnologiyalari o’qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi.Unda texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi. Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G’arbiy Yevro’ada ta’limni isloh qilinishi bilan bog’liq ravishda kirib keldi.B.Blui, J.Koroll, ‘.Y.Gal’erin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur.O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.’.Bes’alko, N.F.Talizina, L.M.Fridman, Y.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. Alohida qayd etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy –g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas.Yuqorida qayd etilgandek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini ko’rib turibmiz. So’nggi o’n besh yil davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya” , “zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o’qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qo’llanmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta’lim texnologiyasi” hamda “pedagogik texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar. Bizning nazarimizda bunday yondashuv u qadar to’g’ri emas, hamda bu borada yagona to’xtamga kelish muhimdir. Yuqorida qayd etib o’tilganidek, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish g’oyasi G’arbiy Yevropa hamda AQSH da yaratilgan edi. Bizga ma’lumki, G’arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSHda “pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik tizim”, shuningdek, ularga bog’liq ravishda yuzaga keluvchi “pedagogik texnologiya” tushunchasi ham iste’molda yo’q. Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni “ta’lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui “Metodika” deb yuritiladi.Metodika fanlarini o’qitishda asosiy e’tibor ta’lim sifatini yaxshilab,uning samaradorligini ta’minlashga qaratiladi. O’zbekiston Respublikasi ( shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida o’qitilib kelinayotgan “pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga yo’naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iboratdir. Ya’ni, shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat –ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi, natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Ayni o’rinda “pedagogik texnologiya” hamda “metodika” tushunchalarining tavsifi, o’ziga xos jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir. T.N.Ballo “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta’rif berar ekan, uni o’qitish jarayoniga nisbatan to’shiriqli yondoshuv, L.V. Zankov, T.Y.Gal’erin, V.I.Davidovlar bosqichli o’qitish, G.K.Selenko hamda boshqa mualliflar esa mazmunli umumlashma sifatida baholaydilar. ‘.. S.K.Islamgulova esa quyidagi qarashni ilgari suradi: texnologik loyihaga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish usuli bo’lib, u avvaldan belgilangan muayyan qoida va talablarga javob beradi.Quyida ayrim tadqiqotchilarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga bergan ta’riflarini keltiraman( 4) jadval) “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan kengdir. Ta’lim metodi –o’quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo’lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o’quv predmetini o’qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullari tizimini tavsiflaydi. Download 57.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling